3. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo`lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo`jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo`ladi. «Dastlabki iqtisodiyot» qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o`tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o`lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to`lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko`rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug`chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo`shatishga yo`l qo`yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o`z parametrlariga ko`ra neoklassik bozordan g`oyat uzoqlashgan bozorga bog`liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo`lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo`lganligi tufayli unga talab bo`lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko`cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel ravishda mavjud bo`lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ham ko`rsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik taraqqiyot to`xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub’ektlarga soliq yuki ko`payadi: davlat tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq to`lovchilarga taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona sektorga o`tishga undaydi - qonunga bo`ysunish narxi cheksiz yuqori bo`ladi. Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki to`liq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud bo`lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo`yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u g`oyat noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |