Xotira sirlari !!!!



Download 115,5 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi115,5 Kb.
#269977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xotira sirlari.!!!!

Kalit so’zlar: Genetik xotira, siymo xotirasi, mantiqiy xotira, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, semantik, episodik, protsessual, posttetanik potensiallanish, gipokampus, peptid, skotofobin, lokatsiya, assotsiatsiya, unutish yoyi, meditatsiya.

Xotira bu -markaziy nerv tizimining asosiy xossalaridan biri bolib, voqelikning esda olib qolinishi, esda saqlanishi va esga tushirilishidir. Shunday qilib ongimiz aks ettirgan narsalarni mustaxkamlash, saqlab qolish va qayta tiklash ( esga tushirishdan ) iborat bo’lgan aqliy faoliyat turiga xotira deyiladi [3]. MNS ga tushgan axborotni esda olib qolish ikki xil: ixtiyoriy va ixtiyorsiz bolishi mumkin. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bolmagan holda esda olib qolish yana esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo'yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi [5]. Ixtiyoriy esda olib qolish samaraliroq boladi. Biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan axborotlar, qanday kuchga ega bolishidan qat’iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bolgan murakkab jarayonlar natijasidir.

Xotiraning quyidagi turlari mavjud:



  • naslga beriladigan(genetik) xotira,

  • naslga berilmaydigan (individual) xotira,

  • harakat xotirasi,

  • obrazli yoki siymo xotirasi, (obyektning siymosi esga tushiriladi),

  • Emotsional-hissiyot xotirasi, (voqelik ma’lum bir his tuyg‘uni chaqiradi),

  • so‘z mantiqiy xotira.

Naslga beriladigan ( genetik ) xotira - genotipga asoslangan va avloddan-avlodga uzatiladigan xotira. Aniqrog’i, bu turdagi xotiraga shaxsning ta’siri juda cheklangan ( agar bu mumkin bo’lmasa ). Bunday insonlarni Savantlar deb ham atashadi. Bunday xotira egalari favqulodda juda kuchli xotira sohibi hisoblanadi.

Naslga berilmaydigan ( individual ) xotirabunday xotira turi hayoti davomida turli xil texnikalarga (mnemonika) asoslangan holda shakillanadi. Keyingi izlanishlar shuni ko’rsatayaptiki bunday xotira turi genetik xotiraga nisbatan ancha yuqori va samarali bo’lishi mumkin.

Harakat xotirasi - turli xildagi ish-harakatlari va ularning sistemasini esda olib qolish va yana qayta esga tushirishdan iborat [1]. Xotiraning bu turi benihoya kata ahamiyatga ega ekanligining boisi shundaki, u xuddi yurish, yozish va shu kabi malakalar bilan bab-baravar tarzda turli xil amaliy va mehnat malakalari shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi .

Emotsionai xotira - his-tuyg‘uga xos xotiradir. His etilgan va xotirada saqlab qolingan tuyg‘ular yohud harakatga chorlaydi va o'tmishda salbiy kechinmalar sabab bolgan harakatlardan tiyilishga undovchi signallar tarzida amal qiladi [3]. Bunday xotira turi eng asosiy xotira turi bo’lib boshqa xotiralarni shakillanishida ham muhim rol o’ynaydi.

Obraz yoki siymo xotirasi - tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir [2].

So’z mantiqiy xotira - bizning o‘y-fikrlarimiz, so‘z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil qiladi. 0‘y-fikrlar nutqsiz mavjud bola olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so‘z-mantiq xotira deb ataladi [5].

Xotiraning fiziologik mexanizmi. Odamlarni ongli faoliyati, muvaffaqiyati, hayvonlarni moslashuvchanligi, xulq-atvorini samarasi ko‘p tomonlama ularni hayot tajribalari va bilimlariga bog’liq bo’ladi. Bu bilimlarni odam va hayvonlar xotirasidan oladi. Xotirani neyro fiziologik mexanizmining asosida vaqtinchalik bog’lanish turadi [1].

Shartli refleksni hosil bo’lishi xotirani dastlabki qismini, ya’ni eslab qolishni tushuntiradi. Ikkinchi qismi eslab qolgan narsani uzoq vaqt saqlab qolish, ya’ni esda saqlash muhimroq hisoblanadi. Shu sababli xotira deganda ko'proq ikkinchi qismi tasavvur qilinadi. Biroq olingan foydali axborotdan vaqti kelganda foydalanish uchun uni xotira tizimlaridan saqlanibgina qolmasdan olish imkoniyatiga ega bolish kerak yani eslay olish kerak.

Shunday qilib, xotira tushunchasi organizmni shaxsiy hayoti davomida olgan axborotlarni ushlab qolish, saqlash va zaruriyatiga ko’ra o’qiy olish jarayonlarini yigindisini o‘z ichiga oladi.

Qisqa muddatli xotira. Qisqa vaqt ichida ( taxminan o’rtacha 20 s ) qabul qilingan malumotlarning, uning eng asosiy elementlarining umumiy tasavvurini saqlaydi. Qisqa muddatli xotira hajmi 5-9 ta ma’lumotni tashkil qiladi va uning davomiyligi 15-25 sekundga ushlab turadi so’ngra o’chirib tashlaydi [4]. Bu xotiraning eng muxim hsusiyati malumotlarni tanlanishi. Yani xotirada faqat insonning haqiqiy extiyojlari va manfaatlariga javob beradigan ma’lumotlar qoladi. Qisqa muddatli xotira majburiy oraliq saqlash va eng ko’p ma’lumotni ishlaydigan, filtr, keraksiz ma’lumotlarni yo’qotib yuboradi va miyaning ishlash potensialini oshiradi.

Uzoq muddatli xotira. Odamlarning bilimlari, hayvonlarni hayotiy tajribalari uzoq muddatli xotira shaklida bo‘ladi. Uzoq muddatli xotiraning o’ziga xos xsusiyati, R. Atkinson va R, Shifrinning fikricha unda saqlanayotgan malumotlarning hajmi va davomiyligi jihatidan deyarli cheksizdir [1]. Agar biz biror ma’lumotni uzoq muddat asqotadi, deb hisoblasak miyamiz buni muxim deb bilib eslab qoladi. Miyamizga elektr toki stimulyatsiyasi berilganda biz yodimizdan ko’tarilgan barcha malumotlarni eslay olamiz bu esa uzoq muddatli xotirani kuchini ko’rsatadi [4]. Uzoq muddatli xotira uncha muncha tasirlarga berilmaydi, o’zgarsa ham faqatgina o’sha informatsiyaga yetib borish yo’li uzoqlashishi mumkin.

Uzoq muddatli xotira turlari :


1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish