Tuman nomi
|
Tuman markazi
|
1
|
Bogʻot tumani
|
Bogʻot
|
2
|
Gurlan tumani
|
Gurlan
|
3
|
Xonqa tumani
|
Xonqa
|
4
|
Hazorasp tumani
|
Hazorasp
|
5
|
Xiva tumani
|
Xiva
|
6
|
Qoʻshkoʻpir tumani
|
Qoʻshkoʻpir
|
7
|
Shovot tumani
|
Shovot
|
8
|
Urganch tumani
|
Qorovul (qishloq)
|
9
|
Yangiariq tumani
|
Yangiariq
|
10
|
Yangibozor tumani
|
Yangibozor (Yangibozor tumani)
|
11
|
Tupproqqalʼa tumani
|
Pitnak
|
Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643-64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.
Xoʻjaligi[tahrir]
Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi bilan birga sanoat ham salmokdi oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi.
Sanoati[tahrir]
Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fabrikasi, „Xiva gilami“ aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).
Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya „Bagat Tekstil“, „Xorazm-Nurtop“, „SemurgʻSanTe“, „Xorazm Tekstil“, „Memgilam“; Oʻzbekiston — AQSH „Amerozindustriyes“, „Xiva malikasi“, „Nurlayt“, „Rahnamo Hyp“; Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, „OʻzOlmonXotelz“, „Xiva Karpet“; Oʻzbekiston- Britaniya „Xiva“; Oʻzbekiston-Rossiya „NamunaAgrofud“; Oʻzbekiston — Italiya „Meva“; Oʻzbekiston-Ukraina „KiyevXorazm“; Oʻzbekiston — Xitoy „Aziya Tekstil LTD“; Uzbekistan-Turkmaniston „GʻayratXumoyun“ va boshqa shular jumlasidandir.
Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q.h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4 % haydaladi, 18,2 % yaylov, oʻtloq, 1,3 % bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6 % ni, tutzorlar 0,9 %ni tashkil etadi.
1991-2003 yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. Xorazm viloyatidagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.
Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor.
1996-2004 yillarda Islom Bobojonov, M. Quvoqov, Bekturdi Jumaniyozov, Vera Pak, Anor Mahmudova „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.
Transporti[tahrir]
Xorazm viloyati orqali Toshkent- Moskva, Dushanba-Moskva temir yoʻl oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. Transport yoʻli uzunligi 128 km (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yoʻl koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent temir yoʻl masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Xiva-Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997 yildan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva shaharlaridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Munhen, Tel-Aviv, Moskva, Simferopol va boshqalar) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston — Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.
Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport[tahrir]
2003/04 oʻquv yilida 537 umumiy taʼlim maktabi (shu jumladan, 47 ixtisoslashgan maktab, gimnaziya, instituternat maktabi) boʻlib, 335,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 1997 yilda Xorazm tasviriy va amaliy sanʼati litseyi ochildi. Viloyatdagi 57 kasb-hunar kolleji va oʻrta maxsus bilim yurtlarida 34 mingdan ziyod talaba oʻqiydi (2004).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat ped. instituti (1935 — 1992) AlXorazmiy nomidagi Urganch universitetitl aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot institutning Urganch filialida 7460 talaba taʼlim oladi (2004). Oʻzbekiston FA arxeologiya regional boʻlimi, paxtachilik, Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Xiva davlat „Ichan salʼa“ tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻrikxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 mln. asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bogʻi, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bogʻmajmualari, „Orazibon“, „Avazxon“, „Doston“ folkloretnofafik xalq dastalari, "Muborak, „Yulduz“, „Navbahor“, „Xiva naqshlari“ ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, koʻplab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri (Xiva shahrida) ishlab turibdi.
Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qadimgidan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim oʻrin egallagan. Qadimgi Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa sanʼatining ildizlari juda qad. ekanligidan dalolat beradi. 8-asr boshidagi arablar istilosi oqibatida Qadimgi Xorazm madaniyati va sanʼati xarobalikka yuz tutib, islom madaniyatining yangi anʼanalari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-asr) va boshqa olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bagʻishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy boʻlagi va uni inson ruhiyatiga taʼsiri taʼriflanadi. „Mafotix ululum“ asarida oʻsha davrdagi mavjud cholgʻular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, argʻanun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. Oʻsha davrda Gurganjda cholgʻu asboblar yasovchi ustalar mahallasi boʻlgan.
Muhammad Xorazmshoh davrida (1200-21) mashhur sozanda ustod Mahmud, Yusufbek Dutoriy kabi sozandalar edda tanilgan. 14-asrda yashagan „Muhabbatnoma“ dostonining muallifi Xorazmiy, Abdurahim Hofiz Xorazmiy, ayniqsa, Alisher Navoiyning „Sabʼai sayyor“ dostonida va boshqa klassik shoirlarning gʻazallarida oʻsha davr maqomlari, sozandalari va cholgʻulari yuksak did bilan taʼriflanadi. Shuningdek, sanʼatkorlar homiysi Sulton Vayis (Uvays), baxshilar piri Oshiq Oydinlar ham shu davrda yashaganlar. Muhammad Rahimxon (1806-25) davriga kelib Niyozjonxoʻja va uning shogirdlari Mahdumjon qozi, Muhammadjon Sandiqchi, Abdusattor maxram, uning shogirdi Xudoybergan kosib va boshqa tanbur maqomlarini rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Komil Xorazmiy Xorazm maqomlarini oʻzi ixtiro kdlgan „ Tanbur chizigʻi“ asosida qogʻozga tushirishni boshlab bergan yetuk musiqashunoslardan hisoblanadi. 1883 yilda dastlab Xorazm maqomlari tarkibidagi „Rost“ maqomi, keyin, bu ishni davom qildirib oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzo Xorazm maqomlaridan Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Rostlarni qogʻozga tushirgan. Bu davrda Otash baxshi, Nurjon baxshi va, ayniqsa, Eshvoy baxshi hamda uning shogirdi Muhammadniyoz Gurji kabi baxshilar nom qozonganlar.
Nomlari nomaʼlum boʻlgan ustoz sozandalar va baxshilar tomonidan Xorazm dutor yoʻllari jamlanib 11 ta dutor maqomi shakllangan. Mashhur sozanda va nafis taʼb egasi Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) xonlik davri (1864-1910) ga kelib Xorazmda musika sanʼati yanada rivoj topdi. Feruz saroyida 40 dan ortiq shoir, 20 ga yakin maqomchi sozandalarni toʻplab mushoira va maqom kechalarini oʻtkazib turardi. Saroy maqomchilari orasida Paxlavon Niyoz Mirzaboshi Komil, Muhammad Yoqub Devon Xarrot, Yoqub fozachi, Qalandar Doʻnmas va boshqa maqomlarning cholgʻu va aytim qismlarini boyitganlar. Feruzning oʻzi ham maqom cholgʻu qismlariga 14 ga yaqin kuy bastalagan. Bu davrda 40 dan ortiq baxshi, 32 sozanda qoʻshlari (sozandalarning jamlangan dastasi) faoliyat koʻrsatgan. Ular sayil va bayramlarda xonning koʻrigidan oʻtar va elyurtning tomoshasini oʻtkazishga fatvo olar edilar. Baxshilar ichida mashhurlari: Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi; sozanda qoʻshlaridan elga tanilgan namoyandalardan Shomurod surnaychi va boshqa boʻlgan.
1910 yil Xiva xonligi taxtiga Asfandiyorxon oʻtirganidan keyin saroy shoir va sozandalari tarqab ketdi.
Xorazmda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, maqom va musiqa rivoji biroz toʻxtadi. 1923 yilda Xiva shahrida musiqa maktabi tashkil qilinib, skripka, klarnet, tanbur kabi cholgʻu asboblarda ijro etish boʻyicha sinflar ochiddi. 1925 yilda Moskva shahrida Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodalarning „Xorazm musikiy tarixchasi“ kitobi chop etiddi. Bu davrda sozandalardan Safo Ollaberganov (Mugʻanniy), Qurbon sozchi Ismoilov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Matyusuf Xarratov (Chokar), Otajon Abdullayev, Hojixon Boltayev; ayol xalfalardan Onajon Sobirova (Anash maxram), Onabibi qori Otajonova (Ojiza) va boshqa mashhur boʻlishgan. Ularning izdoshlari va shogirdlari ichida xonandalardan Komiljon Otaniyozov, Vahobjon Fayozov, Kommuna Ismoilova, Sultonposhsha Rahimova, Matyoqub Rahimov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekchonov, Olmaxon Hayitova, Roʻzmat Jumaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov; sozandalardan dutorchi N. Boltayev, qoʻshnaychi Q. Bobojonov, torchi H. Bobojonov, gʻijjakchi O. Hasanov; bastakorlar R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, Sh. Solayev, A. Otajonov, M. Yusupov, S. Hayitboyev, U. Musayev, R. Abdullayev, Q. Polvonov, M. Otajonov, R. Bekchonov, Sh. Fayzullayev, Q. Raximov; musiqashunos O. Matyoqubov va boshqa maʼlum. 1958-60 yillar orasida M. Yusupov tomonidan toʻplab notaga olingan „Oʻzbek xalq musiqasi“ (6,7 va 9 jildlar) chop etildi. 1980-87 yillarda Xorazm maqomlarining yangi toʻldirilgan variantlari nashrdan chiqsi.
Xorazm viloyatida 16 ta bolalar musiqa maktabi (shulardan 3 tasi sanʼat maktabi), musiqa bilim yurti, filarmoniya, viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansambli faoliyat koʻrsatadi.
Xorazm viloyatidan Devonai Hisobiy, Niyozjonxoʻja, Niyoziy, Xudoybergan muhrkan, Komil Xorazmiy, Matyoqub Xarratov, M. Xudoyberganov, Safo Mugʻanniy, X. Devonov kabi yirik sanʼatkorlar; Bola Baxshi, Q. Iskandarov, R. Jumaniyozov, F. Davletov singari Oʻzbekiston xalq dostonchi va hofizlari; Matyusuf Xarratov, M. Yusupov, R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, L. Abdullayeva, I. Niyozmatov, R. Abdullayev, O. Matyokubov, S. Davletov, U. Musayev, O. Ollaberganov, Q. Rahimov kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari va kompozitorlar; Sheroziy (Yokubov), K. Otaniyozov, H. Boltayev, K. Raximov, M. Raximov, B. Rahimova, S. Devonov, S. Rahimova, G. Yoqubova, M. Ixtiyorova, O. Hayitova, G. Matyoqubova, M. Bobojonov, O. Otajonov, G. Raximova singari Oʻzbekiston xalq artistlari; Norbek baxshi, Qalandar baxshi kabi Oʻzbekiston xalq baxshilari yetishib chiqqanlar.
Xorazm viloyatida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik, ayniqsa, Xiva, Hazorasp va Xonqa shaharlarida kadimdan taraqqiy etgan. Yogʻoch oʻymakorligi, zargarlik, kandakorlik, gilamchilik, kulolchilik va boshqa rivojlangan. Xiva gilamchilik fabrikasi, „Xiva sopoli“ aksiyadorlik jamiyati va boshqa ishlab turibdi. Oʻzbekiston xalq rassomi A. Boltayev, xalq naqqoshlari va yogʻoch oʻymakor ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bogʻbekov, mashhur kulol, koshinkor usta R. Matchonov va boshqalarning nomlari mashhur.
Sogʻliqni saqlash[tahrir]
Viloyatda 6269 oʻrinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har 10 ming kishiga 27,1 vrach), 13337 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan, viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat boʻlimi va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Xorazm viloyatida 4010 oʻrinli 20 sanatoriy faoliyat koʻrsatadi.
2004 yilgacha oʻz kasbi boʻyicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun 50 ga yaqin mutaxassisga litsenziya berildi.
Sport[tahrir]
Xorazm viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, futbol, qoʻl toʻpi, voleybol, tennis, boks va boshqalar). „Umid nihollari — 2003“ sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan shahar va tumanlarda 17 ta yirik sport inshootlari, „Olimpiya zaxiralari“ kolleji, 10- 15 ming kishilik stadion foydalanishga topshirildi.
Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis korti, otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, qoʻl toʻpi, futbol maydonlari bor. 389 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Turli miqyosdagi respublika va xalkaro sport musobakalarida viloyatning 9 sportchisi oltin, 8 tasi kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Xorazmda „Umid nihollari-2003“ tadbiri katta bayram sifatida nishonlandi. „Umid nixrllari“, „Prezident kubogi uchun“, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika va xalkdro sport bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jaxrn chempioni unvonlarini oldilar.
Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalkaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport ustasi, 300 dan ziyod sport ustaligiga nomzod, shuningdek, koʻplab 1toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 30 dan ortiq sportchisi Oʻzbekistonning turli milliy terma jamoalari aʼzolaridir.
Adabiyoti[tahrir]
Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yoʻqotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda oʻzlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-asrga kelib qad. xorazmiy tilining batamom yoʻqotilishi bilan 8-asrdan toki 12-13-asrlargacha fors hamda arab va 12-asrlardan boshlab turk oʻzbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning „Yatimat addaxr fi maxosin axlal asr“ („Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi“) tazkirasida 10-11-asrlarda Xorazmda yashab, arab tilida ijod etgan yetuk arabnavislar haqida keng maʼlumot beriladi. Qariyb 5 asr davomida (8-12-asrlar) arab tilida ijod qilgan koʻpgina Xorazm shoirlari oʻz faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-asr boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Maʼmun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qoʻshgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qildilar. Asli balxlik boʻlib, Xorazmda turgʻun yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega boʻlgan Rashididdin Vatvot („Saʼdalmulk“ faxriy unvonini olgan) fors va arab tillarida ijod qilib sheʼriyatda murassaʼ, tarseʼ, tajnis va boshqa usullarni qoʻllashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoirlardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirgʻoniy 12-asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani oʻsha davr adabiy muhitining naqadar koʻp qirraligini koʻrsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan boʻlsada, toʻxtab qolmadi. Kubroviylik tariqatining asoschisi, „Shayxi valitarosh“ („Avliyolar yetishtiruvchi shayx“) nomi bilan butun Sharqqa mashhur boʻlgan shoir Najmiddin Kubro, „Muhabbatnoma“ muallifi Xorazmiy (14-asr), Nasriddin Burxoniddin Rabgʻuziy (13-asr oxiri — 14-asr boshlari), Pshdgavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi (14-asr) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabgʻuziyning „Qissasi Rabgʻuziy“ asari oʻzbek nasrining mukammal namunasi boʻlishi bilan eʼtiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilm fani jahon maʼrifati taraqqiyotiga taʼsiri eʼtirofga loyiq. Azzamaxshariy arab dunyosini kezib ilm tarqatgan boʻlsa, 1414-yilda Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan gʻazallari bilan shuhrat topgan.
Alisher Navoiy „Majolis unnafois“ asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn Xorazmiylarni katta hurmat bilan taʼriflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari yetishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725-1805), Roqim (1742-1825), Nasimiyning gʻazallarini oʻzbek tiliga agʻdargan mashhur shoir Andalib (1710-70), Vosifiyning „Badoyeʼ ulvaqoyeʼ“ asarini forsiydan tarjima qilgan, oʻzbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxoʻja (18-asr), Navoiyning „Xamsa“sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar Boqiy (18-asr), oʻz zamonasining ulugʻ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825- 99), Bayoniy va boshqalardir.
Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy „Majmuai 30 shuaro payravi Feruz“ tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan „Tazkirai shuaro“da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan.
Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq anʼanaviy dostonlari baxshilar orqali ogʻizdanogʻizga oʻtib sayqallangan. „Avazxon“, „Bozirgon“, „Sayyodxon va Hamro“, „Qorakoʻz Oyim“, „Gulruh pari“, „Shobaxrom“, „Zavriyo“, „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Yusup Ahmad“, "Qirq mhhd kabi dostonlar Xorazm xalq ogʻzaki ijodining nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa oʻzbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-asrning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan „Eshvoy nagʻmasi“ kuyi tarqalgan. 19-asrda Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va boshqa shuhrat qozongan. 20-asr boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Sayyodxon va Hamro“, „Bozirgon“, „Alpomish“ va „Goʻroʻgʻli“ turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar.
Xorazmdagi xalq ogʻzaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rangbarang xalq qoʻshiklari, mumtoz shoirlarning ashulabop gʻazallari asosiy oʻrin olgan. 19- 20-asrning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (Ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, Joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, Kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoyeva, Sharifa noʻgʻay Otasheva, Ugʻil Noʻgʻay Quryozova, Yoqut xalfa Seytniyazova va boshqalarning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik sanʼati anʼanalari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda.
20-asrda Xorazm adabiyotshunosligida Mugʻanniy, Suxanvar, Umar Qurboniy, Qalandar Qurboniy, M. Abdullayev, Egam Rahim, Ahmad Bobojon, Ayyomiy, Rahim Bekniyoz, Doʻstjon Matjon va boshqalarning nazm va nasriy asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topgan.
Omon Matjon, Bahrom Roʻzimuhammadning falsafiy sheʼriyati, Erkin Samandarning „Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq“, „Tangri qudugʻi“, Komil Avazning „Qoʻnalgʻa“ romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va gʻazallarining oʻzbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Professorlardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, Z. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va boshqa adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli „Xorazm adabiy muhiti“ asari, S. Roʻzimboyevning „Goʻroʻgʻli“ kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Xorazm viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va boshqalar) viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Matbuot, radioeshittirishi va televideniyesi[tahrir]
Xorazm viloyatida 2 viloyat gazeta („Xorazm haqiqati“ va „Xorezmskaya pravda“, 2 ta gazeta adadi 5500), 10 tuman gazeta, 3 jurnal („Ilm sarchashmalari“, „Diydor“, „Xiva Sharq gavhari“, adadi 2000) nashr etiladi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gazetalari chop kilinadi. Jami 27 nomdagi gaz. va jurnallar chiqariladi.
Xorazm (Xiva)da Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan 1874 yilda Turkistonda ilk bor toshbosma ochilgan. Toshbosmada ilk matbaachilik faoliyatini birinchi oʻzbek matbaachisi Otajon Abdalov boshlagan. Ushbu toshbosma faoliyati keyinroq, 1920 yildan „Inqilob quyoshi“ gaz., 1939 yildan „Xorazm haqiqati“, 1941 yildan „Xorezmskaya pravda“ gazetalarining tashkil qilinishiga zamin yaratgan.
Xorazm viloyatida 1874-1924 yillarda faoliyat koʻrsatgan matbaachilik anʼanalari 1991 yilda qayta tiklandi. „Xorazm“ nashriyoti ishga tushirilib, darsliklar, kitoblar nashr etish yoʻlga qoʻyildi. „Xorazm tarixi“ (1995), „Hazorasp tarixi“, „Xonqa tarixi“ (1995-98), „Avestoning yaratilishi“ (2001), „Maʼmun akademiyasi“ (toʻplam, 2003) kabi kitoblar chop etildi.
Xorazm viloyati da birinchi radioeshittirishlar 1936 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Telekoʻrsatuvlar 1961 yildan olib boriladi. Mahalliy koʻrsatuvlar, 1979 yildan rangli tasvirda (oʻzbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi.
Meʼmoriy yodgorliklari[tahrir]
Xorazm viloyatidagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10-18-asrlar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-asr, 19-20-asr boshlari), Sayid Aloviddin (14-18-asrlar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19-asr), Koʻhna Ark (17-19-asrlar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va boshqa mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va boshqa tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18-19-asrlar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-asr), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893-1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16-18-asrlar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18-19-asrlar), qadimgi Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6-5-asrlar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16-19-asrlar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16-19-asrlar) va boshqalarni aytish mumkin.
Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva shaharlarlariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003 yil 22 avgustda Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan
Do'stlaringiz bilan baham: