287.
... Xorazm mustaqilligi uchun kurashgan hukmdor. Elbarsxon.
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga ega bo‘lishi juda muhim edi.
Shu sababli mustaqillik uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi
Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. Berka Sultonning
xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik
munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon
tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning
sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512-yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |