Xorazm viloyati
Xorazm viloyati
|
Mamlakat
|
Oʻzbekiston
|
Maʼmuriy markazi
|
Urganch
|
Hokim
|
Farhod Ermanov
|
Aholi (2017)
|
1,810,000
|
Dinlar tarkibi
|
musulmonlar, xristianlar
|
Maydoni
|
6 300 km²
|
|
|
Soat mintaqasi
|
UTC+5
|
Qisqacha
|
|
Kod ISO 3166-2
|
UZ-XO
|
Avtomobil raqami kodi
|
90
|
Rasmiy sayti
|
xorazm.uz
|
|
Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925 yil fevraldan 1938 yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr. Iqlimi kontinental, o‘rtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz bo‘ladi. Viloyat aholisi 1 810 000 kishi, zero, taxminan 80 foizi chet (qishloq) joylarda yashaydi. Viloyat 10 ta ma’muriy tumanga ajratilgan, ma’muriy markazi Urganchdir. Urganch aholisi 135 000 kishi. Viloyatning boshqa katta shaharlari — Xiva va Pitnak.[1]
Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qo‘shma korxona faoliyat yuritadi. Ular byudjeti 1997 yilda 301,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga asoslangan. Ko‘p sonli paxta tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrilar, to‘qimachilik va vinochilik korxonalari va hokazo bor. Shuningdek qurilish materiallarini ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Xiva gilam fabrikasida tayyorlangan gilamlar butun dunyoga mashhur.
Mashinasozlik va to‘qimachilik tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Mahalliy qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishi — albatta, paxtadir. Boshoqlilar, ayniqsa, guruch etishtirish so‘nggi bir necha yilda keskin oshdi. Shuningdek, ko‘plab bog‘ va uzumzorlar, qovun va qovoq plantatsiyalari bor, kartoshka dalalari butun viloyatni qamrab olgan. Shakar tozalash zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat iqtisodiy jihatdan o‘sishga tayyor.
Ushbu sohalarga eʼtibor qaratilsa, quyidagilarga erishish ehtimol qilinmoqda:
Paxta, ipak xom asholsi va boshqa mahalliy zaxiralardan foydalanadigan mavjud korxonalarni ta’mirlash, texnik zamonaviylashtirish va kengaytirish. Paxta tolasini qayta ishlash jarayonini yaxshilash va oshirish, ip, gazlama, paxta yigiruv ipi va gilamlar tayyorlash va eksport qilish zarur.
Mavjud oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini yangilash va yangilarini, ayniqsa, mevalar, uzum, sabzavot, qovun va qovoq bilan bog‘liq korxonalarni tashkil etish. Go‘sht-sut mahsulotlariga asoslangan korxonalar kengaytirilishi kerak.
O‘rab-joylash uskunalarini ishlab chiqarish. Idish materialarining yetishmasligi — eksportga mo‘ljallangan tomat pastasi, o‘simlik yog‘i, turli turdagi jem va marmeladlar ishlab chiqarish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun viloyatga xorijiy investitsiyalar ko‘rinishida qariyb 52,1 million AQSh dollari zarur. Xorazm viloyati temir yo‘llari umumiy uzunligi 130 km dan ortiq. Viloyat Rossiyaning Yevropa qismi va Kavkaz bilan temir yo‘l orqali bog‘langan. Yo‘llarning umumiy uzunligi — 2 300 km, shoh ko‘chalar 2 000 km masofaga yaslangan. Viloyat aviareyslari Xorazmni butun Markaziy Osiyo, shuningdek Rossiya mintaqalarining katta qismi va MDH bilan birlashtiradi. Xiva — xalqaro sayyohlikning katta markazi. 1997 yilda Xiva o‘zining 2500 yilligini nishonladi. Xiva atrofida sayyohlikni yanada rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qilindi.
Respublikaning shimoli-g‘arbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 11 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp va Tuproqqal’a), 3 shahar (Urganch, Xiva, Pitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Urganch shahri.
Mundarija
1Tabiati
2Hududiy boʻlinishi
3Xoʻjaligi
4Sanoati
5Transporti
6Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport
7Sogʻliqni saqlash
8Sport
9Adabiyoti
10Matbuot, radioeshittirishi va televideniyesi
11Meʼmoriy yodgorliklari
12Havolalar
13Manbalar
Tabiati[tahrir]
Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 47°. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yiliga 78-79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qirgʻoqlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (96,3 %), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004).
Hududiy boʻlinishi[tahrir]
Do'stlaringiz bilan baham: |