9.4. Savol bayoni. Xotiradagi individual farqlar.
Xotiraning individual xususiyatlari juda ran-barang bo’lib ular ichidan xotira tiplarini aloxida kayd etib utish kerak. xotira tiplari avvalo erkin obrazli va suz mantik xotira tiplariga ajratiladi. Xotira jarayonlaridagi individual farklarii esda olib kolishning tezligida, aniqligida, mustaxkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi.
Xotiraning sifatiga ko’pincha faqat esga olib qolish tezligiga qarab baxo beradilar. Bunday fikr ayniqsa maktab o’quvchilariga nisbatan kup tarkalgandir O’quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli va ayniksa, sekin esda olib kolar ekan - xotirasi bo’sh, ammo bunday qarash notugri faqat esda olib kolish tezligiga qarab, xotiraning kuchli kuchsizligiga qarab baxo berish yaramaydi. Xotiraning kuchli-kuchsiz bulishini biz xam esda qoldirish va xam esdan chikarib qo’yishning tezlik darajasiga qarab bilamiz tez esga olib, sekin, bora-bora unitish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo’lsa, sekin esga olib qolish va tez esdan chiqarib qo’yish kuchsiz xotira belgilaridandir.
Xotiradagi individual farklar yana shunday xollarda namoyon bo’ladiki bir xil odamlar obrazli materiallarni birmuncha samarali va mustaxkam esda olib koladilar, boshqa bir odamlar esa suz materiallarini yaxshi esda saklab koladilar, uchinchi bir toifa odamlarda esa ma’lum materialni esda olib kolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi, shunga muvofik ravishda, psixologiyada xotiraning kuyidagi tiplari farklanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z-abstrakt xotira va oraliq tipdagi xotira. Xotiraning bu tiplari odamlarning yuksak nerv faoliyatlaridagi birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro munosabatiga ma’lum darajada bog’liqdir.
Hayot faktlarining tasdiqlashicha esda olib qolishda obrazlar yoki fikrlarning ustunlik qilishi, asosan, kishilarning hayot sharoitlari va faoliyatlari bilan belgilanadi. Hayot talablari odamlarning kasbiy faoliyatlari ozmi ko’pmi xotira tiplari turining yorqinroq namoyon bulishiga sabab bo’ladi. Odam xar turli ta’surootlarni esda olib qolayotganida qaysi analizatorning eng maxsuldorgigiga qarab, xotiraning ko’rgazmali – obrazli tipii deferensiallanishadi. Shunga muvofik ravishda xotiraning harakat, ko’rish, va eshitish tiplari farklanadi. Lekin xotiraning bu tiplari sof xolda siyrak uchraydi. Ko’pincha xotiraning: ko’rish - harakat, ko’rish-eshitish, eshitish –harakat kabi aralash tiplari uchrab turadi. Odam o’z xotirasining tegishli xususiyatlaridan xotira maxsuldorligini oshirish usuli sifatida foydalanadi.
Esda qoldirish
1.Tez.
2.sekin
3.tez
4.sekin
Unitish.
Sekin
Sekin
Tez
Tez Ba’zi o’quvchilar birinchi tipga kiradilar bunday o’quvchilarning xotirasi kuchli, ayniksa samarali bo’ladi; ular materialni, darsni tez bilib oladilar buning uchun ularga materialni bir marta eshitish yoki bir qara o’qib chqkish kifoya, shu Bilan birga, material bora-bora esdan chikadi va materialni bu o’quvchilar Tula tukis xamda yanglishmasdan, rasso esga tushiradilar. Xotirasi ikkinchi tipdagi o’quvchilar materialni sekinrok bilib oladilar, lekin uzoq esdan chikarmaydilar. Ular materialni o’rganib olish uchun ko’proq kuch sarf qilib uni maxss usullar yordamida takrorlaydilar: qayta qayta o’qiydilar, eshitadilar, yozib oladilar, sxemasini chizadilar va xokozo.
Xotira kurtaklari odamda ilk gudaklik chogidayok qo’zg’a tashlanadi. Xotira dastavval tanish formasida, keyinsalik esa ayni chokda yuk shaxslar va narsalar xakidagi elementar tasavvurlar tarzida namoyon bo’ladi. Inson xotirasining yaxshi bulishi, ya’ni xis kechinmalarimiz ko’rgan kechirganlarimizning mazmuni tularok miyamizda saklanishi kuyidagilarga bog’liq.
esda saklab kolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
shaxsning uzi shugullanayotgan ishga nechoglik kizikish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga.
Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va axamiyatiga munosabatining kandayligiga.
Shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga.
Irodaviy kuchi va intilishiga.
Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatidagi yutuqlariga bog’liq bo’lgan uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga kuplab olimlar axamiyat berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada saklaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob bergadilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada xosil bo’ladigan nerv bog’lanishlari – assotsiatsiyalar bilan bog’lashsa, bioximiklar-ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik o’zgarishlar oqibatidadir, deb tushuntiradilar.
Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko’lami va tezligi, esda saklashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog’lanadi. Demak, odamlar xam aynan shu sifatlarga ko’ra xam farklanadilar.
-materialni tezda eslab qoladiganlar,
-materialni uzoq muddat esda saqlaydiganlar
-istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba’zi odamlarning xotirasiga xos jixatlarni tugma deb atashadi. Tugri, oliy nerv tizimi, uning uziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning uziga xos individual uslubini belgilashi mumkin. Lekin hayotga ko’pincha shaxsning bilish jarayonlari va sezgi organlarining ishlash kobiliyatlariga bog’liq tarzda ajralib turadigan tiplari xakida gapirishadi.
Xotira inson hayotida goyat katta axamiyatga egadir. Xotira tufayli ongimizda faqat xozirgi paytdagi narsalar, xodisalar aks etib kolmay, balki utmishda idrok qilingan narsa va xodisalar, kechirgan tuygu-fikrlar xam aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va kunikmalar xosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayonlarning faoliyati va tarakiysi uchun kata axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |