mnemik faoliyat deb ataladi. Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘ langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘ lanadi. Bunday bog‘ lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |