Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


-rasm O‘zbekiston byudjet qonunchiligiga oid ayrim xujjatlar



Download 281,88 Kb.
bet15/23
Sana29.06.2021
Hajmi281,88 Kb.
#104539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
mdh mamlakatlari budjet siyosatining ustuvor yonalishlari

1.2.1.-rasm

O‘zbekiston byudjet qonunchiligiga oid ayrim xujjatlar

G‘aznachilik tizimida Davlat byudjeti ijrosining tamoyillari (3-modda) o‘zgaradi, xususan:

- kassaning yagonaligi tamoyili, Davlat byudjetining barcha daromadlarini YAgona g‘azna hisobvarag‘iga kiritish va barcha xarajatlarni shu hisobvaraqdan amalga oshirishni anglatadi, O‘zbekiston Respublikasi hududi tashqarisida amalga oshiriladigan operatsiyalar bundan mustasno;

- buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligi tamoyili, davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona tizimi yaratilishini anglatadi.

G‘aznachilikning asosiy vazifalari (7-modda):

- davlat byudjetining kassa ijrosi;

- davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish;

- byudjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;

- davlat byudjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;

- davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

- davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va xisobotni tuzish;

- O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish;

- O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini to‘liq va tizimli hisobga olish.

O‘zbekiston byudjet tizimi byudjetlarining faoliyat yuritishining huquqiy asosini Prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat ijro etuvchi organlarining hujjatlari, eng avvalo quyidagi hujjatlar tashkil etadi:

- Oliy Majlis tomonidan har yili qabul qilinadigan “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qarorlar hamda ular asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlari (masalan, 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son; 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-son; 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-son; 2006 yil 18 dekabrdagi PQ-532-son);

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini tuzish va ijro etish Qoidalari (Moliya vazirligining 2001 yil 29 dekabrdagi 130-son buyrug‘i, Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan);

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4 avgustdagi 69-son buyrug‘iga ilova – “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Qoidalari”;

- Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini Moliya vazirligi va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi (Adliya vazirligida 1999 yil 13 dekabrda 849-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999 yil 9 dekabrdagi 93-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan);

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan ssudalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001 yil 28 iyundagi 58-son buyrug‘i;

- daromadlar tasnifi, xarajatlarning funksional va iqtisodiy tasniflari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti darajalari hamda mablag‘lar manbalarining tasniflari. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 16 maydagi 80-son buyrug‘i;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son Qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son Qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 11 fevraldagi 66-son Qarori;

- boshqa hujjatlar.

Byudjet tuzilishi asoslari mamlakatning davlat tuzumi, mamlakatda amalda bo‘lgan asosiy qonun xujjatlari, byudjetning ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlardagi roli bilan belgilanadi. Shuningdek, byudjet tizimi tuzilishi mamlakatning davlat va ma’muriy tuzilishi shakliga bog‘liq. Hokimiyatning markaz va ma’muriy-xududiy birliklar o‘rtasida taqsimlanishi darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va konfederativ davlatlarga bo‘linadilar.

O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir. Unitar davlatning byudjet tizimi ikki bo‘g‘indan – davlat byudjeti va mahalliy byudjetlardan tashkil topadi.


Download 281,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish