XUDAYBERGENOVA NOZIMA BHA-55-2
29-VARIANT
1.Moliyaning nazorat funksiyasining mazmuni va xususiyatlari.
2.Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tamoyillari.
3.Milliy daromad va uni taqsimlanishida hosil qilinadigan pul fondlari.
4.Milliy daromad va uni taqsimlanishida hosil qilinadigan pul fondlari.
5.Moliyaviy nazoratni o’tkazish uslubiga qarab tasniflanishi: tekshiruv; tadqiq qilish; taxlil; taftish.
1. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi6 Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlaming asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo'naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim boMgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir. Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon boMadi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o'zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ulaming maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo'ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslaming harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslaming o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga bog'liq xarajatlar va yo'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo'nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi.
2.Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos boigan nazorat xususiyatining amalda namoyon boiishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo'nalishda qaraladi:
• barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi. Moliyaviy nazoratning har ikki yo'nalishi bir-biri bilan o'zaro bogiiq boisa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning tahliliy tomoniga katta e’tibor beriladi. Davlat, korxona va tashkilotlaming barcha moliyaviy faoliyati ustidan turli darajadagi qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat amaliyotini baholash bilan cheklanmasdan, balki o'z tahliliy yo'nalishiga egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo'lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalami idrok etish jarayonida ham qatnashadi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko'rsatkichlardan iborat: • turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
• soliq to'lovlarining hajmlari;
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari;
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming muomala xarajatlari;
• tannarx va foyda;
• uy xo'jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
va boshqalar. Moliyaviy nazorat predmeti bo'lgan yuqoridagi ko'satkichlarning ko'plari hisobli ko'rsatkichlar jumlasiga kiradi, va bu narsa, o'z navbatida, ular amaldagi qonuniy hujjatlarga qay darajada muvofiq, to'g'ri va ishonchli ekanligini tekshirishni taqozo etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo'lib xizmat qiladi. U davlat va boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, o'zaro ta’sirchan hamda mustaqil bo'lgan ikki sohaga bo'linadi:
• davlat moliyaviy nazorati;
• davlatdan tashqari moliyaviy nazorat.
Davlat moliyaviy nazorati — davlatning asosiy qonunlaiiga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining ma’lum maqsadga yo'naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog'liq.
Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo'linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va davlatdan tashqari sohalari nazoratni amalga oshirish metodlari o'xshashligiga qaramasdan, pirovard maqsadlariga ko'ra bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslami tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo'lsa, bunga qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
• pul fondlarining o'lchami va moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyoj o'rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko'rsatish;
• davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta’minlash;
• moliyaviy resurslami ko'paytirishning ichki xo'jalik imkoniyatlarini qidirib topish;
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o'tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga hamda nazorat turiari, shakllari va o'tkazish metodlariga bog'liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko'ra uning quyidagi turiari mavjud:
• umumdavlat moliyaviy nazorati;
• idoraviy moliyaviy nazorat;
• xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
• jamoatchilik moliyaviy nazorati;
• mustaqil moliyaviy nazorat.
3. Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va aholining pul daromadlari hamda jamg'armalari asosida shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi bo'g'inlardan tashkil topadi:
• respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik yurituvchi sub’ekt (XYuS)lari va davlatning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar,tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag'lar, uyro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin;
• xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo'yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir.
• bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati — kredit resurslariga bo'lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig'indisi.Ko'pchilik mamlakatlaming bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xususiyatga ega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog'I iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas;
• sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlikdagi risklami pasaytiradigan va jamg'armalar hamda investitsiyalar o'sishini ta’minlaydigan pul sug'urta resurslarini shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig'indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo'ladi;
• uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi jami daromadlar, soliq, renta va foiz to'lovlari, investitsion talablar o'sishiga iste’mol va jamg'arishning ta’siri orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda aholi jamg'armalari, XYuS va tashkilotlar jamg'armalari singari kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish maqsadlari uchun to'liq foydalanilmayapti. Ko'p darajali byudjet tizimi va nobyudjetfondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o'sishining quyidagi yo'nalishlari bilan uzviy bog'langan:
• byudjet-soliq sohasidagi daromadlami qayta taqsimlashning
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiscal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog'liqki, bu siyosat o'z navbatida, ishlab chiqarishning o'sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo'naltiriladigan moliyaviy resurslarining o'sishini rag'batlantirishni ko'zda tutmog'i kerak;
• bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiyvositalari va mexanizmlari bo'lib quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o'rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va deposit foizlarining stavkasi; qimmatli qog'ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu vosita va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo'naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi,aholining pulli jamg'armalarini investitsiyalarga jalb qiladi;
• yangi samarali iqtisodiyotni — intellektual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi.
• XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog'liq. Zamonaviy o'zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo'shgan holda o'z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.
5. Davlat moliyaviy nazorati — davlatning asosiy qonunlaiiga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining ma’lum maqsadga yo'naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog'liq. Davlat moliyaviy nazorati YalM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, to‘liq va uzliksiz tushib turishi va maqsadli foydalanish bilan bog'liq pul resurslari harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Umummilliy iqtisodiy manfaatlarga, aloqador bo'lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida ham xususiy va korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning davlatdan tashqari sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni ham qo'shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlari qanday bajarilayotgani, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikka rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan belgilangan pul hisob-kitoblarini tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalarini nazorat qilish ham qamrab oladi. Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo'linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)18. Moliyaviy nazoratning davlat va davlatdan tashqari sohalari nazoratni amalga oshirish metodlari o'xshashligiga qaramasdan, pirovard maqsadlariga ko'ra bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslami tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo'lsa, bunga qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
• iqtisodiy qonunlaming talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimalligi);
• byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
• korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo'lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
• o'zaro soliq munosabatlari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan,bir tipda bo'lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:
• bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo'ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag'larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o'rnatishdir;
• asosan soliqli daromadlaming davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo'ysunuvchi soliq muassasi;
• quyi tashkilotlami tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlari tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;
• hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari nazorat xizmatlari;
• asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo'lgan ichki nazorat xizmatlari. shishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. o‘tkazilish vaqti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilami o'z ichiga oladi:
• dastlabki;
• joriy (operativ);
• navbatdagi (kelgusi, so'nggi) Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodlaridan foydalaniladi:
• tekshiruv;
• tadqiq etish;
• nadzor (nazorat);
• moliyaviy holat tahlili;
• kuzatish (monitoring);
• taftish.
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish choralari belgilanadi. Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg'i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o'lchanadi.
Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi.
Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo'llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliyaxo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan umumiy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob’ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishlarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |