Yana bir bor alohida ta’kidlab aytmoqchiman: tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak. Sakkizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, mamlakat tashqarisida ham o‘z fuqarolarining huquqiy himoyasini kafolatlashi haqidagi konstitutsiyaviy qoidaning ijrosini so‘zsiz ta’minlashimiz shart. Afsuski, shu vaqtga qadar chet ellarda mehnat qilayotgan fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish masalasiga yetarlicha e’tibor berilmadi, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |