Ma’lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko’p uchraydigan zaharli birikma bo’lib, tabiiy gaz, yoqilgi, ko’mir, o’tin cho’glari to’liq yonmasligi oqibatida vujudga keladi. Tutun tarkibida 3 %, ishlangan gazda 13 %, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo’ladi.
Xona havosidagi is gazining atiga 0,1% konsentratsiyasi inson organizmi uchun o’lim darajasida xavfli hisoblanadi.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglabin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to’qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og’ir xolatlarda esa – anoksiya va o’lim xolatiga olib kelishi mumkin. Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo’yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to’liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
Aholi orasida is gazidan zaharlanish holatlari, gaz tarmoqlaridagi avariyalar hamda ularning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar soni so’nggi vaqtda tez-tez kuzatilmoqda. Statistik bo’layotga ma’lumotlarga ko’ra, respublikada so’ngi uch yil ichida kuzgi – qishki isitish mavsumda sodir bo’layotgan favqulotda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish hollari bilan bog’li
Jizzaxda is gazidan zaharlanib uch bola halok boldi, ularning onasi reanimasiyada
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Ziyokor mahallasida uch nafar aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Fojia oqibatida bolalar vafot etishgan, ona reanimasiya bolimida.
SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bolimi rahbari Furqat Sanaevning malum qilishicha, baxtsiz hodisa 25 yanvar kuni tong soat 5:10lar atrofida roy bergan
Vafot etgan bolalar 8, 12 va 14 yoshlarda, ularning hammasi o’g’il bolalar bolgan. Bolalarning onasi, 37 yoshli S.A. esa reanimasiya bolimida, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.
Takidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarning barchasi ham to’g’ri emas, yani ular ovqatdan emas, is gazidan zaharlanib vafot etishgan.
Eslatib otamiz, is gazi 9 yanvar kuni Jizzax viloyatining Gallaorol tumanida ham bir oilaning 4 azosini hayotdan olib ketgan edi. «Kokgumbaz» MFYga qarashli Qorongul qishlogida yashovchi ota-ona hamda ularning ikki farzandi halok bolgan edi.
Yanvar oyida, shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanida ona va ikki yoshli farzandi, Fargona viloyati Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
G‘allaorolda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi.
Is gazi bir oilaning besh a’zosini olib ketdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
"9 yanvar soat 14:04 atrofida G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan D.SH. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan", - deyiladi xabarda.
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi va uning turmush o‘rtog‘i, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O. Y.da biologik o‘lim aniqlangan.
Avvalroq Andijonda gaz chaqnashi tufayli fuqaroning uyi portlagan, uch kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Jizzaxda esa IIB binosini ta’mirlayotgan 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida is gazidan bir oiladan ikki kishi zaharlangan va ulardan biri vafot etgan edi. 17-noyabr kuni esa Namanganda ona va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Noyabr oyining boshlarida Samarqanddagi yangi qurilayotgan uyda 5 nafar usta is gazidan zaharlangan edi
Bosh prokuratura G‘allaorolda is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan oila bo‘yicha ma’lumot berdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 9-yanvar kuni is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishidan iborat oilaning barcha a’zosi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 9-yanvar kuni G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz QFY Qorong‘ul qishlog‘i 183-uyga chaqiruv asosida borilgan. Aniqlanishicha, shu manzilda yashagan fuqarolar, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. va uning rafiqasi, 1989-yilda tug‘ilgan N.Sh. hamda ularning ikki nafar 2014 va 2017-yilda tug‘ilgan farzandlari uyning xonasida is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda ayol ikki yoshli farzandi bilan, Farg‘onada esa ikki yoshli go‘dak va uning uch yoshli opasi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq hodisalar yuz bermoqda. “Hududgazta’minot” kompaniyasi mazkur holatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida ma’lumot berdi.
Is gazi nima?
Is gazi (uglerod oksidi) — rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi — CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biri hisoblanadi.
Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sababli yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. Is gazi organizmga tushganda, u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi.
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari
Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish;
Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ilashishi;
Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi;
Teri qismida: terlash kuchayishi;
Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal;
Yurak qismida: puls va arteriya bosimining ortishi;
Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).
Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?
Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;
Avtoulovlar turargohlarida;
Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda;
Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;
Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida.
Bundan tashqari, hozirda savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eronda ishlab chiqilgan “kamin” gaz uskunasini isitish mavsumida ishlatib, keyin olib qo‘yish mumkin.
Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab uni o‘rnatish va foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. Mazkur gaz uskunasi o‘zboshimchalik bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini buzgan holatda o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.
Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?
O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish;
Gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;
Dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish;
Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi;
Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish;
Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?
Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash;
Gazlashtirilgan xonaga 50—55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish;
Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish asbobining oralig‘i yarim metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan to‘siqning orasi esa 10 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak;
Ballonlar bilan o‘t yoqish eshigining oralig‘i 2 metrdan oz bo‘lmasligi lozim;
Xonaga o‘rnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-o‘chirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish;
Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar borligida ballonlarni almashtirish.
Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Is gazidan zaharlanganda 1- yordam qanday ko’rsatiladi?
Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
Nashatir spirtini hidlatish;
Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |