Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash


Yangi komissiya va qo‘mita hamisha ko‘makka tayyor



Download 63,22 Kb.
bet3/9
Sana24.03.2022
Hajmi63,22 Kb.
#508360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5325520097102534517

Yangi komissiya va qo‘mita hamisha ko‘makka tayyor
Bunda yangi tashkil etilgan gender tenglik masalalari bo‘yicha komissiya ularga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor. O‘z navbatida, Senatda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Har ikki tuzilma ayni paytda amaldagi qonunchilikning barcha normasini ayollar va erkaklar tengligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqyapti.
Komissiyamiz tarkibida ko‘plab nodavlat tashkilotlar, faol ayollarimiz, erkaklarimiz ham bor. O‘zaro hamkorlikda dunyo tajribasi ham o‘rganilmoqda.
Shular asosida har bir mehnat jamoasida gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashlarini tuzish tashabbusini o‘rtaga tashladik. Bu tegishli huquqiy hujjatlarda ham nazarda tutilgan. Bu nima beradi?
Avvalo, o‘sha mehnat jamoasi rahbarining ijtimoiy masalalarga masʼul o‘rinbosari ushbu kengashni boshqaradi. Uning tarkibiga yetti nafargacha korxona xodimlari aʼzo qilinadi. Kengashning asosiy vazifasi esa barcha bo‘limlar, hududiy tuzilmalarida yuqoridan pastga qadar ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlab berishdan iborat bo‘ladi. Oylik ish haqlarini belgilash, lavozimlarga tavsiya qilishda ayollar va erkaklarga teng qarash, har bir korxona-tashkilotda tayyorlanadigan rezerv kadrlar bazasiga xotin-qizlarning ham nomzodlarini kiritib, ularni xizmat vazifasida rahbarlik lavozimlariga tayyorlash kabi masalalarni tizimli tahlil etib boradi, xulosalar beradi. Ayni chog‘da joylarda xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ham o‘rganadi.
Yana bir muhim masala shuki, ish beruvchi korxona jamoasi, ayniqsa, ayol xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasiga alohida eʼtibor qaratishi lozim. U bu boradagi qarashlarini o‘zgartirishi, masʼuliyatni his qilishi zarur. Chunki tan olishimiz kerak, ayollarimiz hech qachon o‘ziga, salomatligiga yetarlicha vaqt ajratmaydi, bolam-chaqam, uyim-joyim, deb yuradi. Afsuski, shuning oqibatida bugungi kunda ular orasida turli onkologik kasalliklar ko‘paygani hech kimga sir emas.
Ana shunday kengash va komissiyalar faoliyatini kuchaytirsak, ish beruvchilarning ayollar hamda erkaklarga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratish borasidagi masʼuliyatini oshirsak, xodimlarni muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysak, bundan nafaqat xotin-qizlar, balki butun jamiyatimiz yutadi.
Ayni paytda shu bo‘yicha tegishli nizom ishlab chiqilmoqda va bu tashabbus oxirigacha yetkaziladi. Eng namunali kengashlar faoliyatini rag‘batlantirishni ham nazarda tutganmiz. Ular qatori ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishni tashkil eta olmagan jamoalar faoliyati ham batafsil o‘rganiladi. Hududlarga borganimizda ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratamiz.

Download 63,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish