Xotira nega pasayadi?



Download 143 Kb.
bet5/5
Sana13.07.2022
Hajmi143 Kb.
#786433
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-16 asrlarda ta\'lim

Jaloliddin Davoniydir. Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko’p jihatdan tutash keladi.
Jaloliddin Muhammad ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun viloyatidagi Davon qishlog’ida 1427 yilda dunyoga kelgan.
Jaloliddin Davoniy boshlang’ich ma’lumotni qishlog’ida olgach, Sherozga keladi va u yerda Dorul ay-tom madrasasida taxsil ko’radi. Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fikh) bilan maxsus shug’ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashg’ur olimlardan o’rgana boshlaydi. Uning otasi Sa’diddin ham o’z zamonining fozil kishilaridan bo’lib, o’g’lining ham ilm-fanni chuqur egallashiga yordam beradi. Davoniy o’z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo’lib yetishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta’siri bo’lgan.
Davoniy insonni kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq eknligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan. Inson o’zi yashagan jamiyatda adolat huqmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u «Ahloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Farobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlashgan bo’lishi kerak, deydi. Bulardan:
1. Hukmdor odamlarni e’zozlashi.
2. Davlat ishlarini adolatli ijro etishi.
3. Xirs va shahvatga berilmasligi.
4. Hukmdorlikda shoshma-shasharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi.
5. Xalqining ehtiyojini qondirishi uchun xudaning irodasidan kelib chiqishi.
6. Xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi.
7. Xalqqa nisbatan odil bo’lishi.
8. Har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi.
9. Har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni.
10. Adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir.
Davoniyning fikricha, bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasigaham bog’liq. Chunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoning xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuhanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday hislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalab borilishi muhim. Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo’yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida barobar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy.
Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilm-fanni chuqur o’zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi.
Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shavqatini ayamaydi.
Bolaga oddiy axloqiy o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya qilish, o’z qilmishi oldida javob berish mas’uliyatini his etishni tarkib toptirish ota va ona burchidir. Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart. Shu o’rinda Davoniy muallimning hislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni «Ma’naviy padar» deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, uni jismoniy tarbiyalasada, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi, olim. Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi tufaydi u g’azabni bo’ysundira olmasa, buni hyech qachon kechirish mumkin emas. U hamma vaqt o’z g’azabini aqlga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak, shundagina u haqiqiy inson bo’lib yetishishi mumkin, deydi. Olim kishilar ruhiyati haqida gapirar ekan, g’azab quvvatini quyidagilarga bo’ladi: ba’zilar tez g’azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba’zilar esa sekin-asta g’azablanib, tez jahldan tushadilar, ba’zilar tez g’azablanib, uzoq vaqt jaxillaridan tushmay yuradilar. Davoniy g’azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb eng oxirgisini yomoni deb belgilaydi.
Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va ularni yaxshi maslahat berish, so’z bilan, jazo va mehnat qildirish yo’llari bilan tarbiyalasa bo’ladi, deb hisoblaydi. Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to’g’risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega.





Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish