XULOSA.
Basketbol tushunchasi, musobaqa qoidalari, basketbol maydoni, basketbol jihozlari, qoida qonunlari , musobaqa davrlari, o’yin vaqti, jamoalar tarkibi, olimpiada o’yinlari, federatsiya a’zolari. O’zbekistonda hudidida basketbol 1913-14 yillarda tarqala boshlaganligi haqida ma’lumot bor. Ammo o’lkamizda basketbol faqat 1917 yildan boshlab rivoajlana boshladi. O’zbek sportchilarining basketbol bilan tanishishi Osiyo bo’yicha vakili L. Barxashning nomi bilan bog’liq 1920 yilda Farg’ona basketbol jamoalarini tashkil qilib ularni qoidalari bilan tanishtirdi. Basketbol 29x16 m li maydonchada har jamoada 9 kishidan iborat bo’lib o’ynadilar. Maydoncha siziqlar bilan 3 qismga bo’linib, basketbolchilar 3 himoyachi, 3 yarim himoyachi va 3 hujumsiga ajratilar edi. Ular to’pni savatga ikki qo’llab pastdan otar edilar. Toshkentda basketbol jamoasini voleybol instruktori S.Stariy tashkil qildi. R.Taranov, A. Bagachenkov, YU. Beloserkovskiylar bu jamoaga a’zo edilar. Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan , Samarqand va O’rta Osiyodagi boshqa shaxslarning fabrika, zavod va boshqa tashkilotlarda tashkil qilina boshladi. SHuning uchun, basketbol Sirdaryo viloyatining 1924 yilda o’tgan olimpiadasi dasturiga kiritildi. Bu yillarda musobaqalar 1922 yildagi qoidalari asosida o’tkazildi. O’yin vaqti 40 m bo’lib har ikki jamoa 5 kishidan iborat edi. (2 ta himoyachi, markaziy o’yinchi va 2 ta hujumchi). Himoyadagi faqatgina markaziy humjumchi qaytib kelar o’yinda hech qanday kombinatsiya qo’llanmasdi. 1934 yilda basketbol bo’yicha o’tkazilgan birinchi O’rta Osiyo spartakiadasiga esa O’zbekiston erkaklari va ayollar terma jamoalari birinchi o’rinni egalladilar. Respublikamizning kuchli basketbolchilari to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va yelkadan bir qo’llab o’tkazish kabi usullarni qo’llay bilishdi.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqimizning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga, hamda hozirgi zamon madaniyati, ilm-fani va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukkamal ta’lim tizimini barpo etish ulkan ahamiyatga egadir. Mustaqillik O’zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda jahonda o’z mavqyeiga ega ekanligini namoyish qilmoqda. Turli sohalarda bo’lgani kabi ta’lim jarayonidagi tub islohotlar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalda bajarishga da’vat etmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonlari jismoniy tarbiya va sport bilan chambarchas bog’liqligi tufayli ta’limning oliy bosqichlarida «Jismoniy tarbiya» o’quv dasturlari va dars mashg’ulotlari o’ziga xos o’rnni egallaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu ta’limning uzluksizligini ta’minlaydi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi uch bosqichli sport musobaqalari, ularning asosiy sifat faoliyatlarini tashkil etmoqda. Shunga ko’ra jismoniy-tarbiya va sport o’quvchi-yoshlar va talabalarni har tomonlama rivojlantirishda sog’lom turmush tarzini shakllanishida, ularni barkamol inson bo’lib yetishishida, turli salbiy illatlardan xalos bo’lishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishi lozim. Yuqorida aytilganlarni inobatga olib hozirgi kunda sportning Gandbol sport turi bilan shug’ullanish uchun keng ommani jalb etish muammosini hal qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki hozir zamonaviy Gandbol o’yini shug’ullanuvchilarda ulkan umumiy va maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Asosiy jismoniy sifatlar (kuchlilik, epchillik, sakrovchanlik, chaqqonlik, egiluvchanlik)ni shakillantiradi, texnik-taktik harakatlarni yaxshi o’zlashtiradi, Gandbol o’yinini ommaviylashtirishda asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli qo’llanmada asosan Gandbol o’yinini o’rgatish texnikasi, taktikasiga qarab jamoa harakatlariga katta ye’tibor berilgan. Bunda, ayniqsa hujum va himoya texnikasi, taktikasi, darvozabon o’yinining texnikasi – taktikasi keng yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |