uzilish vektori” deb nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida manba o’z uzilish vektoriga ega. TQIKDni bajarib bo’lgach, protsessor, xotirada saqlangan manzil bo’yicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan maxsus komandaga binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (ya’ni, mikrosxemaning “uzilish so’raladigan kirish qismlari” deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga kelishi), tashqi manbalar ham (ya’ni, muayyan sharoitlarga ko’ra protsessor ichida generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o’zida bir nechta turlicha uzilish so’rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday so’rovlarning har biriga alohida xizmat ko’rsatish izchilligini belgilaydigan muayyan tartib mavjud. Uning ishini MzP ichida yoki maxsus kontoller vositasida joriy etilgan “
Do'stlaringiz bilan baham: |