Maslahatlar va tavsiyalar:
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo yetish-ustivor maqsadimizdir” asarida ta’kidlab о‘tganidek :
«Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom о‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bо‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bо‘lib, XXI asr talablariga tо‘liq javob beradigan barkamol avlod bо‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘yganmiz».
Elektron о‘quv-metodik majmuada tarix yо‘nalishi mutaxassisliklari uchun о‘quv jarayonida “Xronologiya va metrologiya” о‘quv predmeti bо‘yicha pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim texnologiyasini, о‘quv-uslubiy majmuasida yaratilgan ta’limning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan: T-sxema, aqliy hujum, Venn diagrammasi, ishbilarmon о‘yinlar, muammoli, kо‘rgazmali, vizual ma’ruzalar va keys-stadi kabilardan foydalanishning uslubiy tomonlari yoritilgan.
“Xronologiya va metrologiya” о‘quv predmeti bо‘yicha ta’lim texnologiyasida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg‘or pedagogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu о‘quv qо‘llanmaning tarkibi kirish, nazariy fanni о‘qitish texnologiyasining kotseptual asoslari hamda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarni о‘qitish texnologiyalaridan tashkil topgan. Ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari bо‘limida “Xronologiya va metrologiya” fanining dolzarbligi asoslangan, о‘quv soatlarining mavzular bо‘yicha taksimlanishi hamda kursning asosiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda qо‘llanilgan asosiy qoidalari: ta’lim usuli va texnikasi; tashkil qilish shakli, vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma’lumotlarni nazorat qilish usullari va vositalari; baholash va nazorat qilish tartiblari yoritilgan.
Fanni о‘qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan.
- Ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borishda kо‘proq kо‘rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllariga e’tibor qaratilgan.
- Seminar mashg‘ulotlarini olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bо‘lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qо‘llash bо‘yicha kо‘nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Kursning strukturasini mundarija bilan birgalikda sxema kо‘rinishida ham berilganligi kitobda yо‘nalishni yanada osonlashtiradi.
Ushbu ta’lim texnologiyasi barcha oliy о‘quv muassasalarida, malaka oshirish kurslarida « Xronologiya va metrologiya » fanining tegishli texnik vositalari bilan jihozlangan auditoriyalarda о‘qitishga mо‘ljallangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining birinchi bosqichida amalga oshirilgan islohatlar sohani yangi sifat bosqichiga kо‘tarishga zamin hozirladi. Ikkinchi bosqich-ta’lim jarayonidagi sifat kо‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bо‘lgan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qо‘llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldida katta vazifalar qо‘ymoqdi. Bunda, aniq vazifalar sifatida bevosita о‘quv jarayonini yaxshilash, о‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, о‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanishdan iboratdir.
Ta’limning sifati va uni tashkil etish usuli о‘qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog‘liq. Ta’limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim obyektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bо‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon bо‘ladi. Xulosa qilib aytganda, ta’limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va о‘quv jarayonining darajasiga bog‘liq.
О‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar о‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qо‘llanmalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, о‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qо‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga о‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bо‘lib, ushbu tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. Bunda har bir fanning о‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari hamda spetsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |