Xomashyo sifati.Xom dudlangan kolbasalar ishlab chiqarish uchun sovutilgan, muzlatilgan yoki eritilgan mol hamda cho’chqa go’shtidan foydalaniladi.Paylardan ajratilgan mol go’shti voyaga yetgan va tanasida yog’ to’plamagan buqalardan, cho’chqa go’shti esa 1-2 yoshli cho’chqadan olingan bo’lishi kerak.Axtalanmagan erkak cho’chqa go’shtlari kolbasa ishlab chiqarishga qo’yilmaydi. Cho’chqa grudinkasi qattiq konsistensiyaga va biroz go’sht to’qimalariga ega bo’lishi kerak va uni tuzlagan va tuzlanmagan holatda ishlatsa bo’ladi. Qattiq va yarim qattiq cho’chqa yog’i faqatgina sovutilgan holatda barra yoki kuchsiz tuzlagan holatda ishlatiladi. Retseptida 50% dan ko’proq cho’chqa go’shtida foydalaniladigan kolbasa turlarida tindirilgan va sovutilgan cho’chqa go’shtidan foydalaniladi. Bunda uzoq muddat saqlangan
muzlatilgan cho’chqa go’shtidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |