Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar”da oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to‘rt yillik tahsillari nihoyasida o‘rgangan chet tili bo‘yicha V2 darajani egallashlari shart. Unga ko‘ra bitiruvchi talabalar V2 darajani ta’minlovchi quyidagi kommunikativ kompetensiyalarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |