AXBOROT XATI Respublika Miqyosidagi Ilmiy Amaliy Konferensiya
“XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING ROLI” Sizni 2021 yil 25 – 26 fevral kunlari respublika miqyosida o’tkazilishi rejalashtirilgan “Xorijiy tillarni o’qitishda multimedia texnologiyalarinig roli” deb nomlangan ilmiy – amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz. Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladi.
Konferensiyaning turli yo’nalishdagi sho’balarida pedogogik masalalar, chet tillarini o’qitishning innovatsion uslublari va rivojlanish istiqbollari, multimedia texnologiyalari va chet tillari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik masalalarini ko’rib chiqish hamda muhokama qilish taklif etilmoqda.
Konferensiyada yosh olimlar va chet tili mutaxassislarining xorijiy til darslarida multimedia texnologiyalaridan foydalanish, chet tillarini takomillashtirish va o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv materiallarini yaratish, shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida axborot va multimedia texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari sohasidagi orginal tadqiqotlari va innovatsion uslublar natijalari ko’rib chiqiladi. Konferensiya multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarini rivojlantirish uchun nazariy asos yaratadigan tahliliy materiallar va ilmiy ishlarni ko’rib chiqish va muhokama qilishga qaratilgan.
Ilmiy – amaliy anjuman quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
Xorijiy tillarni o’qitishda multimedia texnologiyalarini joriy etish holati va istiqboli;