Xorijiy tillarni o'rgatish



Download 40 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi40 Kb.
#463066
Bog'liq
Abdufattoyeva Mo\'tabarxon Bahodir qiz


O'quvchilarda "xorijiy tillarni o'rgatish" jarayonida psixologik muammolarni hal etish.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani
55 - umumta'lim maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi
Abdufattoyeva Mo'tabarxon Bahodir qizi.
Anotatsiya: Ushbu maqolada O'quvchilarda Xorijiy tillarni o’rgatish jarayonida psixologik muammolarni hal etish va turli xil ko'nikmalarni tashkil etish xaqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Psixologik muammolar, xorijiy tillar,til ishoralari,yozma va og'zaki nutq,matnlar va diktatik masalalar.
Yurtimizda xorijiy tillarni o’rgatish va o’rganishda pedagogik va ta’lim texnologiyalarni qo’llash, ta’lim mazmunini (ya’ni, til materialini tanlash) bir necha bosqichlarda olib boriladi. Dastlabki bosqich, til ishoralari bilan tanishishni o’z tarkibiga oladi. Bu holda, til materiali bilan tanishish, o’qish, o’rganish, talaffuz qilish birinchi o’rinda turadi. Ya’ni, ko’pchilik hollarda o’qituvchilar ohang, talaffuzni to’g'ri saqlagan xolda o’qiydilar, o’quvchilar esa takrorlaydilar. Keyingi bosqichda, asosiy jarayon til materialini yozma va og'zaki nutqda qo’llash hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda belgilangan ta’lim mazmunini o’zlashtirishda dars va darsdan tashqari mustaqil ishlar asosiy o’rin tutadi. Ya’ni, o’qituvchining berilgan matn bo’yicha kichik insholar, diktantlar, hikoyalar yozishi, o’quvchilar esa ushbu matnlardan foydalanib, o’zlariga berilgan topshiriqlarga mustaqil xolda javoblar ko’rinishlarini tayyorlashlari hamda, so’zlarni to’g'ri talaffuz qilgan xolda o’zlari tuzgan matnlarni og'zaki ravishda bayon etishlari lozim bo’ladi. Ushbu bosqichda yozma ovozli, rasmli manbalar mulьtimedia, turli tasvirlar, matnlar va didaktik vositalardan foydalaniladi, pirovard natijada, nutq malakalari shakllanib boradi.Xorijiy tillar o’qituvchilarining kasbiy mahoratini takomillashtirish, ularni oliy o’quv yurtlarida kasbiy jihatdan tayyorlash yoki ularning birorta til bo’yicha zaruriy bilim, ko’nikma va malaka (BKM)larini shakllantirish, fanlarni o’qitish metodlarini takomillashtirish, kasbiy malakalarini doimiy ravishda oshirib borish, yoki birorta, (ba’zan, zaruriy hollarda ikkita qo’shimcha tillarga qayta tayyorlash) bilan birgalikda olib boriladi. Chunki, xorijiy tillarni o’qitish metodikasi - umumiy pedagogika, maktab pedagogikasi, psixologiya, pedagogik psixologiya, didaktika (ta’lim nazariyasi), tarbiya nazariyasi va amaliyoti, nutq psixologiyasi va madaniyati, yosh psixologiyasi, tilshunoslikning ijtimoiy (sotsio) lingvistika, axborotlar (statistik) lingvistika, atamalar va matnlar lingvistikasi va turli sohalar (tibbiyot, qurilish, ishlab chiqarish, sanoat, muhandislik, harbiy va boshqalar) lingvistikalari bilan o’zaro bog'liqlikda rivojlanadi. Shuning uchun xorijiy tillar o’qituvchisini tayyorlash, kasbiy malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashda ularning BKM lari zaruriy darajada shakllangan, fikrlash ko’lami keng, dunyoqarashi, saviyasi takomillashgan, o’zining ona yurtining va tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixini, turmush tarzini, urf–odatlarini, san’atini, xalq xo’jaligini, adabiyotini, davlat tuzilishini, ichki va tashqi siyosatini ta’lim –tarbiya tizimini va boshqalarni bilishi lozim bo’ladi. Ana shundagina, xorijiy tillar o’qituvchilarining kasbiy malakalarini takomillashtirish ishlari mazkur tillarni o’rgatishning sifati va samaradorligiga uyg'unlashgan holda rivojlanib boradi.Xorijiy tillarni turli xil davrlarda turli xil davlatlarda, jumladan, mamlakatimizda ham o’rgatish va o’rganishga qiziqishlar muhim bo’lgan, ortib borgan, chunki, davlatlar o’rtasidagi aloqalar turli xil sabablar bilan ko’payib, turlanib borgan. Xorijiy tillarni o’qishni va o’rganishni shu fanlarning (asosan, ingliz, nemis, frantsuz tillari) umumiy va xususiy metodikalarini joriy qilib borish bilan uyg'unlashtirilgan. O’qituvchilar ushbu metodikalarni amaliyotga joriyqilishlari asnosida, usullarni, mashqlarni, metodlarni, vositalarni va ta’limshakllarini takomillashtirib boradilar. Xorijiy tillarni o’qitish metodlariningamaliyotga joriy etilishida asta – sekin murakkablashib, takomillashib, samaradorligi oshib borganligi ta’riflanadi.Talabalarning pedagogik amaliyoti «Talim to‘g‘risida» qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabalari asosida tashkil etiladi va oliy pedagogik ta’lim tizimida muhim o‘rin egallaydi. Pedagogik amaliyot davrida talabalarning nazariy bilimlari chuqurlashuvi va mustahkamlanishidan tashqari.Ular pedagogika mehnat ko‘nikma va malakalarini ham xosil qiladilar.Amaliyotchi talabalar ta’lim tarbiya jarayonini kuzatadi.Uning mohiyati va mazmunini chuqurroq anglab oladi, uni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi,eng muhimi o‘quvchilar bilan pedagog sifatida munosabatda bo‘ladi, sinf jamoasini, jamodagi o‘quvchilarshaxsini o‘rganadi.Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talabadan o‘quvchi shaxsiga va sinf o‘quvchilar jamoasiga psixologik-pedagogik xarakteritsika tuzish talab qilinadi. Maktab o‘quvchisiga psixologik xarakteritsika tuzish ilmiy tadqiqot xarakterida bo‘ladi. SHu boisdan amaliyotchi bu ishda bir qancha tadqiqot metodlaridan uslubiyatlaridan foydalanadi.Psixologik tadqiqot metodlaridan kuzatishdir. Kuzatish muayyan soxaga tegishli ruhiy xodisani tizimli ravishda imtiyoziy idrok qilishdir. Kuzatuvchanlik qobiliyati, esa tegishli ob’ektni kuzatishga layoqatli bo‘lish, uni aniq maqsadga muvofiq rejali qilishdan iborat.Amaliyotchilar o‘quvchilar shaxsini ta’lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, sinf va maktab o‘qo‘vchilari jamoasi faoliyatida, jamoat ishlarida, oilada va hokoza). Kuzatish va ma’lumotlar to‘plashi mumkin. Kuzatish jarayonida o‘quvchlar psixik taraqqiyotining muhim jihatlari uning ehtiyoj va intilishlari, qiziqishlari va his-tuyg‘u (emotsional) xususiyatlari irodaviy, aktivligi, mutsaqilligi, tashabbuskorligi, o‘zini anglashi puxta bilishi, fikr yuritishi va nutq xususiyatlari, xarakter xislatlari, qobiliyati, temperamenti va boshqa individual-psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar tuplaydi. Kuzatish ob’ektiv sharoitda olib boriladi.Tadqiqot metodlaridan yana biri suxbatdir. O‘quvchi shaxsini o‘rganish uchun kuzatish materiallarining o‘zi kifoya qilmaydi. Shu sababli amaliyotchi-talaba o‘quvchining o‘zi va jamoa faoliyati tug‘risidagi fikr mulohazalaridan ham foydalanishi mumkin.Psixologik xarakteritsika tuzishda faoliyat-samaralarining ahamiyati katta. O‘quvchi faoliyatining natijalari (yozma ishlari, yasagan buyumlari va hokoza). Muhim ma’lumot beradi, bu ma’lumotlar kuzatish materiallarini to‘ldiradi va boyitadi.O‘quvchiga xarakteritsika tuzishda maktab xujjatlaridan foydalanish kerak. Maktabda psixologik xizmat ko‘rsatish xodimi bilan suxbatlashish maslaxatlashish kerak. Maktab olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini aks ettiruvchi xujjatlar (sinf jurnallari, o‘quvchi shaxsiga oid materiallar, kundalik daftarlari, pedagogik kengash qaror bayonlari) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumot-manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tadqiqot metodlaridan biri eksperementdir. Bu metod psixologik tadqiqotlarda muxim o‘rin ogan va ko‘p qo‘llaniladi. Agar maktabda sharoit bo‘lsa, diqqat, idrok, tafakkur, xotira va boshqa psixik funktsiyalarning xossalari eksperemental usul bilan labaratoriyada asboblar yordamida yoki tabiiy sharoitlarda (odatda o‘qish yoki tarbiyaviy ish jarayonlarida o‘rganiladi).Psixologik xarakteristikaning xulosa qismi pedagogik amaliyot davrida o‘quvchi shaxsini o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishining yakuni bo‘ladi. Xarakteritsika oxirida o‘quvchining muhim shaxsiy xususiyatlari, o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni, uning sabablari va bartaraf qilish yo`llari hamda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlar to‘g‘risida tegishli tavsiyalar beriladi. qo‘yidagi maktab o‘quvchisiga psixologik xarakteritsika tuzi shva sinf jamoasiga psixologik xarakteritsika tuzish yuzasidan amaliyotchi talabalarga namunali tavsiya etiladi.
Xullosa:Ushbu maqolada O'quvchilarda Xorijiy tillarni o’qitishda psixologik muammolarni xal qilish hamda Xorijiy tillarni oson yo'l bilan o'rgatish yo'llari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Xorijiy tillarni o’qitish metodikasi
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish