3. Ularning o’zaro bog’liqligi qanday?
Moddiy va nomoddiy ozaro bog'liq kategoriyalar.Negaki inson ikkala resusrga ham extiyoj sezadi.
Masalan moddiy ne'matlardan avtomabilni olsak, u bizga yaqinimizni uzoq qiladi ishlarimiz vaqtini
qisqartirishga yordam beradi shu bilan birgalikda biz avtomabilda ketyotganimizda charchoqni his qilgan
holda yoki bir vaqtda madaniy hordiq dam olish uchun nomoddiy resursga extiyoj sezamiz. Masalan
musiqa eshitamiz bu bizga vaqtimizni maroqli o'tkazishga yordam beradi.Yoki qandaydir ixtiro va
kashfiyotlar bizni ishlarizmini yengallishtiradi keng rakursda yanada ko'proq faoliayt olib borish8mozga
ko'maklashadi
O’zbekistonning resurs potentsiali va ulardan samarali foydalanish muammolari.
1. O’zbekistonning resurs potentsialini qanday tavsiflash mumkin?
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb
muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib keladi. Ayniqsa hozirgi pay
tda bu masala yanada
keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib
mamlakatimiz oldida turgan muhim masala
–
mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini
amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikn
ing iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning
pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat
tushuniladi.
2. Ishlab chiqarish jarayonida resurs potentsialidan samarali foydalanishning
mohiyati nimada?
Ishlab chiqarish samaradorligi
—
korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning
foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning m
uayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni
qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari,
resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy
na
tijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun
sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu
sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish
vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda
ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi
hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans
foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga
ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat
unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik
samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari,
asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini
aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |