Xorazm viloyati Urganch shahar 5-son umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 43 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi43 Kb.
#11942
Xorazm viloyati Urganch shahar 5-son

umumta’lim maktabining

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Sobirova Umidaning ona tilidan o`tkazgan musiqiy - kompozitsion dars ishlanmasi

16.03.2014. 3- “D” sinf

Ona tilidan noan`anaviy

musiqiy-kompozitsion dars



Mavzu : So`roq gap .

Maqsad : O`quvchilarga so`roq gap to`g`risida ma`lumotlar berish ;

Grammatik bilimlarini va til boyliklarini oshirish ;



Uslub : Suhbat.

Darsning turi : Interfaol (musiqaviy kompozitsion ) dars .
Darsning borishi :

Tashkiliy qism :

O`quvchilar bilan salomlashish , davomatni aniqlash , darsga tayyorlash ;

- O`quvchilar , hozir qaysi dars ?

- Keling, bugungi ona tili darsimizni bevosita musiqa darsi bilan bog`lab o`tkazamiz . Musiqa darsini sevasizmi ? Nima uchun ? Qo`shiq kuylash qoidalarini bilasizmi ?

- Keling ,bo`lmasa bugungi darsimizni o`qish darsidan o`rgangan Tursunboy Adashboyevning “Ona tilim “ to`g`risidagi she`rini qo`shiq qilib kuylaymiz .

Naqorot'>Buyuk Temur jahon bo`ylab ,

O`z dovrug`in slogan tilim.

Mir Alisher bobomlardan ,

Meros bo`lib qolgan tilim .

Naqorot

Ona tilim – onam tili , onajonim tili bu-

Ona Tilim-o`zbek tili- O`zbekiston tili bu !

Pauzada : ( Til haqidagi ma`lumotlar aytiladi )

O`zbekistonda davlat tili – o`zbek tili .

1989 yil 21- oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi .



Bobur Mirzo she`rlaridan ,

Rang va qiyos olgan tilim.

Alla bo`lib jaranglagan ,

Ona tilim-jonu dilim .

Pauzada : Konstitutsiyamizning 4- moddasida o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi belgilab qo`yilgan .

Tilga ixtiyorsiz - Elga e`tiborsiz .

Bulbul chamanni bezar , til-insonni .



Naqorot

Ona tilim – onam tili , onajonim tili bu-

Ona Tilim-o`zbek tili- O`zbekiston tili bu !
b) Asosiy qism :

O`tilgan mavzular(nota va alteratsiya belgilarining orqasiga yashiringan) to`g`risida tezkor savol-javob qilgandan so`ng ,o`tilgan “Gap “ bo`limini “ Balli-bal-li “ qo`shig`i orqali umumlashtiramiz .



Gap nimadir aslida ,

U nimadan tuzilar ?

Maqsadiga ko`ra u ,

Necha turga bo`linar ?

Pauzada : guruhi bilan maslahatlashib olishadi .

Javob:

Fikr tugallanadi ,

Mazmunlar bog`lanadi.

So`zlardan tuziladi ,

3 turga bo`linadi .

Naqorot

Otangga balli , Onangga balli
Qanday turlari bordir ,

Bilsang sanab ber bir-bir .

Xabar , darak bildirsa ,

Qanday gap hosil bo`lur ?
Javob:

Darak , so`roq ,undov gap ,

Gapning turlari erur .

Gar xabarni bildirsa ,

Darak gap hosil bo`lar .

Naqorot

Ko`ylagingiz kim tikkan ?

Sochlaringiz tarar kim ?

Kim maktabga kuztar ?

Kim xatongiz tuzatar ?

Qaday mazmun bu gapda ?

Javob berin birgalikda .

Javob:

Savol erur bu gaplar ,

So`rash mazmun bildirar

Naqorot


  • Bugun biz sizlar bilan ana shu so`rash mazmunini bildirgan gap ya`ni “So`roq gap “ mavzusini o`tamiz

( Doskaga sana va mavzu yoziladi )

  • So`rash mazmunini bildirgan gaplar so`roq gap deyiladi . So`roq gapning oxiriga so`roq belgisi qo`yiladi . So`roq gaplar so`roq so`zlar , - mi, -chi qo`shimchalari va ohang orqali yasaladi .

Masalan : Kim darsga tayyor ?

Hozir qanday dars ?

Uyga vazifalar to`liq bjarildimi ?

Siz ham borasiz ?! va hakoza . O`quvchilar tomonidan gaplar tuziladi .

d ) Mustahkamlash
83-mashq talabiga muvofiq o`qitiladi .



  • Issiq yaxshimi , yo sovuq ?

  • O`z vaqtida sovuq soz ,

O`z o`rnida issiq yoz .

Odam issiqdan yayrar ,

Sovuqdan-chi - chiniqar . Po`lat Mo`min .(Shoir to`g`risida ma`lumot beriladi )

Mashq talabiga muvofiq issiq va sovuq so`zlari ishtirokida gaplar tuziladi . Eng chiroyli tuzilgan 2 ta gap tanlab olinib , doskada va daftarlarida husnixat qoidasiga binoan yoziladi . Yozuv jarayonida Sulton Jo`raning “Kimning xati chiroyli “ she`ri qo`shiq qilib ijro qilinadi .


Darak,so`roq,undov gaplarga oid qo`shiq birgalikda kuylanadi .
Osmon nega keng erur ?

Yulduz qayerdan chiqar ?

Ruchkani kim o`ylab topgan ?

Kim kitobni kashf qilgan ?

Naqorot

Har kuni dilimizda

Qaynar shunday savollar .
Lobar chiroyli yozdi .

O`lkamizga kuz keldi .

Quyosh saxiy nur sochdi .

G`iyos maktabga shoshdi .


Naqorot

Har kuni eshitamiz ,

Turli shunday javoblar .
Ozod yurt farzandiman!

Istiqlol dilbandiman !

Fazolarga uchaman ,

Oyni borib quchaman !

Naqorot

Har kuni shunday tuyg`u ,

Havas bilan yashaymiz .

E ) Muhokama

- Sizga bugungi dars yoqdimi ?

- Mavzuni o`zlashtirishda qiynalmadingizmi ?

- Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz ?

- so`roq gap to`g`risida nimalarni bilib oldingiz ?

-Darsdan qanday xulosa chiqardingiz ?
J ) Yakunlash

Uyga vazifa : 84-mashq . “Yosh Muxbir” sifatida oila a`zolaringizdan bir kishidan intervyu oling .



Interyu davomida so`roq ,darak gaplardan foydalaning .





Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish