‘zal, oqila, fozila farzandi tarjimai holiga doir mufassal ma’lumotga ega emasmiz. Shoiraning o‘zbekcha devoni debochasida,zamondoshlari asarlarida uning asl ismi, shaxsiyati, din, madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlari haqida muhim ma’lumotlar bor. Shoiraning asl ismi Komila bo‘lganligini Nodira haqida ilk bor maqola yozgan serqirra ijodkor Lutfulla Olimiy,O‘z FA muxbiri a’zolari:Olim Sharafuddinov, Aziz Qayumov,filologiya fanlari nomzodi shoir O‘tkir Rashid o‘z maqolalarida alohida qayd etganlar. Saroy doirasida uni “Мohlar oyim” deb ataganlar. Zamondoshlari “Uzlat Nodira”,Abdurahmon Mirzo kabilar asarlarida Nodirani “Oyim”,“Xonim”deganlar.
Komila din,madaniyat homiysi,olijanob ayol sifatida ko‘p va xo‘b xayrli ishlarni amalga oshirgan.
Nodirabegim irfoniy hikmat va insoniy poklik,ilohiy ma’rifat,ishq-muhabbat,ozodlik kabi g‘oyalarning she’r va g‘azallarida o‘z ifodasini topishi,shoiraning mahorat egasi ekanligini ko‘rish mumkin.Bundan tashqari,qator devonlar va she’riy to‘plamlar meros bo‘lib qolmasdan,uning o‘zbek qizlariga xos ibo-hayosi,yoriga sadoqat,vafosi ham kelajak avlod uchun o‘rnak bo‘lib qoldi.
Nodira 1792-yili Andijonda tug‘ildi.U Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi edi.Ota-onasi Amir Temur xonadoniga mansub edi.Onasi shoir tabiatli donishmand ayol bo‘lgan.Nodira yoshligidan o‘tkir zehnli,nozik tabiatli bo‘lgan. Nodiraning onasi – Oyshabegim qizining soliha farzand,komila shaxs bo‘lib yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi.Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi.Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi.Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi.Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi.Oradan uch yil o‘tib Qo‘qon xoni,ya’ni Nodiraning qaynakasi Olimxon qatl etiladi.Taxtga esa ukasi Umarxon o‘tiradi.Shoiraning bundan keyingi hayoti mamlakat poytaxti bo‘lgan shu shaharda-xon saroyida kechadi.
Bu uning ijod bilan muntazam va unumli shug‘ullanishi,o‘zidan oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o‘rganishi,ular an’analarini o‘zlashtirib,izchil davom ettirishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Amiriy taxallusi bilan lirik she’rlar yozgan Umarxon shoiraning ustozi edi.Mohlaroyim Qo‘qonda xon saroyida ekan,davlat ishlaridan ham voqif bo‘lib boradi.Xususan,adabiyot va san’at ahli bilan yaqinlashishga,davr she’riyatini yuqori ko‘tarishga astoydil kirishadi.Mohlaroyim va Umarxonning oilasida Muhammad Alixon va Sulton Muhammadxon ismli ikki o
Do'stlaringiz bilan baham: |