11
yalpi ichki jamg‗armaning aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIMning o‗sish
sur'atlariga ta'siri sust bo‗ladi.
2. Davlat xarajatlari miqdori iqtisodiy o‗sishga doimo salbiy ta'sir ko‗rsatib,
mamlakat rivojlanib borishi bilan bu ta'sir kuchayib boradi. Shu bilan bir qatorda
qoloq mamlakatlarda uzoq muddatda davlat xarajatlari iqtisodiy o‗sishga deyarli
sal'biy ta'sir ko‗rsatmaydi.
3.To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar mamlakat iqtisodiy o‗sish
sur'atiga ijobiy ta'sir ko‗rsatadi va mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlanib borish
jarayoniga uning ta'siir kuchayib boradi. Chunki, mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi o‗z navbatida, milliy xo‗jalikda institutsional va investitsion muhitini
rivojlanishiga olib keladi.
4. Tashqi savdo iqtisodiy o‗sishga ijobiy ta'sir ko‗rsatib, uning ta'sir etish
darajasi ustun darajada jahon bozoridagi o‗zgarishlarga bog‗liq.
Shu sababli mamlakat iqtisodiy rivojlanish modelini, shu jumladan
davlatning iqtisodiy siyosatini ustivor yo‗nalishlarini ishlab chiqishda
mamlakatning o‗ziga xos xususiyatlari xisobga olinishi kerak.
Barqaror iqtisodiy rivojlanish bu iqtisodiyotni uzoq vaqt davomida nisbatan
statistik barqaror holatda bo‗lishi va shu orqali YAMMning yillik o‗sish sur'atini
5-7%da kam bo‗lmasiligini ta'minlashidir. Bu degani barqaror iqtisodiy o‗sishga
erishgan mamalakat 10 yilda o‗z YAMMni ikki baravarga oshiradi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqgan holda baqaror iqtisodiy
o‗sishni ta'minlashning quyidagi omillarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
jamg‗arishning yuqori darajasi;
investitsiyalar samaradorligi;
talimni rivojlantirishga katta xarajatlar qilish;
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv;
ratsional makroiqtisodiy dasturlani amalga oshirish.
Barqaror iqtisdiy o‗sishni ta'minlash, ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi
samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish makroiqtisodiyotning asosiy masalalari
12
hisoblanadi. Ushbu masalalar orasida markaziy o‗rinni iqtisodiy o‗sish
egallaydi.Bir tarafdan iqtisodiy o‗sish qo‗shimcha ish joylarining shakllanishi va
ishsizlik darajasining pasayishiga olib kelsa, boshqa tarafdan ishlab chiqarish
imkoniyatlarining kengayishi inflyatsiyani cheklab turishga shart-sharoit yaratadi.
Shu sababli global moliyaviy - iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodyotning barqaror
o‗sishini ta'minlash katta ahamiyat kasb etadi.
Barqaror iqtisodiy o‗sish uzoq vaqt davomida maqroiqtisodiy muvozanatni
saqlagan holda iqtisodiyotning jadal sur'atlar bilan o‗sib borishidir.Bunday o‗sish
mamlakat yalpi ichki mahsulotini 10 yil ichida ikki barobarga oshishini
ta'minlaydi.Bu esa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatida ijobiy o‗zgarishlar
bo‗lishiga olib keladi.
Barqaror iqtisodiy o‗sish ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗ladi. Global iqtisodiy
inqirozlar sharoitida bu omillar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash o‗ziga xos
o‗rin egalaydi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davlatlarda milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshlikni oshirish masalasining dolzarblashuviga va shu orqali
iqtisodiyotni modernizatsiyalash ahamiyatining o‗sishiga olib keldi.
Yuqorida tahlil qilingan modellarni umumlashtirgan holda iqtisodiy
o‗sishning ikki asosiy omilini ajratib ko‗rsatish mumkin: jamg‗arish va texnik
taraqqiyot. Jahon texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish uchun iqtisodiyotni
modernizatsiyalash kerak.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat
iqtisodiyotining holatini baholash va aniq maqsadlarni belgilash lozim. Misol
uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni modernizatsiyalashdan
ko‗zlangan asosiy maqsad aholi daromadini rivojlangan mamlakatlarga nisbatan
farqini qisqartirishi bo‗lgan.
Ko‗plab manbalarda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotni
modernizatsiyalash tajribasi andoza sifatida keltiriladi. Bu mamlakatlarning
modernizatsiya modeli ―quvib yetadigan‖ iqtisodiy rivojlanishning klassik
namunasi hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlarining
rivojlanishida bu mamlakatlarga xos quyidagi jihatlarni ajratib ko‗rsatish mumkin.