1-sinf bitiruvchilariga qo’yiladigan talablar
1.
O‟qish san‟ati
Miqdoriy ko‟rsatkichi: daqiqada 25-30 so‟zni o‟qish
Fikrni bayon etish: matndagi so‟zlarning ma‟nolarini izohlay olish, matn mazmunini
ko‟rgazmalar vositasida to‟liq qayta hikoyalay bilish, tayyor reja asosida asarni to‟liq qayta
hikoyalay olish,asar qahramonlarining xatti-harkatlarini aniqlash va baholay olish.
Matn xarakteri: hikoya, she‟r, ertak , topishmoq, maqol, tez aytish namunalari.
Talablar: so‟z tarkibidagi tovushlarni to‟g‟ri talaffuz qilish, so‟zlarni bo‟g‟inlab, so‟ng
sidirg‟a(tekis) o‟qish, hikoya, she‟r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi
asarlarni ifodali o‟qish, o‟qigan asar yuzasidan o‟z fikr-mulohazalarini bildirish, o‟qilgan asar
asosida rasm chizish,o‟quv yili yakunida 5 ta she‟rni yoddan aytib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |