Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi, tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi. Deduksiya (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantsh qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish D. deb atalgan. Mas, "Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va "Mis — metall" degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul b-n "Mis elektr utkazuvchandir" degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda "D." atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boetsiy (480— 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning "Birinchi analitika" asarida tahlil qilingan. Keyinchalik D. tushunchasini R. Dekart, G. Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan D.ga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi usullarini yaratdilar. Hozirgi zamon fanida "D." termini keng maʼnoda qoʻllanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan xukm qaqiqiy va D. qonunlariga rioya qilingan boʻlsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy boʻladi. D.— isbotnnnt asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod maʼlum sohada faktik materiallar toʻplangandan soʻng , ularni chuqur oʻrganish, tizimga solish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi. D. psixologiya va bilish nazariyasitsa ham amal qiladi. D. psi-xologiyada shaxsning individual tafakkuri jarayonini oʻrgansa, bilish nazariyasida ilmiy bilish metodi sifatida namoyon boʻladi. Deduktiv metod turli shakllarda, xususan aksiomatik metod, shuningdek, gipotetik — deduktiv metod shaklida uchraydi. Mavjud faktik materiallardan deduktiv yoʻl b-n nazariya yaratishda asos boʻladigan fikrlar majmuasi (aksioma va b.) tanlab olinib, mantiq qo-nunlari asosida ulardan boshqa bilimlar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |