Yaponiyada ish haqi to’lash tartibi
Yaponiya firmalarida xodim mehnatiga haq to’lash darajasi uning mehnatga iqtisodiy rag’bati natijalari bilan bog’lanmay, balki bevosita, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirish orqali amalga oshiriladi. Ish haqining miqdori, “ish kuchini qayta tiklash hayotiy qikli” kontseptsiyasi asosida aniqlanadi, bunda xodim hayotining turli davrlaridagi ehtiyojlari darajasiga asoslanadi. “Umrbod ish haqi” ning mohiyati shundan iboratki, yapon firmasida faqat mehnatning o’zi emas, balki xodimning butun ijodiy imkoniyatlari rag’batlantiriladi. Oylik ish haqi yiliga ikki marta to’lanadigan mukofotlar bilan to’ldiriladi. U belgilangan ish vaqti uchun beriladigan tarif ish haqidan va ishdan tashqari qilingan ish uchun beriladigan qo’shimcha haqlardan iboratdir. YApon korxonalarida tarif stavkalarining uchta asosiy turi: shaxsiy, mehnat va umumlashgan stavkalari tatbiq etiladi.
Shaxsiy stavka xodimning yoshi va skabi shaxsiy sifatlaridan kelib chiqib nomlangan, yosh va staj tarif setkasiga stavkani aniqlash mezonlari sifatida kiritiladi. Bu stavka yosh va stajga haq to’lash summasini o’z ichiga oladi. Bunday tarif setkasi xodimlar ma’lumotining uch darajasiga: to’liqsiz, o’rta va oliy ma’lumotga nisbatan ishlab chiqiladi, ya’ni bu shaxsiy stavkani aniqlashning yana bir mezoni bo’ladi. Shunday qilib, shaxsiy stavka asosida uch mezon: tajriba, yosh va ma’lumot yotadi. Mehnat tarif stavkasi xodimlarning malaka darajasini va ular mehnatining natijalarni hisobga oladi. Mehnat tarif stavkalariga xizmat vazifalarini bajarganlik, malaka, xizmat vazifalarini birga qo’shib bajarishganlik va hokazolar uchun stavkalar kiradi. Ishchilar va xizmatchilarning mehnat hissasi bevosita rahbarlar qo’yadigan baholar asosida har yilgi attestatsiyalarni o’tkazish usuli aniqlanadi. Ish natijalari uch balli tizim bo’yicha baholanadi. Bu bahoga muvofiq, xodim tarif stavkasi vertikali bo’yicha bir, ikki yoki uch qator oldinga o’tkazilishi mumkin. Baho qo’yishda normalarning bajarilish darajasi, mehnatning sifat ko’rsatkichlari, vazifalarga bo’lgan munosabat, hamkasblar bilan ishlay olish, ular bilan o’zaro munosabatlarning umumiy xarakteri hisobga olinadi.
Umumlashgan stavka shaxsiy stavka va mehnat tarif stavkalarining birga qo’shilishidan yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yapon kompaniyalarida 70% ortiqroq hollarda umumlashgan tarif stavkalaridan foydalanadi. Yapon firmalarida turli-tuman tarif stavkalari, masalan mahsulot uchun, malaka uchun stavkalar, transport, oilaviy ustama haqlar va hokazolardan foydalaniladi. YApon xodimlariga mukofotlar (bonus), odatda, yiliga ikki marta, yilning iyun va dekabr oylarida firma faoliyatining yarim yillikdagi yakunlari chiqarilganda to’lanadi. Bonuslar ulushi o’rta hisobda yapon xodimi yillik ish haqining deyarli chorak qismini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. Va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent: “O’qituvchi”-2001 yil. 156-279 va 327-340 betlar.
2.Abdurahmonov Q., H.Xolmo’minov Sh.R. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent-2004 yil, 97-125 betlar.
3.Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiyev A. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Farg’ona-2001 yil, 212-235 betlar.
4.Karimova O., G’afforov Z. “Davlat va huquq asoslari”. Toshkent: “O’qituvchi”-1995 yil, 423-433 betlar.
5.Usmonov S.N., Dodoboev Yu.T. “Bozor iqtisodiyoti asoslari”. Toshkent: “Fan”-1999 yil, 90-92 betlar.
6.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: “Adolat”-1996 yil, 72-80 betlar.
7.O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy –huquqiy hujjatlar to’plami. Toshkent: “O’zbekiston” -2006 yil, 79-88 betlar.
8.O’zbekiston Respublikasi Entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 329-bet.
9.O’lmasov A. “Iqtisodiyot asoslari”. Toshkent: “Mehnat”-1997 yil, 112-113 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |