Matritsali protsessor
Matritsali protsessor (Array processor) deganda – bir vaqtda ko‘p sonli ma’lumotlar, ya’ni matritsaning elementlari ustida, bir-xil ketma-ketlikdan iborat buyruqlarni, ya’ni bir hil amalni bajaradigan ko‘p sonli protsessorlar tushuniladi. Ushbu g‘oya asosida qurilgan dastlabki kompyuter, 1972 yili AQSHning Illinoys universitetida qurilgan ILLIAC IV kompyuteri hisoblanadi.
Rejaga asosan bu kompyuter protsessori, har birida 8x8 o‘lchamdagi matritsa shaklida joylashtirilgan 64-tadan
protsessori bo‘lgan 4-ta kvadrantdan iborat bo‘lishi kerak edi. Jami 64x4 = 256-ta protsessor
ILLIAC IV kompyuterining matritsali protsessori
Multiprotsessorli kompyuterlar
Matritsali va vektorli protsessorlar yagona boshqarish bloki tomonidan boshqariladigan, har biri alohida-alohida xotiraga ega bo‘lgan protsessorlardan iboratdir. Umumiy xotiraga ega bo‘lgan parallel ishlovchi protsessorlar to‘plami – multiprotsessor deb ataladi. Yuqorida keltirilgan, hisoblashlarni bajaruvchi ko‘p protsessorlardan foydalanish sxemasi asosida qurilgan kompyuterlar esa – multiprotsessorli kompyuterlar deb ataladi. Umumiy xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessorli kompyuterlarning ikki xil varianti mavjud . Ushbu hildagi kompyuterlarda umumiy xotiradan foydalanish hisobiga ham unumdorlikni oshirishga erishish mumkin ekan.
Bitta shinaga va umumiy xotiraga ega bo‘lgan
multiprotsessor (a);
xar bir protsessorida ham lokal xotira bo‘lgan multiprotsessor (b).
Multikompyuterli tizimlar
Matritsali va vektorli protsessorlarga ega kompyuterlarni ham, multiprotsessorli kompyuterlarni ham o‘ziga xos tizim deb qarash mumkin. Yuqori unumdorlikka erishish uchun, ko‘p sonli kompyuterlarni o‘zaro bog‘lab – ko‘p kompyuterli yoki multikompyuterli tizimlar ham ishlab chiqilgan.
Multikompyuterli tizimlar
Har bir kvadrant alohida boshqarish blokiga ega bo‘lib, bu bloklar kvadrant tarkibidagi protsessorlarga bir xil buyruqlarni jo‘natib turgan. Kvadrant tarkibiga kirgan protsessorlarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan xotiradan olingan ma’lumotlardan foydalangan. Bunday kvadrant yordamida bir sekundda suriluvchi nuqtali sonlar ustida 50 mln. amal bajrishga erishilgan. To‘rtta kvadrant bilan esa, sekundiga 1 mlrd. amal bajarish ko‘zda tutilgan. Biroq tarkibida to‘rtta kvadrantdan iborat bo‘lgan, jami 256-ta protsessorli matritsali protsessorni, ya’ni ko‘p yadroli protsessorni qurish anchagina mablag‘ talab
qilganligi sababli, ILLIAC IV kompyuteri protsessorining 64-ta protsessordan iborat bo‘lgan – bitta kvadrantli varianti ishlab chiqilgan halos.
Hisoblash(kompyuter) tizimlari 2 turga bo’linadi bular:
Umum xotirali kompyuterlar (multipretsessorli tizimlar)
Tarqoq xotirali kompyuter tizimi (multikompyuterli tizimlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |