Xonqa tumanidagi 34-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining
ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Soolayeva Bekposhshaning
9-sinfda ona tili fanidan 1 soatlik
dars ishlanmasi
1.Mavzu: Nutq uslublari haqida ma’lumot.
1.Maqsad: -O`quvchilarga nutq uslublari va uslubiyat haqida bilm berish;
-o`quvchilarga axloqiy tarbiya barish;
-o`quvchilarda to`g`ri nutq tuzish ko`nikmalarini rivojlantirish;
3.Darsning jihozi: 9-sinf onatili darsligi, tarqatma materiallr, mavzuga oid
ko`rsatmalar, texnik vosita.
4.Darsning meto`di: Savol javob o`yin.
5.Darsning nomi: Chin so`z-mo`tabar yaxshi so`z muxtasar.
6.Darsning shiori: Kishi so`z tufayli bo`ladi malik.
Ortiq so`z bu boshni etadi egik.(Y.X.HOJIB)
7.Darsning rejasi: 1. Tashlikily qism
2.Guruxlarda ishlash
3. Mashqlar bajarish
4.Muhokama
8.Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. O’quvchilarga davomatni aniqlash , o`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini kuzatish.O`quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida savollar berish.
-Hozirgi aprel oyi qanday fan oyligi o`tkazilmoqda?
-Estetika deganda nimanitushunasiz?
-Inson uchun eststika qandy ahamiyatga ega?
O`quvchilar fikrlarini umumlashtirish .
Esteka haqida, uning luga`viy ma`nosi ha`qida ma`lumot beriladi:
E. Vohidovning “Go`zallik” she`rini o`quvchilardan so`rang.
II.O`tilgan mavzzuni eslash. O`tigan mavzu bo`yicha o`quvchilarga yozib
kelgan hikmatlardan namunalr o`qitish.
III. Yangi mavzu bilan ishlash. Bunda o`quvchilarni 5 guruhga ajratish. Guruhlarning ajratilishida oldindan belgilangan asosida 5 guruhga ajratiladi:
1-guruh: “Dialog”
2-guruh: “Muxbir”
3-guruh: “Fozil”
4-guruh: “Hujjatlar”
5-guruh: “Ijodkor”
1.Guruhlarga alohida-alohida topshiriqlar beriladi.
1-guruh: 1-topshiriqda berilgan matnni o`qiydilar
2-guruh: Matnning mazmunini so`zlab beriladi.
3-guruh:Nutq uslubi va uslubiy xoslangan, uslubiy betaraf so`zlar haqida
ma`lumot beriladi.
4-guruh: Uslubiy xoslangan va betaraf so`zlar haqida ma`lumot beradilar.
5-guruh: Nutq uslublari haqida ma`lumot beriladi.
2.O`quvchilar fiklari umumlashtiriladi.
Nutq uslublari haqida nazqariy ma`lumot beriladi. Kodoskop orqali ko`rsatiladi; Adabiy tilning ijtimoiy hayotidagi ma`lum soha doirasiga, ma`lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nitq uslubi deyiladi.
So`zlar ham ma`lum nutq uslubiga xoslanish- xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi.
Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi.
O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud.
Nutq uslublari
So`zlashuv uslubi Yozma uslub
Rasmiy –idoraviy ilmiy uslub
Ommabop uslub Badiy uslub
Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vazifalarida tildagi leksik frazeologik, fonetik va gramatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo`ladi. Shunga ko`ra nutqning yuqoridagi uslublari o`zaro farqlanadi.
3.Mashqlar bajarish. Bunda 217-mashq matnni kodoskopda korsatilib 2-guruhga o`qitiladi.Har guruhdan bir nafar o`quvchi chiqib matn qaysi uslubga xosligini va uslubiy xoslangan so`zlarni so`zlarni doskaga yozadilar:M:
Ilmiy uslub: modda, doimiylik qonuni, olinish usuli, o`zgarmas sifat, miqdoriy ko`rsatkish, korbonod angidrid, sintez qilinishi, uglerod, korbonodlar, kislotalar.
218-mashq. Matnni 3-guruh o`qiydi.
1-guruh. Qaysi uslubga xosligini aniqlaydi.
2-guruh: 1-xat boshidagi Binkat so`zininglug`aviy ma`nosini aytadilar.
3-guruh: 2-xat boshidagi Beruniyning “Qonuni Ma`sudiy”
4-guruh: M.Qashg`ariyning “Devonu lug`ati turk” asaridagi ma`lumotlarni gapiradilar.
219-mashqda guruhlardan 1tadan o`quvchi qaysi uslubga xosligini va uslubiy xoslangan so`zlarni anilaydilar. Qaysi guruh a`zosi tez va aniq yozsa su guruh g`olib bo`ladi.
1-badiy uslub: Ko`kdan quyosh mo`ralab qaraydi.
2-badiiy uslub: Kapalakday kelib, qoshinga qo`nib, ko`zinga termulib umrim otsaydi.
3-ilmiy uslub: Bia narsani surishtirib tagi8ga yetmoqchi bo`lsak aslidan kelamiz.
Asli nima edi? Asli qandy edi? Va hakazo
4-ilmiy uslub: Fe`llar harakat ma`nosini bildiruvchi so`zlardir.
5-rasmiy-ijodiy uslub: Ertaga soat 15-00da maktab jamoasining umumiy yigilishi bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |