2014 yil yakuniga ko'ra jahon mamlakatlari orasida investitsion jozibadorlik bo'yicha AQSh birinchi o'rinni saqlab qoldi. Biz ushbu bobda ko'rib chiqayotgan ikkinchi mamlakat Xitoy esa ikkinchi o'rinni qayd etdi. Shuni ta‘kidlash lozimki, so'nggi yillarda Kanada iqtisodiyotining investitsion jozibadorligi sezilarli ravishda oshgan. Buyuk Britaniya mamlakati esa 2012 va 2013 yillarga nisbatan 2014 yilda ancha yuqorilab 4-o'rinni egallab turibdi. Ushbu reytingga oldinlari kuchli 25 talik davlatlar qatoriga kirmagan Shvetsiyaning kirishi kutilmagan hol bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |