Hurmatli yurtdoshlar! Konstitutsiyamizning 37-moddasida belgilangan majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi qoidaga qat’iy amal qilish uchun yil davomida bir qator ishlar bajarildi. Xususan, ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzildi. Deputat va senatorlardan iborat ishchi guruhlar respublikamizning barcha hududlariga chiqib, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha parlament nazoratini amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |