Xorazm viloyat pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,9 Mb.
bet8/11
Sana08.09.2017
Hajmi2,9 Mb.
#19573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

kafedrasi katta o`qituvchisi



Mavzu: Induksion tok generatori.

Darsning texnologik xaritasi




MAVZU

Induksion tok generatori.

Mavzu yuzasidan vazifalar.

  1. O`quvchilarda induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi, qo`llanilishi, unda hosil bo`lgan o`zgaruvchan tokning xossalari haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish

  2. O`quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish.

  3. Mavzuga oid mustaqil masalalar yecha olishlarini, turli metodlar orqali o`zlashtirishlarini tekshirish, modellashtirish qobiliyatlarini shakllantirish.

O`quv jarayonining mazmuni.

O`quvchilarda “faol ma’ruza”, “blits savollari”, “mustaqil ishlash” uyg`unligidagi usullar mavzuni tushuntirish davomida topshiriqlarni bajarish orqali “Induksion tok ganaratori” mavzusini yoritib berish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.

Metod: “Qatorlar bilan ishlash”, “Faol ma’ruza”,

“Masala yechish ”,”Blits savollari”

Shakl: Aralash

Vosita: Plakat, Induksion tok generatori maketi, ,tarqatma

materiallar, darslik, doska, bo`r.

Nazorat: og`zaki, yozma.

Baholash: Rag`batlantiruvchi 5 ballik tizim.


Kutiladigan natijalar.

O`qituvchi: Mavzuni o`quvchilar diqqatni jalb qiluvchi metodlar, tajriba-namoyishlar yordamida o`quvchilar tomonidan tez o`zlashtirishga erishish.

Faollik, intiluvchanlikni oshirish, o`z oldiga qo`ygan maqsadga erishish.

O`quvchi: Yangi bilimlarni egallash, qatorlar bilan ishlash, mustaqil masala yechish malakasini oshirish, mavzu bo`yicha BKMga ega bo`lish.


Dars maqsadi:

Ta`limiy maqsad:

O`quvchilarga induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi haqida bilim berish, mavzu bo`yicha masala yecha olishga o`rgatish.



Tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni o`rtasida sog`lom raqobatni shakllantirish, ta`lim - tarbiya berish, ularda mantiqiy, fikrlash doirasini kengaytirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

Q`quvchilarda mavzuni ochib berish bilan elektr sohasidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars jihozlari:

Plakat, Induksion tok generatori maketi, tarqatma materiallar, darslik, doska, bo`r.



Dars turi:

Aralash usuldagi noan’anaviy dars.



Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.

2. O`tilgan darsni so`rash.

1) “Blits” usuli

3.Asosiy qism.

1)”Faol ma’ruza”

4.Mustahkamlash.

1)Mustaqil ish

2)Test o`tkazish.

5.Yakunlash.

1) Baholash.

2) Uyga vazifa berish.

Dars tashkillanadi.

Sinf o`quvchilari qatorlar bo`yicha guruhlanadi va har bir guruh nomi tanlanadi. So`rash qismidagi “Blits savollari” usuliga ko`ra qatorlarga savollar va topshiriqlar beriladi. Savollar:


  1. Induksion tok nima?

  2. Induksion tok yo`nalishi qanday aniqlanadi?

  3. O`zgaruvchan tok nima?

  4. Ossilograf qanday asbob?

  5. Mikrofon qanday tuzilgan va qanday ishlaydi?

  6. Ovoz karnayining tuzilishi va ishlashini tushuntiring.

  7. Telefonning mikrofon va ovoz karnayiga o`xshashlik jixatlarini ayting.

  8. O`ng qo`l qoidasini tushuntiring.

Yangi mavzuni tushuntirishda “Faol ma’ruza” metodidan foydalaniladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:


Induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi.

Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi asbob induksion tok generatori deyiladi.

Amalda qo`llaniladigan tok generatorining tuzilishi murakkabdir. Stator generatorning qo`zgalmas qismi, rotor esa aylanuvchi qismidir.Stator maxsus po`lat listlardan yasalgan ichi kovak silindrdan iborat. Silindrning ichki devorilaridagi ariqchalariga o`tkazgichlar o`rami joylashtiriladi. Bu o`ramda generator ishlayotgan vaqtda induksion tok hosil bo`ladi. Darslikdagi 195-a rasmda po`lat silindrning ariqchalariga joylashgan bitta o`ram ko`rsatilgan. Rotor elektromagnitdan iboratbo`lib, u generator ishlayotgan vaqtda halqalar va cho`tkalar yordamida o`zgarmas o`zgarmas tok manbaiyiga ulanadi.

195- d rasmda induksion tok generatorining to`liq sxemasi tasvirlangan. Rotor biror tashqi kuch yordamida aylantirilsa, magnit maydon ham u bilan birga aylanadi. Bunda magnit kuch chiziqlari stator chulg`ami o`tkazgichlarini kesib o`tadi va ularda o`zgaruvchan tok hosil bo`ladi.


Induksion tok generatorining qo`llanilishi.

Elektr energiyasini ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo`llaniladi. Bunda generator bug`, suv, shamol yoki ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydi.

Generatorning samaradorligini oshirish uchun stator silindrning ichki devorlariga ko`plab ariqchalar qilinadi va o`tkazgichalarga o`tkazgichlar o`rami joylashtiriladi.

Dunyo aholisi asosan 50 Hz chastotali asboblardan foydalanadi. Shuning uchun elektrostansiyalarda 50 Hz chastotali tok ishlab chiqariladi.



Statordagi cho`lg`amlari 6 ta bo`lgan hol uchun rotorning aylanish chastotasini hisoblaymiz:

ν=(50/6)Hz=(50/6)1/s=(50/6*1/1/60)1/min=500 1/min

Demak 50 Hz chastotali tok hosil qilish uchun 6 cho`lg`amli rotor minutiga 500 marta aylanar ekan.


O`zgaruvchan tok xossalari.

O`zgarmas tok o`tganda o`tkazgich qizigani kabi, o`zgaruvchan tok o`tganda ham o`tkazgich qiziydi.


O`zgarmas tokdagidek o`tkazgichdan o`zgaruvchan tok o`tganda o`tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo`ladi.
O`zgarmas tok o`tayotganda tok kuchi va kuchlanish noldan maksimal qiymatga uzluksiz davriy ravishda o`zgarib turadi.i
Ut=Umax/√2
Mustahkamlash.

Masala N3


Berilgan: Formula: Yechish:

Umax=500V Ut=Umax/√2 Ut=500/1,4≈354 V


Javob: ≈354 V

Ut -?



Test savollari:


  1. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmaga nima deyiladi?

A. Induksion tok generatori

B. Elektrodvigatel

C. Elektromagnit

2. Kuchlanishning ta`sir qiymati qanday ifodalanadi?

A.I=U/R

B. Ut=Umax/√2



C.A=IUt

3. Elektr quvvat birligi nima?

A.1W

B. 1J


C. 1V

4.10 ta o`rami bo`lgan generator rotori sekundiga necha marta aylanadi?

A. 5

B. 3


C. 10

5. Bizda necha Hz chastotali elektr tokidan foydalaniladi?

A. 50Hz

B. 60Hz


C. 53Hz

Baholash.

Uyga vazifa.

Mavzuni o`qish, 23-mashqni 2-chisini yechish.



Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish