XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi. - XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi. - Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.
4.Xotira jarayonlari va turlari - 4.Xotira jarayonlari va turlari
- Xotira asosiy jarayonlari tafovvut qilinadi : esda olib qolish, esda tushirish9yodga olish) va unutish.bu jarayonlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib bir qadar shartli ravishda bir-biridan ajratiladi.
Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi. - Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
- Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |