Xristianlik dini reja



Download 40,78 Kb.
bet9/16
Sana12.02.2021
Hajmi40,78 Kb.
#58584
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Xristianlik dini reja

Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi.

Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi.

Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, tsvinglichilik, kalьvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Keyinroq, «so’nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo’ldi. Bu oqimlarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», ilk xristianlik va Reformatsiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan. Hozirgi protestantizm integratsiya (birlashish)ga intilmoqda, bu 1948 yilda Jahon cherkovlari kengashining tuzilishida o’z ifodasini topdi.

Protestantizm ilohiyoti xristian mafkurasining bir ko’rinishi sifatida o’z taraqqiyotida muayyan bosqichlardan o’tdi. XVI acp ortodoksal ilohiyoti (M. Lyuter, J. Kalьvin), XVIII-XIX acplardagi yangi protestantizm yoki liberalizm ilohiyoti (F. Shleyermaxer, E. Tryolьch, A. Garnak), birinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan dialektik ilohiyot (K. Bart, P. Tillix, R. Bulьtman), Ikkinchi jahon urushidan so’ng tarqalgan radikal yoki «yangi» ilohiyot (D. Bonxeffer va boshqalar) shular jumlasidandir.

Protestantizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g’picidagi umumxristian tasavvurlarini e’tirof etadi. Biroq Lyuter katolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Papaning diniy va dunyoviy hokimiyat, katolik dindorlarining imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalariga Lyuterning qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.

Protestantizmning mohiyatiga ko’ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.

Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqlanib qoldi.

O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi. Asror (tainstva)lardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo’ldi.

Lyuter tomonidan tuzilgan Reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib berilgan. Ular Vittenberg nasroniy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo’yilgan. Tezislarning bir nusxasida Iso payg’ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi», deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to’xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo’lmog’i darkor.

Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to’rt tezisda Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi. Bu bilan u katolitsizmdagi «a’rof» va u bilan bog’liq indulgentsiya masalasini rad etadi. Aytadiki, Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). «Ruhlar uchun indultgentsiya olgan shaxslarga tavba-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarning gunohlarini Xudo kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin. Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.

Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».

Lyuterning ta’kidlashicha, cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va Xudoning marhamatidir. «Xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag’allar uchun emas, boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o’z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.

Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.

1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.




Download 40,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish