Olimov. Sh - Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatini tashkil qilishda mavjud huquq (qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat.
- Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun doirasidagi harakat bilan, ya’ni yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta’kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi.
E. Fayg xufyona iqtisodiy harakatlarning to‘rt xilini ajratadi
nolegal (maxfiy, yashirincha)
hisobga olinmagan,
ro‘yxatga olinmagan
norasmiy iqtisodiy faoliyat.
Nolegal iqtisodiyot. Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy shakllari sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi.
Hisobga olinmagan iqtisodiyot. Hisobga olinmagan iqtisodiyot institutsional jihatdan o‘rnatilgan, soliq kodeksida qayd etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‘tuvchi yoki ulardan bo‘yin tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‘ra, belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‘tuvchi iqtisodiy faoliyat turidan tarkib topgan.
Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma’muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
monetar usul
xarajatlar va daromadlar balanslari usuli
bandlikni tahlil qilish usuli
texnologik koeffitsiyentlar usuli
uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli
sotsiologik usul
- Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha xillariga xos bo‘lib, uning ko‘lamlari rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham g‘oyat keng.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
radikal-liberal, ya’ni dastlabki jamg‘arilgan kapital eng yuqori sur’atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‘li
repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-tartib, xavfsizlik organlari faoliyatini kengaytirish va kuchaytirishni taqozo etadi
Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat
Noqonuniy biznes va tadbirkorlikning oldini olish va barham berish.
Yolg‘on, soxta tadbirkorlikka qarshi kurash.
Jinoiy yo‘llar bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ta’sirchan mexanizmni yaratish.
Soxta bankrotlikka qarshi qonunchilikda belgilangan javobgarlikni yanada oshirish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashlariga qarshi chora-tadbirlarni, jazo choralarini qo‘llash.
Kontrabandaga, mamlakatga tovarlarni noqonuniy tarzda olib kirish va tashqariga noqonuniy tarzda tovarlarni olib chiqib ketishga qarshi ta’sirchan tizimni qaror toptirish
Etiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |