Xorazm viloyati xonqa tumanidagi 33- umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi



Download 26,09 Kb.
Sana28.02.2020
Hajmi26,09 Kb.
#41076
Bog'liq
Dars ishlanma DIREKTOR

XORAZM VILOYATI

XONQA TUMANIDAGI 33- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MATEMATIKA FANI O’QITUVCHISI

M.QURAMBOYEVANING

O’NLI KASRLARNI NATURAL SONGA BO’LISH”



MAVZUSI BO’YICHA

BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI



Mavzusi_:_O’nli_kasrlarni_natural_songa_bo’lish'>XONQA – 2016 YIL

Fan nomi: matematika

Sinfi : 5- sinf

Mavzusi : O’nli kasrlarni natural songa bo’lish

Qancha o’quvchiga mo’jallangan : 28 nafar

El.pochta : xonqa maktab 33@ inbox . uz

Darsning texnalogik xaritasi

Mavzu

O’nli kasrni natural songa bo’lish

Maqsad va vazifalar

  • Maqsad : O’quvchilarning shaxsiy , kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchrayotgan vaziyatlarda egallagan turli tipdagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish

  • Vazifalar

  • - o’nli kasrni natural songa bo’lishga oid masalalarini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish , mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish.

O’quv jarayonining mazmuni

Ta’limiy maqsad : O’quvchilarning o’nli kasrni natural songa bo’ish bo’yicha bo’limlarni chuqurlashtirish .

Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda guruh bo’lib , juft – juft bo’lib , tortushuv asosida matematik bilimlarini rivojlantirish , kasrlarni to’g’ri o’qish , matematik terminlarini to’g’ri taluffuz etishga o’rgatish orqali axborot bilan ishlash va umummadaniy tayanch kompetensiya elementlarini shakllantirish .

Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda o’zaro hurmat va do’stona munosabatlarini rivojlantirishga , muloqatda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyani namoyon qila bilish , uni ishontira bilish fazilatlarini rivojlantirish orqali kommunikativ tayanch kompetensiya elementlarini shakklantirish .

O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Metod : ” Klaster “ , “ Yalpi fikriy hujum” , “ Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash”

Shakl : Mavzu ustida ishlash

Nazorat : kuzatish , nazorat savollari , tezkor savollar , interfol usullar.

Vosita 5- sinf Matematika darsligi , “ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtomoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’jallangan iqtisodiy dasturning eng muhum ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlanganVazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisdagi ma’ruzasi.

Baholash : rag’batlantirish 5 ballik tizim asosida baholash .


Kutiladigan natijalar

O’qituvchi mavzunining o’quvchilarga to’la tushunarli bo’lishiga erishadi . O’quvchilar ongida kommunikativ , axborot bilan ishlash , umummadaniy tayanch kompetensiya elementlarini kuchaytiradi , O’nli kasrlarni natural songa bo’ishga oid masalalarni og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish , mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berishga o’rgatish.

O’quvchi : O’nli kasrlarni natural songa bo’ish bo’yicha bilimini oshiradi . O’nli ksarlarni natural songa bo’ish bo’yicha 10 ga , 100 ga , 1000 ga bo’lishga qoidasini biladi.Sonni minglarda milliyonlarda ifodalashni o’rganadi.O’zaro hurmat va dostona munosabat tuyg’ulari , Vatanga bo’lgan hurmati oshadi, kommunikativ kompetensiya elementini shakllanishiga erishadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi : yangidan – yangi pedtexnalogiyalarni darslarda qo’llash , o’z tajribasini oshirish , o’quvchilarning o’zaro va ustozga hurmatini yuksaltirish , ular o’rtasidagi do’stona munosabatlrni mustahkamlash .

O’quvchi . Matematik terminlarni to’g’ri talaffuz qilish kasrlarni to’g’ri o’qish , o’nli kasrlarni natural songa bo’lish qoidalarini yaxshi bilish , o’z fikrini bayon qila olish , o’z pozitsiyasini himoya qila olish matematik bilimini chuqurlashtirish.

Darsning bosqichlari

Bosqichlari

Mazmuni

Metodi

Vaqti

1- bosqich

Tashkiliy qism



Salomlashish . O’quvchilarning davomatini tekshirish . Dars uchun kerakli jihozlarning mavjudligini aniqlash.O’quvchilarga darsning maqsadini tushuntirish . O’quvchilarni guruhlarga ajratish . Guruhlar amal qilish kerak bo’lgan “ Oltin qoidalar” ni eslatish.

Og’zaki va yozma mashg’ulot

3 daqiqa

2-bosqich

Motivatsiya



Mart oyida muhim sanalar ishlatiladi . 2- mart , 1- mart aytiladi . O’tilgan mavzularni mustahkamlash . Navbatdagi dars mavzusini va yo’nalishini belgilay olish . Uyga berilgan topshiriqni tekshirish .

“ Klaster “ metodi va Savol – javob , “Yalpi fikriy hujum” metodi bilan ishlash va , guruhlar bilan ishlash.

13 daqiqa

3- bosqich .

Yangi mavzu bayoni



Natural sonni 10 ga , 100 ga 1000 ga bo’lish qoidasini va sonlarni minglarda , milliyo’nlarda ifodalashni , oddiy kasrlarni kasrga aylantirishni tushuntirish , yangi mavzuni guruhlar bilan tahlil qilish.

Savol – javob , suhbat , test topshiriqlari tezkor savollar

15 daqiqa

4- bosqich

Darsni mustahkamlash



Yangi mavzu bo’yicha o’quvhilarning olgan bilimlarini mavzu bo’yicha tuzilgan tezkor savolar , test topshiriqlri , turli metodlar orqali aniqlash.” Kichik guruhlarda boshqa materiallar bilan ishlash “ metodidan foydalanilib , axborot bilan ishlash tayanch kompeetensiyasi elementini shakllantirish.

O’qituvchi tamonidan guruhlarni baholash ,

12 daqiqa

5- bosqich

Darsni yakunlash uyga vazifa



O’nli kasrni natural songa bo’ish va sonni milliyonlarda ifodalash bo’yicha uyga vazifa berish va darsni yakunlash

Fikr almashish

2 daqiqa

Darsning borishi :

Dars davomida slaydlar namoyish etib boriladi . Ularda Zulfiyaning ijodiy faoliyati , O’zbekistonning BMT ga a’zo bo’lishi 8 – mart “ Xalqaro xotin – qizlar bayrami “ aks etgan lavhalar namoyish etib boriladi.



I.Tashkiliy qism : a) Davomatni aniqlash

b) sinf tozaligini nazorat qilish

s) o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish

II Motivatsiya

O’qituvchi : Aziz o’quvchilar ! Ma’lumki , o’nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini XV asr boshida Samarqandddagi Ulug’bek maktrabining mashhur namoyondasi , Sharqning buyuk matematik olimi jamshid Giyosiddin al – Koshiy o’zining “ Hisob ilmi kaliti “ asarida bayon qilgan . Al- Koshiy o’nli kasrni hozirda qabul qilgan ko’rinishida belgilangan . Faqat verguldan foydalangan . Sonning kasr qismini qizil rangda yozgan yoki tik tayoqcha bilan butun qismidan ajratgan. Bu haqda yevropaliklar bexabar bo’lishgan . Yevropaga o’nli kasrlar 150 yildan keyin kirib kelgan . Niderlandiyalik muhandis va olim Simon Stiven o’nli kasrlar yozuvini qaytadan kashf etgan . Lekin Stiven o’nli kasrlarni murakkab tarzda belgilangan . XVII asrga kelib o’nli kasrlar hozirgi ko’rinishida ishlatila boshlagani haqida ma’lumot berdi .

Bundan oldingi darslarda o’nli kasrni natural songa ko’paytirish va bo’lishni o’rgandingizlar . Bugungi darsda siz o’nli kasrlarni minglarda , millionlarda ifodalashni va oddiy kasrni “burchak “ usulida o’nli kasrga aylantirishni o’rganasizlar . Buning uchun biz o’tilgan darsdagi mavzularni takrorlaymiz .

O’tilganlarni takrorlash : O’tilgan mavzularni takrorlash uchun “ Klaster “ usulidan foydalanamiz. Namuna


Maxraji o’nning darajasidan iborat kasr

O’nli kasrni natural songa ko’paytirishda vergulga e’tibor berilmay ko’paytiriladi



G’iyosiddin al-Koshiy





O’nli kasrlar

XV asrda “Hisob ilmi kaliti” asarida



O’nli kasrni 10 ga ko’paytirish uchun o’nli kasrdagi vergul bir xona o’ngga suriladi



O’nli kasrni 100 ga ko’paytirish uchun o’nli kasrdagi vergul ikki xona o’ngga suriladi

O’nli kasrni 1000 ga ko’paytirish uchun o’nli kasrdagi vergul uch xona o’ngga suriladi


O’qituvchi : Darsimizning asosiy bosqichiga o’tishdan oldin o’quvchilarni 5 ta guruhga bo’lib olamiz :

1- guruh – Al – Xorazmiy 2- guruh – Beruniy 3- guruh – Ulug’bek 4- guruh – Al- Koshiy

5- guruh – ibn – Sino

Guruhlarga o’nli kasrlarni natural songa ko’paytirish va bo’lishga doir 3 tadan tezkor savollar beriladi . Har bir to’g’ri va aniq javob 1 balldan baholanadi.



III Yangi mavzuning bayoni :

O’qituvchi : Bugungi mavzumiz “ O’nli kasrlarni natural songa bo’lish “ mavzusiga doir misollar yechish .

928-933 gacha misollarni darsda bajaramiz .

O’qituvchi darslikdagi 7-8 - misollarni slaydlar orqali tushuntirib beradi.



7- misol . 14 500 sonini minglarda ifodaylik.

( 14500: 1000) . 1000 = 14,5 . 1000 = 14,5 ming .

28 300 000 sonini millionlarda ifodalaymiz.

28 300 000= ( 28 300 000 : 1 000 000 ) . 1 000 000 = 28,3 . 1 000 000 = 28 ,3 million



8 – misol 3/5 kasrni o’nli kasrga aylantiring .

3/5 kasr 3 ni 5 ga bo’lganda hosil bo’lgan bo’linmadir. 3 ni 5 ga bo’lganda hosil bo’lgan bo’linmadir.3 ni 5 ga “burchak “ usulida bo’lib , 0, 6 o’nli kasrni hosil qilami

Yangi mavzu “ Yalpi fikriy hujum” metodi bo’yicha mustahkamlanadi.

“ Yalpi fikriy hujum “ dan namuna



Guruhlarga : Katakchalar o’rniga ko’paytish yokiy bo’lish belgisini yozing.

1 ) 5,18 100 = 0,518

2) Tushirib qoldirilgan sonlarni yozing .

1,3 : … = 0,0013

3) Hisoblang

a) 55 , 48 : 1000 =

b) 55,48 . 100 =

d ) 4,35 . 18 =



IV. Darsni mustahkamlash

928 -929- misollar guruhlarda yechiladi .

930 – 933 – misollar juft – juft bo’lib yechiladi .

O’qituvchi : Mana o’nli sonlarni natural songa bo’lish mavzusi bo’yicha bilimlarimizni mustahkamlab oldik.Yangi mavzu haqidagi bilimlaringizni yanada oshirish maqsadida “ Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash “ metodidan foydalanamiz.

Barcha guruhlar 3 daqiqa ichida berilgan namunadagi matn asosida milliardlarda va minglarda ifodalangan sonlarni o’zini topish topshiriladi . Bu bilan o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyaning elementlari shakllantiriladi . Sonning o’zini topish o’rgatiladi .

Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash “ metodidan namuna :



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan parchalar tayyorlanib guruhlarga tarqatiladi .

“Biz uchun bebaho boylik bo’lgan xalqimizning sog’lig’ini saqlash maqsadida 2015 yilda 141 ta tibbiyot muassasasini ko’rish , rekanstruksiya qilish , kapital ta’mirlash va jihozlash uchun qarib 500 milliard so’m mablag’ sarflandi.Bu borada amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar natijasida keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 mingta chaqaloqqa nisbatan onalar o’limi 23,1 dan 19 taga , 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 14,8 tadan 13,9 taga , chaqaloqlar o’limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi . Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillikning rivojlanish maqsadlariga to’liq erishganini alohida ta’kidlashni istardim”.



V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish

O’qituvchi : Mana, ballarni ham bilib oldik, g’olib guruhimiz ham aniq bo’ldi. Menimcha , bugungi darsimizdan tegishli xulosalar chiqardiningiz. Aziz o’quvchilar, I.A. Karimovning yil yakunlariga bag’ishlangan maruzasidan olingan matnli topshiriqlar orqali bebaho boylik bo’lgan xalqimizning sog’ligini saqlash maqsadida olib borilayotgan islohatlardan faxrlanishimiz zarur . Hayotda komillikka intilishning o’zi ham bir ijobiy xislat. Ayniqsa, o’tish davrini boshdan kechirayotgan siz aziz o’g’il-qizlarimiz uchun bu juda muhim. Keyingi dars uchun vazifa sifatida darslikdagi 941-944 gacha misol va masalalarni yechib kelish. Mamlakatimiz I.A. Karimovaning yil yakunlariga bag’ishlangan ma’ruzasidan o’nli kasrlar bilan ifodalangan sonlarni topib kelish. Shu bilan darsimiz tugaydi, xayr salomat bo’ling.
Download 26,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish