Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Тараканов Г. Детерминанты экономического роста и уровень развития страны // МЭиМО 2007, №9, C.51- 58



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana25.04.2020
Hajmi0,61 Mb.
#46997
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
2008-2020 yillarda xitoyda iqtisodiy osishining asosiy omillari

14

Тараканов Г. Детерминанты экономического роста и уровень развития страны // МЭиМО 2007, №9, C.51-

58 



11 

 

yalpi ichki jamg‗armaning aholi jon boshiga  ishlab chiqarilgan YAIMning o‗sish 



sur'atlariga ta'siri sust bo‗ladi. 

2. Davlat xarajatlari miqdori iqtisodiy o‗sishga doimo salbiy ta'sir ko‗rsatib, 

mamlakat  rivojlanib borishi bilan  bu ta'sir  kuchayib boradi. Shu  bilan bir qatorda 

qoloq  mamlakatlarda  uzoq  muddatda  davlat  xarajatlari  iqtisodiy  o‗sishga  deyarli 

sal'biy ta'sir ko‗rsatmaydi. 

3.To‗g‗ridan-to‗g‗ri  xorijiy  investitsiyalar  mamlakat  iqtisodiy  o‗sish 

sur'atiga  ijobiy  ta'sir  ko‗rsatadi  va  mamlakat  iqtisodiy  jihatdan  rivojlanib  borish  

jarayoniga  uning  ta'siir  kuchayib  boradi.  Chunki,  mamlakatning  iqtisodiy 

rivojlanishi o‗z navbatida, milliy xo‗jalikda institutsional va investitsion muhitini 

rivojlanishiga olib keladi. 

4.  Tashqi  savdo  iqtisodiy  o‗sishga  ijobiy  ta'sir  ko‗rsatib,  uning  ta'sir  etish 

darajasi ustun darajada jahon bozoridagi o‗zgarishlarga bog‗liq. 

Shu  sababli  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanish  modelini,  shu  jumladan 

davlatning  iqtisodiy  siyosatini  ustivor  yo‗nalishlarini  ishlab  chiqishda 

mamlakatning o‗ziga xos xususiyatlari xisobga olinishi kerak. 

Barqaror iqtisodiy rivojlanish bu iqtisodiyotni uzoq vaqt davomida nisbatan 

statistik barqaror holatda bo‗lishi va shu orqali YAMMning yillik o‗sish sur'atini 

5-7%da  kam  bo‗lmasiligini  ta'minlashidir.  Bu  degani  barqaror  iqtisodiy  o‗sishga 

erishgan mamalakat 10 yilda o‗z YAMMni ikki baravarga oshiradi. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqgan  holda  baqaror iqtisodiy 

o‗sishni ta'minlashning quyidagi omillarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 

 

jamg‗arishning yuqori darajasi; 



  investitsiyalar samaradorligi; 

  talimni rivojlantirishga katta xarajatlar qilish

  jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv

  ratsional makroiqtisodiy dasturlani amalga oshirish. 

Barqaror  iqtisdiy  o‗sishni  ta'minlash,  ishsizlik  va  inflyatsiyaga  qarshi 

samarali  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  makroiqtisodiyotning  asosiy  masalalari 




12 

 

hisoblanadi.  Ushbu  masalalar  orasida  markaziy  o‗rinni  iqtisodiy  o‗sish 



egallaydi.Bir  tarafdan  iqtisodiy  o‗sish  qo‗shimcha  ish  joylarining  shakllanishi  va 

ishsizlik  darajasining  pasayishiga  olib  kelsa,  boshqa  tarafdan  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlarining  kengayishi  inflyatsiyani  cheklab  turishga  shart-sharoit  yaratadi. 

Shu sababli global moliyaviy - iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodyotning barqaror 

o‗sishini ta'minlash katta ahamiyat kasb etadi. 

Barqaror  iqtisodiy  o‗sish  uzoq  vaqt  davomida  maqroiqtisodiy  muvozanatni 

saqlagan holda iqtisodiyotning jadal sur'atlar bilan o‗sib borishidir.Bunday o‗sish 

mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotini  10  yil  ichida  ikki  barobarga  oshishini 

ta'minlaydi.Bu  esa  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  holatida  ijobiy  o‗zgarishlar 

bo‗lishiga olib keladi.  

Barqaror iqtisodiy o‗sish ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗ladi. Global iqtisodiy 

inqirozlar sharoitida bu omillar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash o‗ziga xos 

o‗rin  egalaydi.  Jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi  davlatlarda  milliy  iqtisodiyot 

raqobatbardoshlikni  oshirish  masalasining  dolzarblashuviga  va  shu  orqali 

iqtisodiyotni modernizatsiyalash ahamiyatining o‗sishiga olib keldi. 

Yuqorida  tahlil  qilingan  modellarni  umumlashtirgan  holda  iqtisodiy 

o‗sishning  ikki  asosiy  omilini  ajratib  ko‗rsatish  mumkin:  jamg‗arish  va  texnik 

taraqqiyot.  Jahon  texnik  taraqqiyot  natijalaridan  foydalanish  uchun  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash kerak. 

Mamlakat  iqtisodiyotini  modernizatsiyalash  uchun  dastlab  mamlakat 

iqtisodiyotining  holatini  baholash  va  aniq  maqsadlarni  belgilash  lozim.  Misol 

uchun  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  iqtisodiyotni  modernizatsiyalashdan 

ko‗zlangan  asosiy  maqsad  aholi  daromadini  rivojlangan  mamlakatlarga  nisbatan 

farqini qisqartirishi bo‗lgan.  

Ko‗plab  manbalarda  Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlarining  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash  tajribasi  andoza  sifatida  keltiriladi.  Bu  mamlakatlarning 

modernizatsiya  modeli  ―quvib  yetadigan‖  iqtisodiy  rivojlanishning  klassik 

namunasi  hisoblanadi.  Janubi-Sharqiy  Osiyo  yangi  industrial  mamlakatlarining 

rivojlanishida bu mamlakatlarga xos quyidagi jihatlarni ajratib ko‗rsatish mumkin. 



13 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish