XOMASHYO MATERIALLARI VA ULARNI BOYITISH
6
4. Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari.
Oʻsimlik va hayvonot xomashyolariga yogʻoch, zigʻir, kanop, yogʻlar, oʻsimlik
moylari, hayvon terilari va shunga oʻxshashlar kiradi. Bular xalq xoʻjaligida
ishlatilishiga koʻra ozuqali va texnikaviy xomashyolarga boʻlinadi. Ozuqali
xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – oʻrmonchilik, baliqchilik va
qishloq xoʻjalik mahsulotlari (kartoshka, qand, lavlagi, sut, donlar, oʻsimlik, baliq va
hayvon yogʻlari va xokazolar) kiradi.
Oʻsimlik va hayvonotlarning texnikaviy xomashyolariga xalq xoʻjaligining
yuqorida koʻrsatilgan tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi.
Bunday mahsulotlarni mexanikaviy va kimyoviy qayta ishlab, turmushda va sanoatda
ishlatiladigan xomashyolar – paxta, yogʻoch, yogʻoch smolalari, poxol, zigʻir, kanop,
hayvonlaro terisi va juni, ba’zi bir oʻsimlik va hayvon yogʻlari, hayvon suyaklari va
xokazolar olinadi.
Oʻsimlik va hayvonot xomashyolarini «ozuqali» va «texnikaviy» turlarga
ajratish birinchi xilidan oziq-ovqatlar va ikkinchisidan faqat texnika mahsulotlari
olinadi, degan gap emas. Sanoatda birinchi xil xomashyolar texnikaviy mahsulotlar va
aksincha, ikkinchi xil xomashyolardan ozuqali xomashyolar olish keng miqyosda
uchrab turadi. Lekin hozirgi paytda, iloji boricha, birinchi xil xomashyolarni texnika
maqsadlari uchun ishlatmaslikka harakat qilinadi va bu masala kimyo sanoatini
rivojlanishidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
Paxta, kanop va shu kabi oʻsimlik tolalari toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi.
Oʻsimlik xomashyolaridan kraxmal, alkaloidlar, dorivor moddalar, antibiotiklar,
vitaminlar, boʻyoqlar olinadi.
Hayvonot xomashyosi hisoblangan jun va moʻyna yengil sanoatda, hayvon
suyaklari yelimlar, suyak uni olishda; goʻsht sanoati chiqindilari albuminlar, zardoblar
olishda; hayvon yogʻlari turli xil moylar, glitserinlar olishda keng qoʻllaniladi.
Qishloq xoʻjalik chiqindilaridan ham kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Har
yili qayta tiklanadigan bu xomashyolar – makkajoʻxori poyasi, paxta sheluxasi, paxta
momigʻi, kungaboqar, arpa va suli kepagi yaratiladi.
Bunday xomashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab turli mahsulotlar olish
mumkin, ularning manbalari koʻpligi, amaliy jihatdan bitmas-tuganmas zaxiraga
egaligi ular asosida koʻpgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi.
Respublikamizdagi Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi va
Samarqand kimyo zavodining ammofos hamda Qoʻqon superfosfat zavodining
superfosfat ishlab chiqarish quvvatlari hozirgi paytda yangi xomashyo – Qizilqum
fosforitlari asosida ishlamoqda. Keyingi yillarda yangi ishga tushirilgan Shoʻrtan-gaz
kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan polietilen polimer materiallariga boʻlgan
ehtiyojni qondirishda muhim oʻrin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |