Xulosa chiqarish Reja



Download 86,53 Kb.
Sana19.12.2019
Hajmi86,53 Kb.
#31014
Bog'liq
Xulosa chiqarish

Xulosa chiqarish
Reja:

1. Xulosa chiqarishning moxiyati.

2. Xulosa chiqarish turlari:

a) deduktiv xulosa chiqarish;

b) induktiv xulosa chiqarish;

v) analogiya.
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan xolda vujudga keladi. Bunday bilimlarni xosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.

Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin muloxazalardan mahlum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.

Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin muloxazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.

Masalan, «Aristotelg’-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin muloxazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki bu muloxazalar o’rtasida mantiqiy aloqadorlik yo’q.

Xulosa asoslari va xulosa xam o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan «Talaba A – a’lochi» degan muloxazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.

Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qathiyligiga ko’ra xamda xulosa asoslarining soniga va fikrning xarakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning xarakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari xaqida xam mahlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induktsiyani xisobga olmaganda) va analogiya extimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
a) DEDUKTIV XULOSA CHIQARISH
Deduktiv xulosa chiqarishning muxim xususiyati unda umumiy bilimdan juzhiy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.

Faqat birgina muloxazaga asoslangan xolda yangi bilimlarning xosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XS’YS’, bunda X va Y oddiy qathiy muloxazalarni (A, E, I, O), S va ‘ lar esa muloxazalarning subhekti va predikatini ifodalaydi. XS’ - xulosa asosi yoki antesedent, YS’ - xulosa yoki konsekvent deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida muloxazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim xosil qilinadi. Bunda asos muloxazaning strukturasi, yahni subhekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muxim axamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

1. Aylantirish (lot.-obversio) - shunday mantiqiy usulki, unda berilgan muloxazaning miqdorini saqlagan xolda, sifatini o’zgartirish bilan yangi muloxaza xosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, yahni avval asosning predikati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:

Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; ‑mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo’lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qathiy muloxazalarning xammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo’lgan muloxaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:









Xulosa asosi




Xulosa

1

A

xamma S-’

E

xech bir S-’ mas emas

2

E

xech bir S-’ emas

A

xamma S emas ‘ dir

3

I

Bahzi S-’

O

Bahzi S-’ siz emas

4

O

Bahzi S-’ emas

I

Bahzi S emas-’ dir

Aylantirishda A-E ga, Ye-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.

Masalan:

1. A. xamma ilmiy qonunlar obhektiv xarakterga ega.

E. xech bir ilmiy qonun subhektiv xarakterga ega emas.
2. Ye. xech bir saxiy xasis emas.

A. xamma saxiy bo’lmaganlar xasisdir.


3. I. Bahzi tushunchalar mazmunan konkret bo’ladi.

0. Bahzi tushunchalar mazmunan abstrakt bo’lmaydi.


4. 0. Bahzi muloxazalar murakkab emas.

I. Bahzi muloxazalar soddadir.



Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda «biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir», degan qoidaga asoslanadi.

II. Almashtirish (lot.-conversio) - shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan muloxazadagi subhekt va predikatning o’rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.

Almashtirishda berilgan muloxazadagi terminlar xajmi ehtiborga olinishi shart. Agar berilgan muloxazadagi terminlar xajmiga ehtibor berilmasa, xulosa noto’g’ri bo’lishi mumkin: Masalan,
xamma insonlar tirik mavjudotlardir

xamma tirik mavjudotlar insonlardir

Xulosa xato, chunki berilgan muloxazada R - (tirik mavjudotlar) to’liq xajmda olinmagan, xulosada esa to’liq xajmda olingan. Yuqoridagi asosdan «Bahzi tirik mavjudotlar insonlardir» deb chiqarilgan xulosa to’g’ri bo’ladi. SHunga ko’ra almashtirishning uch turi farqlanadi: toraytirilgan, kengaytirilgan va sof almashtirish.








Xulosa asosi




Xulosa

Almashtirish turi

1

A

xamma S-’

A

xammma ‘-S

Sof almashtirish

2

E

xech bir S-’ emas

E

xech bir ‘-S emas

Sof almashtirish

3

I

Bahzi S-’

I

Bahzi ‘-S emas

Sof almashtirish

4

A

xamma S-’

I

Bahzi ‘-S

Toraytirilgan almashtirish

5

I

Bahzi S-’

A

xamma ‘-S

Kengaytirilgan almashtirish

Yuqoridagi sxemani misollar bilan ko’rib chiqamiz.

1. A xamma tirik mavjudotlar sezish xususiyatiga ega.

A. Sezish xususiyatiga ega bo’lganlarning xammasi tirik mavjudotdir.
2. Ye. xech bir xasis saxiy emas.

E. xech bir saxiy xasis emas.


3. I Bahzi faylasuflar tabiatshunosdir.

I. Bahzi tabiatshunoslar faylasuflardir.


4. A. xamma vrachlar oliy mahlumotlidir.

I. Bahzi oliy mahlumotlilar vrachlardir.


5. I. Bahzi odamlar shoirdir.

xamma shoirlar odamdir.


Juzhiy inkor muloxazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki bu muloxazaning predikati to’liq xajmda olingan. Demak, u xulosada xam to’liq xajmda olinishi kerak, yahni xulosa umumiy inkor muloxaza (E) bo’lishi kerak. U xolda xulosaning predikati xam to’liq xajmda olinishi kerak bo’ladi, bu esa mumkin emas, chunki u asosning subhektida to’liq xajmda olinmagan. Masalan:
O. Bahzi faylasuflar mantiqshunos emas.

E. xech bir mantiqshunos faylasuf emas.

yoki

O. Bahzi mantiqshunoslar faylasuf emas.



xar ikki xolatda xam xulosa noto’g’ridir.

Demak, almashtirish usuli qo’llanilganda muloxazadagi subg’ekt va predikat xajmi aniqlanadi va shu asosda muloxazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan tahriflarning to’g’riligini aniqlashda muxim axamiyatga ega.

III. Predikatga qarama-qarshi qo’yish (lot. contra’ositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan muloxaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada xosil qilingan muloxazaning (xulosaning) subhekti asos muloxaza predikatiga zid, predikati esa uning subhektiga mos bo’ladi:

Bunda xulosada S ning inkor shaklida bo’lishi xulosa bog’lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-E ga, Ye-I ga, 0-I ga o’zgaradi

Turli muloxazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi sxemada ko’rsatilgan:








Xulosa asosi

Xulosa

1

A

xamma S-’

xech bir ‘ emas S emas

2

E

xech bir S-’ emas

Bahzi R emas S dir

3

O

Bahzi S-’ emas

Bahzi ‘ emas S dir

Masalan,


1. A. xamma xukmlar darak gap orqali ifodalanadi.

E. Darak gap orqali ifodalanmagan fikr xukm emas.


2. Ye. Xech bir vatanparvar o’z Vataniga xiyonat qilmaydi.

I. Bahzi Vataniga xiyonat qilmaydiganlar vatanparvardir.


3. O. Bahzi talabalar faylasuf emas.

I. Bahzi faylasuf bo’lmaganlar talabadir.


Juzhiy inkor muloxazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarilganda, bu muloxazadan almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmasligini ehtiborga olish zarur. SHuning uchun O muloxazadan
«Bahzi S-’ emas» shaklida emas, balki «Bahzi S emas–’dir»

«Bahzi R-S emas», «Bahzi R emas S dir»

shaklida xulosa chiqariladi.

Juzhiy tasdiq (I) muloxazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki, «Bahzi S-’ muloxazani aylantirsak «Bahzi S-’ mas emas» yahni juzhiy inkor xukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo’lmaydi.

Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.

Bunda oddiy qathiy muloxazalarning o’zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) ehtiborga olgan xolda, muloxazalardan birining chin yoki xatoligi xaqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar muloxazalar o’rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo’ysinish munosabatlariga asoslanadi.

Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Mahlumki, zidlik munosabati A-O va Ye‑I muloxazalari o’rtasida mavjud bo’lib, uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatga ko’ra muloxazalardan biri chin bo’lsa, boshqasi xato bo’ladi va, aksincha, biri xato bo’lsa, boshqasi chin bo’ladi. Xulosalar quyidagi sxema bo’yicha tuziladi:



Masalan,


A. xamma insonlar yashash xuquqiga ega

0. Bahzi insonlar yashash xuquqiga ega emas.


I. Bahzi faylasuflar davlat arbobi.

E. xech bir faylasuf davlat arbobi emas.

Bu misolda asos muloxazaning chinligidan xulosaning xato ekanligi (uchinchisi istisno qonuni asosida) kelib chiqadi.

qarama-qarshilik (kontrarlik) munosabatlariga asoslangan xolda xulosa chiqarish. qarama-qarshilik munosabati A va Ye muloxazalar o’rtasida mavjud bo’lib, ziddiyat qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatdagi muloxazalardan birining chinligidan boshqasining xato ekanligi to’g’risida xulosa chiqariladi. Lekin birining xatoligi boshqasining chinligini asoslab bermaydi, chunki xar ikki muloxaza xam xato bo’lishi mumkin. Masalan, «xamma insonlar yaxshi yashashni xoxlaydilar» degan umumiy tasdiq (A) muloxazaning chinligidan «xech bir inson yaxshi yashashni xoxlamaydi» degan umumiy inkor (E) muloxazaning xatoligi kelib chiqadi.


A. xamma tushunchalar konkret bo’ladi.

E. xech bir tushuncha konkret emas.

Bu misolda asos muloxaza va xulosa xato. Demak, qarama-qarshilik munosabatidan ko’rinishida xulosa chiqarish mumkin.

qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Bu munosabat juzhiy tasdiq (I) va juzhiy inkor (O) muloxazalar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu muloxazalarning xar ikkisi bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin bir vaqtda xato bo’lmaydi. Ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, ikkinchisi chin bo’ladi. qisman moslik munosabati asosida xulosa chiqarish ko’rinishda bo’ladi.

Masalan:


O. Bahzi ilmiy qonunlar obhektiv xarakterga ega emas.

I. Bahzi ilmiy qonunlar obg’ektiv xarakterga ega.



Bunda asos muloxaza xato bo’lganligi uchun xulosa chin bo’ladi.
I. Bahzi faylasuflar davlat arbobi.

O. Bahzi faylasuflar davlat arbobi emas.

Bu misolda asos muloxaza xam, xulosa xam chin fikrdir. Bahzan asos muloxaza chin bo’lganda xulosaning chinligini xam, xatoligini xam aniqlab bo’lmaydi.

Bo’ysunish munosabatiga asoslangan xolda xulosa chiqarish. Bu munosabat sifatlari bir xil bo’lgan umumiy va juzhiy muloxazalar (A va I; Ye va O) o’rtasida mavjud bo’ladi. Umumiy - bo’ysindiruvchi muloxazalar chin bo’lsa, juzhiy - bo’ysinuvchi muloxazalr xam chin bo’ladi. Lekin bo’ysinuvchi – juzhiy muloxazalarning chinligidan, bo’ysindiruvchi – umumiy muloxazalarning chinligi xaqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki bunday xolda umumiy muloxazalar chin yoki xato bo’lishi mumkin. SHunga ko’ra bo’ysinish munosabatiga asoslangan xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

A  I; Ye  O.

Masalan:


A. xamma mustaqil davlatlar BMT ga ahzo.

I. Bahzi mustaqil davlatlar BMT ga ahzo.


A - muloxaza chin bo’lgani uchun, I muloxaza xam chin.
O. Bahzi o’zbek ayollari oliy mahlumotga ega emas.

E. xech bir o’zbek ayoli oliy mahlumotga ega emas.

Bu misolda O - muloxaza chin bo’lsa xam, Ye-muloxaza xato.
Yuqoridagi munosabatlarni umumlashtirgan xolda, asos muloxaza va xulosaning chinlik darajasiga ko’ra quyidagi xolatlarni ko’rsatish mumkin.

1. Asos muloxaza va xulosa chin bo’lgan:

A - I, Ye - I.

2. Asos muloxaza chin va xulosa xato bo’lgan:



3. Asos muloxaza xato va xulosa chin bo’lgan.



Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarilganda qarama-qarshilik munosabatidagi muloxazalardan biri xato bo’lganda, qisman moslik munosabatidagi muloxazalardan biri chin bo’lganda va bo’ysinish munosabatida juzhiy muloxazalar chin bo’lganda, ulardan chiqarilgan xulosa noaniq bo’ladi.

Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning moxiyatini to’g’ri tushunishga, shuningdek bir fikrni turli xil ko’rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat beradi.
Oddiy qathiy sillogizm.
Mahlumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo’ladi. Sillogizm qo’shib xisoblash, degan mahnoni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatiladigan turi xisoblangan oddiy qathiy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qathiy muloxazadan uchinchi-yangi qathiy muloxaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki muloxazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor muloxaza bo’ladi. xosil qilingan yangi muloxaza dastlabki muloxazalardan umumiyroq bo’lmaydi. SHunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo’ladi. Masalan, quyidagi muloxazalar berilgan bo’lsin:

xech bir xasis saxiy emas.

Bahzi boylar xasisdir.

Bu muloxazalardan zaruriy ravishda - «Bahzi boylar saxiy emas», degan uchinchi muloxaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qathiy muloxazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qathiy sillogizm deyiladi.



Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (‘raemissae) va xulosa (conslusio) dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S - kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R - katta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo’lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M - (terminus medius) o’rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o’z ichiga olgan muloxaza katta asos, kichik terminni o’z ichiga olgan muloxaza kichik asos deb ataladi.

Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan tushunchalarning xajmiga bog’liq. Terminlar o’rtasidagi munosabatni doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin.



S - kichik termin.

M - o’rta termin.

R - katta termin.

o’rta termin katta va kichik terminni mantiqiy bog’lovchi element xisoblanadi.


Sillogizm aksiomasi.
Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy muloxazalar bo’lib, ular vositasida boshqa fikr va muloxazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning xajmiga yoki mazmuniga ko’ra, yahni atributiv tahriflash mumkin.

Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo’lsa, unda birinchi buyum xam uchinchi buyumning ichida joylashgan bo’ladi» yoki «bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo’lsa, unda birinchi buyum xam uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo’ladi». Bu qoidani quyidagi sxemalar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.





Bu qoida sillogizm aksiomasining moxiyatini terminlarning xajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning moxiyati quyidagicha: buyum va xodisalarning sinfi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va xodisalarning xar biri yoki ayrim qismiga xam taalluqli bo’lgan tasdiq yoki inkor fikr xisoblanadi.

Masalan:


Tafakkur shakllari obhektiv xarakterga ega.

Tushuncha tafakkur shaklidir.

Tushuncha obhektiv xarakterga ega.

Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, xodisa belgisining belgisi, shu buyum xodisaning belgisidir; buyum, xodisa belgisiga zid bo’lgan narsalar buyum, xodisaning o’ziga xam ziddir.

Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o’zaro uzluksiz, obhektiv bog’langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, xamma umumiylikka xususiylik, juzhiylik va yakkalik xos ekanligini va xar bir yakkalik, juzhiylik, xususiylik umumiylik xislatiga ega bo’lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o’zaro uzviy bog’langanligini, yahni buyumlar jinsi ayrim o’ziga xos belgiga ega bo’lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi xamma buyumlar uchun xam xos belgi bo’lishini ifodalaydi. Bular esa o’z navbatida yakkalik va umumiylik o’rtasidagi, miqdor va sifat o’rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o’ziga xos namoyon bo’lishidir.


Sillogizmning umumiy qoidalari.
Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana mahlum qoidalarga amal qilish xam zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:

1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Mahlumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan xam terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi.



Masalan: xamma notiqlar so’z sanhatini chuqur egallagandir.

So’z sanhatini chuqur egallaganlar orasida notiqlar xam bor.

Bu ikki muloxazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, terminlarning to’rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi:

Davlat-iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir.

xar bir inson uchun sixat-salomatlik eng katta davlatdir.

Bu muloxazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil mahnoda qo’llanilishi chetki terminlarning o’zaro mantiqiy bog’lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo’lishi asoslar o’rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga xam sabab bo’ladi:

xamma notiqlar-shuxratparast.

TSitseron-davlat arbobi bo’lgan.

Bu ikki muloxazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki bu muloxazalar o’zaro mantiqiy bog’lanmagan.

2. o’rta termin xech bo’lmaganda asoslardan birida to’la xajmda olinishi kerak.

Agar o’rta termin xech bir asosda to’liq xajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo’ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.

Bahzi faylasuflar notiqdir.

Kafedramizning xamma ahzolari faylasufdir.

Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juzhiy xukmning subekti, kichik asosda umumiy tasdiq xukmning predikati bo’lganligi uchun to’liq xajmda olinmagan. SHuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan xulosalar noaniq bo’ladi:

a) Kafedramizning xamma ahzolari notiqdir.

b) Kafedramizning bahzi ahzolari notiqdir.

3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday xajmda olingan bo’lsa, xulosada xam shunday xajmda bo’lishi kerak.

Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin xajmining noo’rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:

xamma studentlar imtixon topshiradilar.

xech bir abiturent student emas.

xech bir abiturent imtixon topshirmaydi.

Bu misolda kichik termin xajmining noo’rin kengayib ketishi xulosaning xato bo’lishiga sabab bo’ldi.

4. Ikki inkor xukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:

Ishsizlar tadbirkor emas.



Talabalar ishsiz emas.

?

5. Ikki juzhiy xukmdan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:



Bahzi ayollar tadbirkordir.

Bahzi davlat arboblari ayollardir.

?

6. Asoslardan biri inkor xukm bo’lsa, xulosa xam inkor xukm bo’ladi.Masalan:

xech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.

Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir

Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.

7. Asoslardan biri juzhiy xukm bo’lsa, xulosa xam juzhiy xukm bo’ladi. Masalan:

Yaxshi farzand ota-onasini xurmat qiladi.



Bahzi yoshlar yaxshi farzanddir.

Bahzi yoshlar ota-onasini xurmat qiladi.


Sillogizmning figuralari va moduslari.
Oddiy qathiy sillogizmning strukturasida o’rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to’rtta figurasi farq qilinadi.


I-figura




II-figura




III-figura




IV-figura

M ‘
S M




R M
S M




M ‘
M S




‘ M
M S

S-’




S-’




S-’




S-’

I figurada o’rta termin katta asosning subhekti, kichik asosning predikati bo’lib keladi.

II figurada o’rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo’lib keladi.

III figurada o’rta termin xar ikki asosning subhekti bo’lib keladi.

IV figurada o’rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subhekti bo’lib keladi.

Sillogizm asoslari oddiy qathiy xukmlar (A, Ye, I, 0)dan iborat. Bu xukmlarning ikki asos va xulosada o’ziga xos tartibda (to’plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» - shakl degan mahnoni anglatadi. Sillogizm figuralarining o’ziga xos moduslari mavjud. xar bir figuraning to’g’ri moduslarini aniqlashda, to’g’ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga xar bir figuraning maxsus qoidalariga xam amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o’ziga xos bog’lanishi asosida aniqlanadi.

Oddiy qathiy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

1. Katta asos umumiy xukm bo’lishi kerak.

2. Kichik asos tasdiq xukm bo’lishi kerak.

I figuraning to’rtta to’g’ri modusi mavjud:

A A A, Ye A Ye, A I I, Ye I 0.

Moduslarning birinchi xarfi katta asosning, ikkinchi xarfi kichik asosning, uchinchi xarfi xulosaning sifat va miqdorini ko’rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida, ularning xar biri aloxida nom bilan ataladi.
A A A - Varbara modusi

A. xamma ilmiy qonunlar obhektiv xarakterga ega.

A. Tafakkur qonunlari-ilmiy qonunlardir.

A. Tafakkur qonunlari obhektiv xarakterga ega.


EAE - Celarent modusi.

E. xech bir dindor ateist emas.

A. Imomlar dindordir.

E Xech bir imom ateist emas.


AII - Darii modusi.

A Barcha jinoyatchilar jazoga loyiqlardirlar.

I. Bahzi kishilar-jinoyatchidir.

I. Bahzi kishilar jazoga loyiqdirlar.


EIO - Ferio modusi.

E. Axloqli insonlarning xech biri vijdonsiz emas.

I. Bahzi yoshlar axloqli insondir.

O. Bahzi yoshlar vijdonsiz emas.


Sillogizmning birinchi figurasi oddiy qathiy xukmlarning barcha turlari bo’yicha xulosalar beradi.

Oddiy qathiy sillogizmning II-figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

1. Katta asos umumiy xukm bo’lishi kerak.

2. Asoslarning biri inkor xukm bo’lishi kerak.

II figuraning to’rtta to’g’ri modusi mavjud:

AEE, YeAE, AOO, YeIO.
AEE - Camestres modusi

A. xamma xukmlar darak gap orqali ifodalanadi.

E. Savol darak gap orqali ifodalanmaydi.

E. xech bir savol xukm emas.


EAE - Cesare modusi.

E. xech bir ateist dindor emas.

A. Imomlar dindordir.

E. xech bir imom ateist emas.


AOO - Baroko modusi.

A. xamma qushlar uchadi.

O. Bahzi mavjudotlar uchmaydi.

O. Bahzi mavjudotlar qushlar emas.


EIO-Festino modusi.

E qonunlarga amal qilmaganlarning xech biri erkin emas.

I. Bahzi fuqarolar erkindirlar

O. Bahzi fuqarolar qonunga amal qiluvchi emaslar.

Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, sillogizm II‑figurasining xulosalari faqat inkor xukmdan iboratdir.
Oddiy qathiy sillogizmning III-figurasining bitta maxsus qoidasi bor: kichik asos tasdiq xukm bo’lishi kerak.

III figuraning to’g’ri moduslari oltita:

AAI, AII, IAI, YeAO, YeIO, OAO.
AAI - Dara’ti modusi.

A. xamma mantiqshunoslar faylasufdir.

A. xamma mantiqshunoslar-ilmli kishilardir.

I. Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.


AII - Datisi modusi.

A. xamma oddiy qat’iy xukmlar xulosa asoslari bo’ladi.

I. Ba’zi oddiy qat’iy xukmlar chin fikrdir.

I. Ba’zi chin fikrlar xulosa asoslari bo’ladi.


IAI - Disamis modusi.

I Ba’zi faylasuflar mantiqshunos bo’lgan.

A. xamma faylasuflar ilmli kishilardir.

I. Ba’zi ilmli kishilar mantiqshunos bo’lgan.


EAO - Fela’ton modusi.

E. xech bir ‘artiya dastursiz ish yuritmaydi.

A. xamma ‘artiyalar siyosiy tashkilotdir.

O. Ba’zi siyosiy tashkilotlar dastursiz ish yuritmaydi.


EIO - Ferison modusi.

E. xech bir dindor e’tiqodsiz emas.

I. Ba’zi dindorlar-yoshlardir.

O. Ba’zi yoshlar e’tiqodsiz emas.


OAO - Vokardo modusi.

O Ba’zi odamlar rost ga’irmaydilar.



A xamma odamlar yaxshi yashashni xoxlaydi.

O Ba’zi yaxshi yashashni xoxlovchilar rost ga’irmaydilar.


III figura moduslarining xulosalari faqat juz’iy xukmdan iborat bo’ladi.
Oddiy qat’iy sillogizmning IV-figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

1. Asoslarning biri inkor xukm bo’lsa, katta asos umumiy xukm bo’ladi.



2. Katta asos tasdiq xukm bo’lsa, kichik asos umumiy xukm bo’ladi.

IV-figuraning beshta to’g’ri modusi mavjud:

AAI, AEE, IAI, YeAO, YeIO.
AAI - Bramali’ modusi.

A. xalol odamlarning xammasi vijdonlidir.



A. xamma vijdonlilar adolatli kishilardir.

I. Ba’zi adolatli kishilar xalol odamlardir.


AEE-Camenes modusi.

A. qo’li ochiq odamlar saxiy bo’ladi.



E. xech bir saxiy xasis emas.

E. xech bir xasis qo’li ochiq odam emas.


IAI - Dimaris modusi.

I. Ba’zi yoshlar s’ort bilan shug’ullanadilar.



A. S’ort bilan shug’ullanganlarning xammasi sog’lom kishilardir.

I. Ba’zi sog’lom kishilar yoshlardir.


EAO - Fesa’o modusi.

E. xech bir sofist rost ga’irmaydi.



A. xamma rost ga’irmaydiganlar yolg’onchidir.

O. Ba’zi yolg’onchilar sofist emas.


EIO - Fresison modusi.

E. xech bir aqlli odam ilmsiz emas.



I. Ba’zi ilmcizlar yoshlardir.

O. Ba’zi yoshlar aqlli odam emas.


Sillogizmning IV-figurasi umumiy tasdiq xukm ko’rinishidagi xulosani bermaydi.

Nomukammal sillogizmlarni mukammal sillogizm ko’rinishiga keltirish

Aristoteldan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I-figurasi va uning moduslariga katta e’tibor berganlar. Ular I-figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol deb xisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb, ularning xulosalarining chin ekanligini aniqlash uchun I-figuraga keltirish zarur, deb xisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi:

1. Modusning nomida «s» xarfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli xarf orqali ifodalanadigan xukm to’liq almashtirilishi shart (conversio sim’lex).

2. Modusning nomida «r» xarfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli xarf orqali ifodalanadigan xukm qisman almashtiriladi (‘er accidens).

3. Modusning nomida «m» xarfi bo’lsa, unda sillogizm asoslarining o’rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio ‘ramissarum) zarur.

4. Moduslarning bosh xarflari (B, C, D, F) ularni I-figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, Camestres va Camenes moduslari I figuraning Celarent modusiga keltiriladi. II figuraning Dara’ti, Disamis moduslarini 1-figuraning Darii modusiga, Fresission ni 1-figurning Ferio modusiga keltiriladi.

5. Modusning nomidagi «k» xarfi shu modusning I figura moduslaridan birortasi orqali aloxida usul vositasida isbotlanishini bildiradi. Bu usul Reductio ad absurdum deb ataladi.

Endi bu qoidalarga asoslangan xolda bir necha misollarni ko’rib chiqamiz:

II-figuraning Cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko’ra II figuraning katta asosi to’liq almashtiriladi.
II-figura Cesare I-figura Celarent

E. xech bir R-M emas E. xech bir M-R emas.



A. xamma S-M A. xamma S-M

E. xech bir S-’ emas E. xech bir S-’ emas


Sxemalarni taqqoslash katta asosni to’liq almashtirish orqali II-figuraning I-figuraga keltirilganligini ko’rsatadi.

Masalan,


xech bir xayvon ongli mavjudot emas.

Inson ongli mavjudot

xech bir inson xayvon emas.


xech bir ongli mavjudot xayvon emas.

Inson ongli mavjudot

xech bir inson xayvon emas.


Yana bir misol. III-figuraning Dara’ti modusini I-figuraning Darii modusiga keltiramiz. Dara’ti dagi kichik asos qisman almashtiriladi (2-qoida).
III  figura Dara’ti I figura Darii

A. xamma M-R A. xamma M-R



A. xamma M-S I. Ba’zi S-M

I. Ba’zi S-’ E. Ba’zi S-R

Masalan,


xamma mantiqshunoslar faylasufdir.




xamma mantiqshunoslar faylasufdir.

xamma mantiqshunoslar ilmli kishilardir




Ba’zi ilmli kishilar

mntiqshunosdir



Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.




Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.


IV figuraning Bramanli’ modusi I figuraning Barbara modusiga asoslarning o’rnini almashtirish orqali keltiriladi (3-qoida)
IV figura Bramanli’ I figura Barbara

A. xamma R-M A. xamma M-S



A. xamma M-S A. xamma R-M

I. Ba’zi S-’ A. xamma S-H


Masalan,

A. xalol odamlarning xammasi vijdonlidir.



A. xamma vijdonlilar adolatli kishilardir.

I. Ba’zi adolatli kishilar xalol odamlardir.


A. xamma vijdonlilar adolatli kishilardir.

A. xalol odamlarning xammasi vijdonlidir.

A. xalol odamlarning xammasi adolatli kishilardir.


IV-figuradagi juz’iy xulosaning I-figuradagi umumiy xulosa ko’rinishini olishi 2-qoida bilan izoxlanadi.

Endi II-figuraning Camestres modusini I-figuraning Celarent modusiga keltiramiz. Buning uchun uchinchi va birinchi qoidalardan foydalanamiz, ya’ni II figura asoslarining o’rnini o’zgartirib, kichik asosni to’liq almashtiramiz.


II figura Camestres I figura Celarent

A. xamma R-M E. xech bir M-S emas



E. xech bir S-M emas A. xamma R-M

E. xech bir S-’ emas E. xech bir R-S emas yoki

xech bir S-’ emas

Masalan,



xamma insonlar tirik mavjudotdir.




xech bir tirik mavjudot tosh emas.

xech bir tosh tirik mavjudot emas.




xamma inson tirik mavjudot.

xech bir tosh inson emas.




xech bir inson tosh emas.

Reductio ad absurdum usuli 5-qoida bilan bog’liq, ya’ni modusning nomida «k» xarfi bo’lgan xolatlarda qo’llaniladi. Bunday moduslarga II figuraning Baroko va III figuraning Bokardo moduslari misol bo’ladi. Bu moduslar I figuraning Barbara modusiga keltiriladi. Bunda reductio ad absurdum ya’ni «bema’nilikka olib kelish» usuli dan foydalaniladi. Bu usulning moxiyati quyidagicha: biz ikki asosdan ma’lum bir xulosaga kelamiz. Kimdir xulosaning to’g’ri ekanligini inkor qiladi. Biz bu inkorning bema’ni ekanligini isbotlashimiz kerak. Buning uchun biz xulosa asoslarini tan olgan xolda, xulosani inkor qilish mumkin emasligini asoslab beramiz. Masalan:


II-figura Baroko

A. xamma R-M



O. Ba’zi S-M emas.

O. Demak, ba’zi S-’ emas.


Xulosa, ya’ni «ba’zi S-R emas» ekanligi inkor qilinadi. Unda shu xulosaga zid bo’lgan xukm chin deb qabul qilinishi kerak: «xamma S-R» – chin xukm. Xulosaga zid bo’lgan xukm kichik asos qilib olinadi1. Natijada o’rta termini «R» bilan ifodalangan Barbara modusli sillogizm xosil qilinadi:
A. xamma R-M

A. xamma S-R

A. xamma S-M


SHunday qilib, dastlabki xulosani inkor qilgan xolda «xamma S-M» degan xulosaga kelinadi. Lekin bu xulosa dastlabki sillogizmning kichik asosiga zid bo’ladi. Natijada dastlabki sillogizmning asoslarini tan olib, xulosasini inkor qilganlar ziddiyatga duch keladilar. SHunday qilib, biz ularning e’tirozlari «bema’nilikka olib kelganligini», ya’ni ad absurdum ekanligini asosladik.

III figuraning Bokardo modusi xam xuddi shu usul orqali I figuraga keltiriladi.


Bokardo:

O. Ba’zi M-R emas.



A. xamma M-S

O. Ba’zi S-R emas.


«Ba’zi S-R emas» degan xulosaning chinligini inkor qilgan xolda unga zid bo’lgan «xamma S-’», degan xukm chin deb olinadi. Bu xukm «xamma M-S» asosi bilan birgalikda o’rta termini «S» bo’lgan sillogizmni xosil qiladi:
A. xamma S-’

A. xamma M-S

A. xamma M-R.


SHunday qilib, xosil qilingan xulosa «Ba’zi M-R emas» degan asosga zid bo’ladi. Dastlabki sillogizmning asoslari chin deb e’tirof etilgani uchun keyingi sillogizmning xulosasi xato bo’ladi.

Bunga quyidagi misolni olishimiz mumkin.


III-figura Bokardo

O. Ba’zi faylasuflar tabiyotshunos emas.



A. xamma faylasuflar - insondir.

O. Ba’zi insonlar tabiyotshunos emas.


Bu sillogizm xulosasining chinligi inkor etilsa, unda unga zid bo’lgan «xamma insonlar tabiyotshunosdir», degan muloxaza chin bo’lishi kerak. Bu muloxazani katta asosning o’rniga qo’yib, kichik asos bilan birlashtirsak, Barbara sillogizmini xosil qilamiz:
A. xamma insonlar – tabiyotshunosdir.

A. xamma faylasuflar – insondir.

A. xamma faylasuflar tabiyotshunosdir.


Bu sillogizmning xulosasi dastlabki sillogizmning katta asosiga zid, bu esa be’maniliklar, chunki dastlabki sillogizmning asoslari chin deb e’tirof etilgan. Demak, dastlabki sillogizm xulosasining noto’g’ri, bema’ni ekanligi asoslab berildi.

SHunday qilib, II-, III- va IV-figura moduslarini I-figuraga keltirish orqali bu sillogizm moduslarining chinligini asoslash mumkin.

Cillogistik xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolar.

I-figura bo’yicha kichik asos inkor xukm bo’lganda xosil qilingan xulosa noaniq(ko’’incha xato) bo’ladi.

Masalan:

xamma o’qituvchilar ‘edagogdir.



Bu ayol o’qituvchi emas.

Bu ayol ‘edagog emas.


II-figurada xulosa asoslarining xar ikkisi tasdiq xukm bo’lganda xosil qilingan xulosa noaniq(ko’’incha xato) bo’ladi.

Masalan:


xamma o’qituvchilar ‘edagogdir.

Bu ayol-’edagog.

Bu ayol-o’qituvchi



Faqat o’qituvchilargina ‘edagog bo’lmaydi, shuning uchun xar ikkala xulosa noaniqdir
Adabiyotlar


  1. Islom Karimov. o’zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «o’zbekiston», 1998.

  2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. «Muloqot», 1998, №5.

  3. Islom Karimov. Barkamol avlod-o’zbekiston taraqqiyotining ‘oydevori. /Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida: T.6-T.: «o’zbekiston», 1998.

  4. Islom Karimov. o’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «o’zbekiston», 1999.

  5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., o’zbekiston 2000.

1


Download 86,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish