Xorazm viloyat


Fan oyliklarini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi



Download 0,54 Mb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#332300
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
02-2030 хат иловаси

Fan oyliklarini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi;

Ta’lim muassasalarida o‘quv tarbiya jarayonining sifatini, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;

- “Mahorat darslari” va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish orqali o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;

- umumta’lim maktablarida fanlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlarni, pedagogik texnologiyalarni aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonidagi natijalarni targ‘ibot qilish;

- sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o‘quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;

- Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda o‘quvchi va o‘qituvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;

- fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini keng ommaga targ‘ib qilish;

- fan oyliklarini tashkil etish orqali fan uyushmalari va metodbirlashmalar faoliyatining samaradorligini oshirish;

- fanlar bo‘yicha o‘quv - metodik ishlarni amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash.
Fan oyliklarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

1. “Fan oyliklari”ni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi metodik tavsiyasi asosida maktab buyruqlari, metodik tavsiyalari ishlab chiqiladi va shu asosda tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshiriladi.

2. Dekabr oyida barcha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili fan oyligi” ni yuqori saviyada tashkil etilishiga shaxsan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar (kimga briktirilgan boʻlsa) metodistlari mas’ulligi belgilanadi.

Tuman, shahar xalq ta’limi boʻlimlari tasarrufidagi ta’lim muassasalari miqyosida “Fan oyliklari” boshlanishidan oldin va yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarning DTS bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarining monitoringi o‘tkaziladi hamda tahlil qilinadi (maktablar, fanlar kesimida jadval shakllantiriladi).



3. Maktabning foyesida tashkil etilgan “Fan oyliklari” burchagi ijtimoiy fan metodbirlashma barcha a’zolari tomonidan “tarix, davlat huquq asoslari, tarbiya” fanlariga oid ma’lumotlar (maktab buyrug‘i, chora-tadbirlar rejasi, ko‘rgazmali vositalar) hamda qo‘shimcha fanga oid yangi axborotlar bilan jihozlanadi.

4. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ijtimoiy fanlar oyligini o‘tkazish jarayonidagi eng namunali tadbirlar, amaliy seminarlar va “Innovatsion mahorat darslari”, ilg‘or ish tajribalar viloyat, shahar ommaviy axborot (ijtimoiy tarmoqlar) vositalarida keng yoritib boriladi (ijtimoiy tarmoqga chiqariladigan barcha ma’lumotlarning saviyasi, sifati, o‘qituvchi va o‘quvchilarning kiyinish madaniyati rioya qilinganligi, olingan tasvirlarning sifatliligiga hududiy fan metodistlari mas’ul hisoblanadilar).

5. Maktabda oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan mazkur fanga doir devoriy gazetalar chiqariladi.

6. Barcha ta’lim muassasalari uchun 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi”ni keng nishonlanishi munosabati bilan “Fan oyligi” ning ikkiinchi haftasida #konstitutsiya _va_o‘quvchi chellenge e’lon qilish va oʻtkazish. Chellenge doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi”ni keng nishonlanishi, “Konstitutsiya” so‘zi turli davrlarda, turli ma’nolarda qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar poydevorini, tagzaminini tashkil etadigan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iy nazorat qilinadigan asosiy qonunni anglatishini, Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanishi, unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topganligi haqida bo‘lishi tavsiya etiladi (chellenge sifatli video va matn, rasmlar orqali tayyorlanadi va ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi).

Ushbu chellenge o‘tkazishdan asosiy maqsad, O‘zbekistonimizning Konstitutsiyasida yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini ko‘rishdek orzu-havaslari o‘z ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, unda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – Inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro – jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimi belgilab berilganligi, asosiy qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burchlari bir-biriga uygʻunlashib muvofiqlashtirilganligini yoshlar ongiga singdirish hamda konstitutsiyaga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishdan iborat.

7. Ijtimoy fan o‘qituvchilarning ijodiy ishlari, ko‘rgazmalari hamda o‘qituvchilar tanlovlari tashkil etish hamda eng namunali uslubiy birlashma va fan uyushmalarning ishlari ommalashtirish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

8. Oliy ta’lim muassasasi professor oʻqituvchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o‘quvchilar ishtirokida davra uchrashuvlari tashkil etiladi.

9. Maktabdagi uslubiy birlashmalar yillik ish rejasida “Fan oyliklari” uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi (mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritiladi, pedagogika kengashida tasdiqlanib, ijrosi ta’minlanadi.


Fan metodbirlashmasi rahbari va a’zolarining vazifalari:

1. Ijtimoiy fan metodbirlashma rahbari tomonidan “Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari)” fanlari oyligini o‘tkazish masalasi bo‘yicha metodbirlashma yig‘ilishi o‘tkaziladi va metodbirlashma a’zolariga fan oyligida olib boriladigan ishlar bo‘yicha vazifalari taqsimlab beriladi. Shuningdek, fan oyligini o‘tkazishning ish rejasi ishlab chiqiladi va o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan kelishgan holda maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun taqdim etiladi;

2. “Fan oyliklari” burchagini fanga oid ma’lumotlar va ko‘rgazmali materiallar, qo‘shimcha manbalar bilan jihozlanadi;

3. Ijtimoiy fanlar oyligi doirasidagi tanlovlar, bellashuvlar, “Innovatsion mahorat darslari”ni belgilangan tartibda, yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlaydi. Mazkur tadbirlarga maktab ma’muriyati bilan birgalikda o‘quvchilarning ota-onalari va mahalliy jamoat tashkilotlarini jalb etish ishlari olib boradi.

4. “Fan oyligi” doirasida olib borilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishida maktab ma’muriyatiga ko‘maklashadi.

5. “Fan oyligi” yakuni natijalarini tahlil etadi va eng namunali ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini ommalashtirish bo‘yicha taklif tayyorlaydi va maktab pedagogika kengashiga taqdim etadi.


Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy fanlar metodistlarining vazifalari:

1. Fan metodbirlashma rahbarlari bilan (ofline, online) fan oyligini o‘tkazish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi va “Fan oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya bilan batafsil tanishtirgan holda tegishli vazifalarni belgilab beradi.

2. Ta’lim muassasalarida dekabr oyida o‘tkaziladigan ijtimoiy fanlar oyligini tashkil etish va o‘tkazilish jarayonini nazoratini olib boradi.

3. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlar doirasida tashkil etilgan tanlovlar, bellashuvlar, oʻquv uslubiy, amaliy seminarlar “Innovatsion mahorat darslari”, o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan tanlovlarning yuqori saviyada, namunali tashkil etilishini muvofiqlashtirib, namunali ishlarni tanlab oladi va ommaviy axbarot vositalarida yoritib boradi.

4. Barcha ta’lim muassasalari uchun 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi”ni keng nishonlanishi munosabati bilan “Fan oyligi” ning ikkiinchi haftasida #konstitutsiya _va_o‘quvchi chellenge e’lon qilish va oʻtkazish.

5. Dekabr oyining uchinchi haftasi metod kunida (payshanba) ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan “Tayanch maktab”ida o‘qituvchilar o‘rtasida “Eng iqtidorli o‘qituvchi” tanlovini o‘tkazadi va ushbu tanlov jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini tashkil etadi.

6. “Fan oyligi” yakuni bo‘yicha tahliliy hisobot-ma’lumotlarni (fotolavhalari va materiallar hujjatlari bilan) tayyorlaydi va elektron variantda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi metodik xizmat bo‘limiga taqdim etadi.

Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari)” fanlari oyligi”ni o‘tkazishda namunaviy chora-tadbirlar rejasi.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish