Ko’plab asarlarda bosh qahramon yoritilayotgan vaqtda urg’u unga qaratiladi, bu asarda esa barcha qahramonlarga go’yoki birdek e’tibor berilgandek. Sababi, qissada To’lg’anoy ona yer bilan bevosita suhbat quradi, unga savol beradi, o’zini qiynayotgan muammolarga yechim topishga urinadi. Mana shu savol-javob orqali juda ulkan falsafiy muammolar yoritiladi.