450 000 marta
kuchsizdir, oyning kuni
ham tuni ham yerdan ikki xaftaga teng. Shu sababdan quyosh nurlari oy yuzasini
kunduzi 120 C dan ziyod qizdirib yuboradi, tunda esa u -170 C gacha soviydi.
Quyosh sutkalarining o
’rtacha uzunligi, ya'ni quyosh mar
kazining ikkita
yuqori (yoki quyi) kulmina
tsiyalari oralig'ida o’tgan o’rtacha vaqt qisqa vaqt
oraliqlarini o’lchashda asosiy bi
rlik hisoblanadi. Yil davomida bunday ikki
kulminatsiya
oralig'ida o’tadigan vaqt bir oz o’zgarib turadi. Bunga sabab yerning
quyosh atrofida aylana bo’ylab emas, balki ellips bo’ylab harakatlanishi va buning
natijasida uning harakat tezligining bir oz o’z
garib turishidir. Bu quyoshning yil
davomida ekliptika bo’ylab qiladigan ko’rinma
harakatidagi kichik notekisliklarini
keltirib chiqardi. quyosh markazining yuqori kulminatsiyasidagi paytda haqiqiy
tun payti deb ataladi. Biroq soatlarni tekshirish, aniq vaqtni belgilash uchun ularga
qarab, albatta quyoshning kulminatsiya
paytini belgilashga hech zaruriyat yo’q.
Yulduzlarning kulminatsiya
paytini belgilash aniqroq va qulayroq bo’ladi. Istalgan
yulduzning va quyoshning kulminatsiyalari paytlarining farqi esa istalgan vaqt
uchun belgilangan. Haqiqatan, yerning harakati quyoshning
ko’rinma
vaziyatining
yulduzlarga nisbatan o’zgarishi juda aniq topilgan. Masalan, observatoriyalarda
yulduzlarni kuzatib, muntazam ravishda asosiy soatlar tekshirib boriladi, bunda
ularning vaqt tuzatmasi, ya'ni aniq vaqtni topish uchun soatning ko’rsatishga (Q
yoki
-
ishorasi bilan) qo’shilishi zarur bo’lgan kattalik amalda aniqlanadi. Vaqt
tuzatmalarini aniqlash oraliqlarida aniq vaqtni kvars yoki boshqa (birorta
tebranma harakatning chastotasini juda aniq ushlab turadigan) soatlar “saqlab”
boradi. Hozirgi vaqtda nixoyat aniq “yuradigan” atom soatlari yaratilgan. Ular aniq
vaqtni saqlashda ishlatiladi. Astronomik kuzatishlarda aniq vaqtni belgilash, uni
saqlash va radio orqali butun xalqqa
eshittirib turish ko’p mamlakatlarda mavjud
bo’lgan aniq vaqt xizmatining vazifasidir. Aniq vaqt signallarini dengiz va havo
flotining shturmanlari va aniq vaqtni bilish zarur bo’lgan juda ko’p ilmiy hamda
ishlab chiqarish korxonalari radio orqali qabul qiladi. Aniq vaqtni bilish, xususan,
turli joylarning geografik uzunliklarini aniqlashda zarurdir.
Sayyoramiz o’z o’qi atrofida aylanib turadi, shuning uchun quyosh
yerimizning turli nuqtalarini turli vaqtda yoritadi. Yerning bir meridianida
joylashgan barcha nuqtalarida soat bir xil vaqtni ko’rsatsa, boshqat meridianida
boshqacha vaqtni ko’rsatadi. Demak, bir meridianning o’zidagi vaqt shu meridian
atrofidagi joylar uchun mahalliy vaqt hisoblanadi.
Grinvich meridiani (meridianlar sanog'i boshlangan 0 meridian) da tush
payti bo’lganda 180 geografik uzunlikda yarim tun, Grinvichdan sharqdagi 90
geografik uzunlikda kech payti, Grinvichdan g'arbdagi 90 geografik uzunlikda tong
payti bo’ladi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |