Har bir davlat xizmatchisi xalq oldida mas’ul ekanini hech qachon unutmasligi lozim. Shu bilan birga, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash ham ushbu tamoyilni amalda qaror toptirishning ajralmas sharti hisoblanadi. Odamlarimiz davlat organlari, shuningdek, o‘zlari saylagan vakillar nima bilan shug‘ullanayotganini bilishlari, ularning faoliyatiga xolisona baho bera olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishimiz darkor. Uchinchidan, biz uchun eng katta boylik bo‘lgan aholi salomatligini saqlashga oid konstitutsiyaviy normalar ijrosini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |