Fanning maqsad va vazifalari
Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko‘p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetensiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetensiyalari)ni shakllantirishdan iborat.
Kompetensiya – kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig‘indisini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |