3. Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojiantirish tendensiyalari
Milliy va mintaqaviy turizmni rivojiantirish muammolarini yechishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar va adabiyotlar tahlili, statistik ma’lumotlar, jumladan, turizm va sayohatlar bo‘yicha Butunjahon kengash (WTTC) materiallari va boshqa manbalar tahlili jahon turizm taraqqiyotining umumiy tendensiyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, 0‘zbekiston va uning mintaqalari turizm industriyasining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aynan, jahon turistik-rekreatsion bozorini rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va ularning ilmiy tahlili, milliy va mintaqaviy turizmning istiqbolini prognozlash va rejalashtirish jarayonlariga imkon yaratadi, ular aniq turistik-rekreatsion tizimni shakllantirish dasturlarini va konsepsiyasini ishlab chiqishda hisobga olinadi. Ilmiy tadqiqotlar rivojlangan davlatlarda xizmatlar sohasida yuz beradigan jarayonlaming ko‘p jihatdan umumiy xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi, shu sababli xorij tajribasini mahalliy sharoitlarda qo‘llash maqsadida batafsil o‘rganish muhim hisoblanadi. Xalqaro darajada turistik xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalarini ko‘rib chiqishda ko‘pgina davlatlar uchun chiquvchi turistlar oqimining o‘sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda chiquvchi turizmning yuqori suratlarda ko‘payishi kuzatilmoqda. Chiquvchi oqimning yillik eng yuqori ko‘payish sur’atlari Birlashgan Arab Amirligida - 49,8 %, Kipr mamlakatida - 40,7 %, Turkiya mamlakatida - 31,9 % ni tashkil qilmoqda15. Hajmi bo‘yicha barqaror hisoblangan ekskursiya-tanishuv turizmi bo‘yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH va Germaniya davlatlari esa xizmat maqsadidagi safarlar bo‘yicha ustunlik qilmoqda. Turizmni rivojiantirish bo‘yicha o‘nta yetakchi mamlakatlar qatoridan Avstraliya chiqib ketadi, uning o‘mini Meksika davlati egallash ehtimoli mavjud. Hozirgi vaqtda turizmdan eng yuqori daromadlami yozgi dam olish davrida turistlarni qabul qiladigan davlatlar olmoqda va bular Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Kipr, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridir. Bu mamlakatlar turistlarga dam olish uchun mumtoz turto‘plamlami taqdim etmoqdalar. Rossiya davlati esa faqatgina Qora dengiz sohillaridagina bunday dam olishni ta’minlash imkoniyatiga ega. Bu yerda yozgi cho‘milish mavsumi 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlariga qaraganda 2 oy qisqaroq davom etadi. Qumli plyaj laming uzuniigi bo‘yicha Rossiya sohillari Turkiya, Ispaniya, Afrikaning 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlari qirg‘oq!aridan o‘nlab marotaba kichikdir. Dengiz suvining ekologik holati ham ijobiy emas, Qora dengizning hozirgi holati ekologlami birmuncha tashvishlantirmoqda, u yerda bir nechta salbiy hisoblangan jarayonlar kuzatilmoqda. Bugungi kunda jahon turizmini rivojlantirishda ayniqsa, quyidagi davlatlar yetakchilik qilmoqda: Montenegro, Hindiston, Vyetnam, Angola, Laos, Chad, Gvadelupa, Ftdji, Uganda va Xitoy davlatlari. Turizm industriyasining bu davlatlarida rivojlanishiga e’tiboming ortishi ularning iqtisodiyotiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘fkazmoqda, ma’lumotlami raqamlarda ifodalasak, jahon yalpi ichki mahsulotiga bevosita 3,8% va bilvosita 10% qo‘shilishiga ta’sir qiladi. Rossiya turizm bozorini rivojlantirishning tajribasidan ma’ium bo‘lishicha, 2015-yilda beshta yirik turistik kompaniya inqirozga uchragan. Bunga Rossiyada kechgan turizm sohasining tizimli inqirozi sabab bo‘ldi, chunki turoperatorlar piramida tamoyili asosida moliyalashtirilmoqda, ya’ni fuqarolaming bugun to‘lagan puli ularning o‘zi uchun emas, balki firmaning keyingi turistlari xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Ularning tashrifi xarajatlarini esa turfirmaning kelajakdagi mijozlari to‘laydi. Hozirgi vaqtda dunyodagi turistik firmalar o‘z mahsulotini umuman mijozlar ommasiga emas, balki imkoniyat darajasida aniq guruhlaming ehtiyojlariga yo‘naltirishga harakat qilmoqdalar. Zamonaviy turmahsulot bozorida G‘arb davlatlari dam olish uchun oilaviy turlami, o‘quvchilar uchun ekskursiyalar, maxsus tashriflar, sarguzashtli va ov turlari, alohida soha xodimlari uchun maxsus turlami taklif qilmoqdalar. Turmahsulotni shunga o'xshash farqlanishi uning turli komponentlari va xillarini subyektiv qiyosiy baholash muammosini tug‘diradi, bu esa mintaqa turistik resurslaridan maksimal foydalanuvchi optimal majmuali turlami shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Jahonda turizm xizmatlar bozorini rivojiantirishning navbatdagi tendensiyasi - turizm industriyasining davlat tomonidan ko‘- maklashish darajasini oshirishdir. Bugungi kunda ko‘pgina davlatlarda turistik mintaqaning mintaqaviy brendlari shakllantirilgan, ba’zi davlatlar o‘zining turmahsulotini umumjahon turizm bozorida siljitishga ko‘mak beradi lar. G‘arb mamlakatlaridagi turistik kompaniyalarni rivojlantirishda davlatning ko‘magiga oid ayrim misollami ko‘rib chiqamiz. Masalan, o‘z mintaqasida turistik xizmatlarga bo‘Igan talabni rag4batlantirish uchun Kipr hukumati viza tartibini yengillashtirishga urindi. Hukumat xatti-harakatlari natijasida Kipr diplomatik missiyasi elchixonasi Rossiya va boshqa davlatlaming vakillari uchun vizalami bepul qilib belgiladi. Turistik va rekreatsion xizmatlarni siljitish uchun Chexiya kuchli marketing siyosatini olib bormoqda. Ular psixologlami jalb qilib, yangi brend ishlab chiqdilar. 2013-yilda Chexiya Respublikasi Milliy turistik boshqaruvi (MTB) 50 dan ortiq tadbirlami, shu jumladan, qator xizmat uchrashuvlari va mavzuli taqdimotlami tashkil qilmoqda. Mazkur tadbirlar dunyo bozorlarida yetarli darajada tanish boimagan Chexiya saroylari, kurortlari, YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan shaharlari va mintaqaning boshqa diqqatga sazovor joylariga bag‘ishlangan.
Shunday qilib, turistik xizmatlar bozorining faoliyat ko‘rsatishidagi xorijiy tajribalaming tahlili jarayonida quyidagi xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojiantirish tendensiyalarini kiritish mumkin:
1. Turizm sohasini servislashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, zero, rivojlangan davlatlardagi aholining kattagina qismida XX asming ikkinchi yarmidan boshlab fei-atvor va dunyoqarashda ayrim o‘zgarishlar kuzatilmoqda, avvalgi «iste’molchilik psixologiyasi» tushunchasi o‘miga jamoaviy psixologiya shakllanishiga ishora qiluvchi «postindustrial jamiyat», «farovon jamiyat», «bo‘sh vaqt jamiyati» singari tushunchalar kirib keldi.
2. Bugungi kunda jahon turizm bozorida quyidagi maqsadii turistik ko‘rsatmalar ustun turadi: yangi taassurotiaming paydo boMishi va ularning tezda o‘zgarishi, guruhli yoki ikki kishi bo'lib darn olish, ichki sabablar tufayli yoki tashqi ta’sirlarsiz o‘z xohish istaklarini tezda qondirishga intilish, tabiat va landshaft go‘zalligidan bahra olish.
3. Aniq iste’molchilar fe’l-atvorining turizm industriyasiga ta’siri ostida yuzaga keladigan turistik talabni chuqur o‘rganish natijasida turistik mahsulotni differensiyalash harakati kuchaymoqda.
4. Dunyoda turistik xizmatlar tizimli savdosi shakilanmoqda va faol rivojlanmoqda hamda turizmni rivojlantirish sohasida franchayzingdan foydalanish amaliyoti keng tarqalmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. WIKIPEDIA
2. Ziyo.uz
3. Hozir.org
4. Arxiv.uz
5.Yandex.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |