Xonliklar va rossiya istilosi davrida o`zbek xalqi madaniyati


Bu davrda maktablarning qanday turlari mavjud edi?



Download 81 Kb.
bet4/9
Sana04.10.2020
Hajmi81 Kb.
#49591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xonliklar-va-rossiya-istilosi-davrida-o-zbek-xalqi-madaniyati

Bu davrda maktablarning qanday turlari mavjud edi?

Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab mavjud edi: quyisi- maktab va oliy- madrasa. Boshlang`ich maktabda savod o`rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi. Madrasada ham ilohiyat o`qitilar, shuningdek arab tili sarfu nahvi (grammatikasi), notiqlik san`ati, aljabr va handasa asoslari o`rgatilgan. Bundan tashqari Xofiz, Bedil, Navoiy asarlari o`qitilgan.

O`sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san`atining rivojiga ulkan hissa qo`shgan Mavlono Muhammadin Mug`anniy, Mavlono Kavkabiy, Xo`ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha etib kelgan.

Bu davrdagi me`morchilik yodgorliklar hajmi va pardozining jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon maydoni shu davrda shakllandi. Sherdor madrasasining old peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft sher tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» degan ma`noni beradi. Devorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to`kis tilla bezaklar juda nafis ishlangan.

XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta`mirlash va shaharsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli qurilgan. Qo`qon xonligi me`morchiligida rang-baranglik va yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon saroyida yaqqol namoyon bo`ladi.

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida me`morchilik hajm jihatdan ixcham binolar, goho bezak- pardozlardan butunlay holiligi bilan ko`zga tashlanadi. Xonliklar va amirlikda me`morchilik qurilishida va bezakda o`ziga xoslik ham seziladi. Farg`ona uylari kengkovul va ayvonli, guldor tokchali, o`yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa, Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko`rinishdagi ustunli ayvon, girih va islimiy naqshlar tushirilgan devor va ganch o`ymakorligi xosdir. Xiva o`ylari tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o`yma naqshlar chekilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan.



Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish