XOMASHYO MATERIALLARI VA ULARNI BOYITISH
9
birinchidan xomashyodan kompleks foydalanish
imkoniyatini yaratadi,
ikkinchidan
esa, neft va gazdan olinadigan mahsulotlarning sifat tarkibini yaxshilaydi.
Yoqilgʻini (koʻmir, torf, neft) yuqori haroratda qayta
ishlab turli xil qimmatli
mahsulotlar olish murakkab tarkibli organik xomashyodan
kompleks foyldalanishga
yaqqol misol boʻladi. Masalan, koʻmir kokslanganda
metallurgiya uchun
ishlatiladigan koksdan tashqari smola, koks gazi hosil boʻladi, bulardan esa qimmatli
koʻpgina birikmalar – aromatik
uglevodorodlar,
fenollar, ammiak, etilen,
vodorod va
boshqalar olinadi.
Keltirilgan misollar kimyo sanoatining xomashyosidan
kompleks foydalanish
xalq xoʻjaligining toʻgʻridan-toʻrgʻri iqtisodiy va ekologik
samaradorligini oshirish
bilan bogʻliq boʻlgan rivojlanuvchi yoʻnalish ekanligini koʻrsatib turadi.
Muammoli
savol:
Respublikamizda
hozirda
ishlab
turgan
kimyo
sanoatlarining asosiy xomashyolari nimalardan iborat? Ular qayerdan olinadi?