Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish shaklida sodir bo’ladi.
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi. Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiqiy asosiy o’ringa ega emas,tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi. Induksiya (lot.inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qoʻllaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar b-n uzviy aloqada boʻladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni oʻrganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi maktabida boshlangan. I. masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-asr larda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida eʼtibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega. I. toʻliq, toʻliq boʻlmagan va ilmiy xulosa chiqarishga boʻlinadi. Toʻliq induktiv xulosa chiqarish biror narsani sinchiklab oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Toʻliq I. doimo toʻliq boʻlmagan I. b-n bogʻliq. Toʻliq boʻlmagan I. da aniq faktlar asosida noaniq faktlar keltirib chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I. ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I. asosida narsalarning sababiy bogʻlanishini tekshirish uslubi yotadi. Mas, oʻsimliklarning ayrim koʻrinishlarini oʻrganish asosida biz suv ular uchun asosiy hayot manbai, degan xulosaga ke-lamiz, chunki hamma oʻsimliklarga namlik kerak. Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun obʼyektiv haqiqatni bilishda I. doim deduksiya b-n mustahkam aloqada boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |