563–567-yillarda – Eftallar davlati janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk xoqonligining zarbasiga uchrab, so’ng tamomila barham topdi.
563–567-yillarda Turk xoqonligining Eftallarga hududiga yurushlari: Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri – Sirdaryodan o’tib, – Zarafshon vodiysi – Samarqand – Kesh – Naxshab – Buxoro (8 kun)
VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklar mavjud edi
VI asrning 80-yillari oxirlarida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi
VII asrning birinchi choragida – G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi
618–630-yillarda – To’ng yabg’u hukmronlik qilgan davri
VII asrning birinchi yarmida – G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Shu davrda xitoyga 9 marta elchi jo’natilgan
VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi
Do'stlaringiz bilan baham: |