kilometr (yoki sekundiga 29,8 km) tezlikda bosib o’tadi. Bu tezlik artilleriya
33
o’qining uchish tezligidan o’n baravar katta. Yer ana shunday tezlik bilan quyosh
atrofini 36,5 kun 5 soat 48 minut 46 sekundda aylanib chiqadi. Yerning quyosh
atrofidan bir marta to’la aylanib chiqishiga ketgan vaqt (365 kun
-u 6 soat) yil deb
ataladi.
Yil fasllarining almashinuviga Yerning quyosh atrofidan aylanishi va yer
o’qining orbita yuzasiga
-
tekisligiga nisbatan og'ishganligiga sababchidir. Yer o’qi
orbita tekisligiga nisbatan 66, 30 burchak tashkil etadi. 21-mart kuni kun bilan tun
chegarasi ikkala qutb
dan o’tgan, ya'ni sayyoramizning har ikkala yarim sharida
kun bilan tunning o’z o’
nligi bir-biriga teng. Quyosh nuri shu kuni, ya'ni 21-martda
ekvatorga tik tushadi,
yer o’qiga nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladi. Tush paytida
quyosh tik tepami
zda bo’ladi, shu kuni yer quyoshga nisbatan shunday vaziyatni
egallaydiki, quyosh nuri shimoliy va janubiy yarim sharlarga bir tekisda tarqaladi.
Q
uyosh o’zining bizga ko’rinadigan yo’lining tepa yarmida ufq tepasida, ikkinchi
yarmini esa ufq tagida, ya'ni yer sharining bizga nisbatan orqa tomonida bosib
o’tadi. Faqat shu kuni quyosh haqiqatan ham sharqdan chiqib g'ar
inga botadi.
Mart oyida sayyoramizning shimoliy yarim sharida bahor, janubiy yarim
sharida kuz bo’ladi.
22-martdan boshlab kunlar uzayadi va tunlar qisqara
boshlaydi. quyosh shimoli-sharqdan chiqib shimoli-g'aringa bota boshlaydi.
Kunning uzayishi va tunning qisqarishi 22-iyunigacha davom etadi. 22-iyunda
sayyoramizning shimoliy yarim shari quyoshga qaragan bo’ladi, shu tufayli bu
yarim shar
janubiy yarim sharga nisbatan quyoshdan ko’proq yorug'lik, issiqlik
oladi. Demak, shimoliy yarim sharda yoz boshlanadi, kunlar uzun, tunlar qisqa
bo’ladi, ekvatordan janubda, ya'ni janubiy yarim sharda esa
qish kiradi va kunlar
qisqa, tunlar uzun
bo’ladi.
23-sentabr yer sharida yil fasllarining taqsimlanishi jixatdan 21-martdan
farq qiladi. 21-martda shimoliy yarim sharda bahor, janubiy yarim sharda kuz
bo’lsa,
23-sentabr
shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda kuz bo’ladi.
24-
sentabrdan kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. quyoshning ertalab chiqishdan
kechqurun botishigacha bosib o’tadigan yo’li
qisqara boradi, qisqarish 22-
dekabrgacha davom etadi.
Demak, yerning o’qi quyosh atrofidagi aylanish yo’liga orbita tekisligiga
nisbatan og'ishganligi natijasida yil fasllari almashinadi, quyosh atrofidagi yillik
harakatning turli davrlarida yer yuzasining yoritilishi va isitilishidagi farqlar kelib
chiqadi.
Har kuni quyosh chiqadi va botadi. quyosh chiqishi ulug'vor, go’zal manzara,
butun borliq, tabiat, barcha tirik mavjudot quyosh chiqishini tantana bilan kutib
oladi.
Quyosh - osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri, yerga eng yaqin yulduz,
quyosh ulkan yoritgich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. quyosh nuri har
sekundda 300 000 km tezlikda tarqalib, yerga 8,5 minutda yetib kelsa, yerga yaqin
turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi.